Ilm-fan va ta’lim
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA
Psixologlarning fikriga koʻra, yosh bolalarning til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi kattalarga qaraganda ancha baland boʻladi va tilni tez, oson oʻzlashtiradi.Shuning uchun oʻqituvchilardan yosh oʻrganuvchilarni yanada darsga qiziqtirish va ingliz tili darslarining samaradorligini oshirish maqsadida yuqori pedagogik mahorat talab qilinadi, ya’ni turli xil oʻyinlar metodlaridan foydalanishi talab qilinadi. Oʻyin boshlangʻich taʼlim yoshidagi oʻquvchilarning asosiy faoliyati hisoblanib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. Oʻyin bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalanishida katta ahamiyatga ega. Oʻyin har bir yosh bosqichida bolaning atrofidagi dunyoni, undagi insonlarning hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatini va unga qay tarzda javob qaytarishni bilishga, dunyoqarashini oshirishga, teran fikrlashga yordam beradi.Chunki oʻyin oʻz mohiyati jihatidan oʻrganuvchining xulq- atvoriga, dars jarayoniga boʻlgan munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartirishga, qolaversa darsda fikrini jamlab, faolligini oshishini taʼminlaydi.Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo’lmagan o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Yapon ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin...". Shuni eʼtiborga olish kerakki, 7-8 yoshdagi bolalar maʼlumotni maʼnosini tushunib emas, toʻgʻridan toʻgʻri yodlaydi. Shuning uchun boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatishda aynan grammatik qoidalar asosida tushuntirish noo’rindir. Boshlanishiga ingliz tili alifbosini turli xil oʻyinlar orqali yodlatib, so’ng numbers(sonlar), seasons(fasllar), colours (ranglar) kabi atrofdagi oddiy soʻzlarni ularga qiyinchilik tugʻdirmasdan oʻrgatish ayni maqsadga muvofiq boʻladi.Hattoki salomlashishni ham noodatiy, oʻyin tarzida boshlashi, masalan, oʻqituvchi darsga kirishi bilan salomlashuvga doir inglizcha qoʻshiq aytib boshlashi ( ayni boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun motivatsion usul) samarali yoʻllardan biridir.Shu tariqa davom etsa, oʻquvchi darsni oxirigacha eʼtiborini yoʻqotmaydi va hattoki ingliz tili darslarini intizorlik bilan kutadigan boʻladi. Bundan tashqari, pedagog-psixologlar va olimlar fikricha, bola psixikasining rivojlanishida oʻyin roli beqiyosdir. Shunday ekan, oʻqituvchilar oʻzlarining yaratuvchanlik qobiliyatini namoyon qilishda va dars sifatini yaxshilashda turli xil interfaol oʻyinlar tashkillashi kerak boʻladi. Quyida ingliz tilini oʻqitishda qiziqarli muhit yaratish uchun xizmat qiluvchi oʻyinlar taqdim etiladi: Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling