Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
BITIRUV MALAKAVIY
ISHLARINI BAJARISH BO„YICHA USLUBIY TAVSIYALAR Bitiruv malakaviy ishi mavzusini shakllantirish va talabalar tomonidan tanlash tartibi Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari eng kamida uch yilga rejalashtirilgan mavzular banki sifatida mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan tayyorlanadi va tegishli tartibda kafedra yig„ilishlarida muhokama etilib, tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta‟lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiklanadi hamda har o„quv yili boshida qayta ko„rib chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari zamonaviy fan taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, madaniy soha va ma‟naviy hayot rivojiga xizmat qiluvchi, fanning nazariy muammolari yechimiga yo„naltirilgan ilmiy asoslangan talablarga mos kelishi nuqtai- nazaridan shakllantiriladi. Ta‟lim yo„nalishi bo„yicha 3-kurs talabalari o„quv yilini yakunlagan vaqtda yozgi ta‟tilga ketishdan avval mutaxassis chiqaruvchi kafedraga bitiruv malakaviy ishi bajarish hohishi ko„rsatilgan ariza bilan murojaat qiladilar. Talabalarga bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedrada shakllantirilgan bitiruv malakaviy ishi mavzulari banki tarkibidan talaba tomonidan shaxsan tanlab olinadi. Iqtidorli talabalar o„quv yillari davomida ilmiy rahbarlari bilan olib borgan ilmiy tadqiqotlari yo„nalishlari va mavzulariga bog„liq holda o„zlarining mavzularini taqdim qilishlari mumkin. Bunday holatda mavzu kafedra tomonidan o„rganib chiqiladi, so„nggi uch yilda bajarilgan bitiruv malakaviy ishlarining mavzularini takrorlamagan va ayni vaqtda dolzarb hisoblangan mavzu deb topilsa, talabaga o„zi tanlagan mavzuda bitiruv malakaviy ishi bajarishga ruxsat beriladi. Bitiruv malakaviy ishi bajarishga ruxsat berilgan talabalar ro„yxati mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan o„quv yilining birinchi xaftasida e‟lon qilinadi va buyruq uchun taqdim qilinadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling