Ilm-fan va ta’lim


BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA INGLIZ TILINI


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA INGLIZ TILINI 
OʻRGATISHDA OʻYIN METODIDAN FOYDALANISH 
 
Abduolimova Maftuna 
Fargʻona davlat universiteti 
Amaliy ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi 
Shuhrataliyeva Dilyoraxon 
Fargʻona davlat universiteti 
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs talabasi 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlangʻich sinf o’quvchilariga ingliz tili fanini 
oʻqitishda oʻyin metodi, xususan, interaktiv oʻyinlardan foydalanish va ularning xorijiy 
tilni o’rganishga bo’lgan qiziqishini uygʻotish omillarining ilmiy asoslari yuzasidan 
fikr-mulohazalar keltirilgan. 
Kalit soʻzlar: oʻyin, intelektual faoliyat, boshlangʻich sinf, interaktiv oʻyinlar. 
 
USING THE GAME METHOD IN TEACHING ENGLISH TO 
ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS 
 
Abstract: This article presents opinions on the scientific basis of the game 
method, in particular, the use of interactive games in teaching English to elementary 
school students and the factors that arouse their interest in learning a foreign language. 
Key words: game, intellectual activity, primary class, interactive games. 
KIRISH 
Bugungi kunda xorijiy tillarni oʻrganish ayniqsa ingliz tilini oʻrganish, har bir 
sohaning ajralmas qismlaridan biri boʻlib bormoqda. Hozirgi yosh avlodning ingliz 
tilini oʻrganishga boʻlgan talabi yuqoridir, chunki har bir zamonaviy kasblardagi 
mutaxassislardan chet ellik hamkorlar bilan aloqa o’rnatishi bitta chet tilni mukammal 
bilishni taqozo etmoqda.Shu maqsadda yosh oʻrganuvchilarni boshlangʻich sinf 
ta’limidan boshlab til oʻrganishini nazoratga olishi va darslarni qiziqarli oʻyin va oʻyin 
metodi orqali tashkillashi har bir pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi.O’zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o’rganish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida" PQ-1875-soni Qarori 
boshlangʻich taʼlimda ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlgan qarorlardan biri boʻldi. 
Ushbu qarorga muvofiq chet tillarni, xususan, ingliz tilini boshlangʻich taʼlimdan 
oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarning chet tilini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini 
yanada oshirish, 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini qiziqarli oʻyinlar va 
metodlardan foydalangan holda tashkillash va mana shu talablarga javob beradigan 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 51 ~ 
kadrlar tayyorlash, oʻquvchilarga yetarli darsliklar toʻplami va sinf xonani zamonaviy 
texnologiyalar bilan taʼminlash bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling