“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
161
Kirish: Respublikamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer xo‘jaliklarining
tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va
yig‘ib olish usullarini tanlash imkoniyatlari berilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklari
paxta hosilini yetishtirish keng imkoniyatlariga ega.
Zamonaviy chet el QXMlarni
ishlab chiqarish tajribasidan ma’lumki, paxta terish appparatlarining bir necha xil
konstruktiv, kinematik va texnologik parametrlarga ega turlari ishlab chiqarilmoqda.
Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi qatorlab ekilgan 60 sm va 90
sm barglari to‘kilgan mashina terimiga mos qilib yetishtirilgan kamida 60..70 foiz
ko‘saklari ochilgan paxtaning ochilgan ko‘saklaridagi paxtani terib sig‘imi katta 900
kg….1000 kg dan bo‘lgan traktor telechkalariga yuklab berishga mo‘ljallangan.
Muammo: Paxta terish apparatlarini stendda sinash jarayonlarini
modellashtirish va optimal boshqarish variantini ishlab chiqish
Yechim: Stendda sinash jarayonlarini 1-rasmda ko‘rsatilgan
kinematik
sxemasini ishlab chiqamiz.
Ishchi organlarga yuklash tizimining paxta tupining imutatorlari ta’sir qiladi.
Yuklash tizimining turli xil berilgan tezliklarda harakatlanishida yuklash tizimining
(1) imutatorlari apparatning (2) ishchi tirqishlaridan o‘tadi, ularda barabanlar (3) va
shpindellar (4) aylanadi. Texnologik qarshiliklar yig‘ish
apparatlarida ham, yuklash
tizimlarida ham paydo bo‘ladi.
Vertikal shpindelli paxta terish apparatining sxemasi
:
1-shpindel; 2-shpindelli
baraban vali; 3-pastki disk; 4-ro‘para shchit; 5-gofrali
baraban; 6-yuqori disk; 7-yuqori panel; 8-tishli g‘ildirak; 9-ichki kalodka; 10-rolik;