Ilmiy jurnal


-rasm. Sinaluvchilarning G.Soldatova va S.Rijovaning “Etnik identiklikning turlarini


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

 
2-rasm. Sinaluvchilarning G.Soldatova va S.Rijovaning “Etnik identiklikning turlarini 
diagnostika qilish” metodikasi boʻyicha koʻrsatkichlari 
 
Pozitiv etnik identiklik oʻz xalqiga nisbatan ijobiy munosabat bilan boshqa xalqlarga ijobiy 
munosabatning kombinatsiyasi boʻlib, ushbu jihat boʻyicha ham ishonchli farqlar mavjud emasligi 
namoyon boʻldi (H=3,444, p<0,751). Jumladan, oʻzbek millatidagi talabalarda (249,43), qoraqalpoq 
millatidagi talabalar (243,12), rus millatli talabalar (229,86), koreys talaba-yoshlarida (230,47), qozoq 
talabalari (243,97), qirgʻiz millatli talabalar (257,88), tojik millatdagi talabalarda (263,77) boʻlib, tojik 
millatidagi talabalarning oʻz milliy an‘analariga sodiqligi, boshqa millat vakillariga tolerant munosabatda 
boʻlish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Etnoegoizm bu turdagi etnik identiklik prizma orqali 
idrok etish natijasida ogʻzaki darajada zararsiz tarzda ifodalanishi mumkin: mening ―xalqim‖, lekin boshqa 
etnik guruhlar vakillari bilan munosabatlarda keskinlik va gʻazablanishni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu, 
shuningdek, oʻz xalqining muammolarni ―chet el‖ hisobidan hal qilishini tan olishni anglatishi mumkin. 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
49 
Ushbu shkala boʻyicha ishonch darajasidagi ahamiyatli natijalar mavjudligi aniqlanib (H=14,276, p<0,05), 
oʻzbek millatidagi talabalarda (228,54), qoraqalpoq millatidagi talabalar (233,71), rus millatli talabalar 
(217,84), koreys talaba-yoshlarida (298,67), qozoq talabalari (251,91), qirgʻiz millatli talabalar (245,81), 
tojik millatdagi talabalarda (242,02) koʻrsatkichda koʻrinish oldi. Rus millatiga mansub talabalarda 
etnoegoizmning past darajada boʻlishi ularning hududida azaldan koʻp millatli etnoslar mavjudligi va 
millatlararo, konfessiyalar doirasida muloqotning takrorlanish chastotasi davriyligi yuqoriligi bilan 
izohlansa, koreys millatiga mansub talabalarda ushbu jihatning nisbatan baland tus olganligi, e‘tiqodiy omil 
asnosida hududiy yaxlitlikning asrlar osha qondan qonga singib ketishi natijasida yagona koreys xalqi va 
yakka millatlilik gʻoyasining targʻibot-missionerlik koʻrinishda mamlakat hududi va tashqi tarafga 
yoʻnaltirilganligining ―oqibati‖ deb ham baholash mumkin. 
Metodikaning beshinchi shkalasi etnoizolyatsiyani – oʻz xalqining ustunligiga ishonch, milliy 
madaniyatni ―tozalash‖ zarurligini tan olish, millatlararo nikoh birlashmalariga salbiy munosabat, 
ksenofobiyani belgilaydi, ushbu shkala boʻyicha ham sinaluvchilarning natijalari oʻrtasida ahamiyatli 
ishonch darajasidagi farqlar kuzatilmadi (H=1,198, p<0,977), oʻzbek millatidagi talabalarda (245,45), 
qoraqalpoq millatidagi talabalar (245,27), rus millatli talabalar (239,06), koreys talaba-yoshlarida (255,93), 
qozoq talabalari (253,43), qirgʻiz millatli talabalar (234,17), tojik millatdagi talabalarda (245,19) turli xil 
natijalar qayd etildi. Xuddi yuqoridagi shkalada boʻlgani kabi, mazkur koʻrsatkich boʻyicha ham koryes 
millatiga mansub talabalarda ustuvorlik kuzatilib, buni ularning koʻp madaniyatli muhitda tugʻilib 
oʻsganligi va shunga mos ravishda ―haqiqiy‖ koreys xalqining an‘analari va madaniyatiga boʻlgan 
munosabatining prizmatik tasavvur koʻrinishida oʻzgartirilganligi natijasi sifatida baholasak, ikkinchi 
tomondan esa, oʻz-oʻzini identifikatsiya qilishda ular orasida koreys millatiga mansublik hissi juda kuchli 
ifodalangan boʻlishi bilan ham izohlash joiz. Testning oltinchi shkalasi etnofanatizmni ochib berishga 
qaratilgan boʻlib, etnik manfaatlar yoʻlida har qanday harakatga tayyorlik, boshqa xalqlarning tabiiy 
resurslardan foydalanish huquqi va ijtimoiy imtiyozlardan voz kechish, shaxslarning etnik huquqlari inson 
huquqlaridan ustunligini tan olish, oʻz xalqi farovonligi uchun kurashda har qanday qurbonliklarni 
qilishning tarafdorligi ifodalaydi. Ushbu jihat etnik diskriminatsiyani keltirib chiqarishga moyillikni 
ifodalashi bilan ham ahamiyatga molik (H=4,185, p<0,652). Mazkur shkalada oʻzbek millatidagi 
talabalarda (233,75), qoraqalpoq millatidagi talabalar (230,64), rus millatli talabalar (253,24), koreys 
talaba-yoshlarida (263,11), qozoq talabalari (233,01), qirgʻiz millatli talabalar (242,03), tojik millatdagi 
talabalarda (262,72) natijalar qayd etildi. 
Xulosa. 
Oʻtgan oʻn yilliklarda etnik oʻziga xoslik muammolari boʻyicha olib borilgan intensiv 
tadqiqotlar natijasida psixologiyada nazariy va amaliy butunlay yangi yoʻnalish paydo boʻldi. Oʻziga 
xoslikning shakllanishi va rivojlanishining xususiyatlarini, uning funksiyalarini, tuzilishini, oʻziga xos 
xususiyatga ega boʻlgan elementlarini hisobga oladigan yondashuvlarni ajratib koʻrsatish mumkin. 
Globallashuv va virtuallashuv davrida OAV ta‘siri ham yoshlarni yangi madaniyat shakllari bilan 
tanishishga, oʻzga madaniyat vakillari bilan mazmunli va tizimli aloqalarni yoʻlga qoʻyishga ham zamin 
yaratmoqda. Oʻzga madaniyat qadriyatlari bilan yaqindan tanishish barobarida, shaxsda inkulturatsiya 
jarayonining kechishi nisbatan ―sekin‖ tus olgani berilayotgan statistik ma‘lumotlardan ham koʻrinib 
turibdi. Bu kabi yuqorida keltirilgan omillar hozirgi kun yoshlarini milliy madaniyati, qadriyatlariga sodiq 
qilib tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni jamoatchilik oldiga qoʻymoqda. Nafaqat oʻz, balki boshqa 
madaniyatning oʻziga xos jihatlarini oʻrganish, boshqa millat va elat vakillari bilan tolerantlik ruhida 
hamkorlik qilish istagi yuqori boʻlgan yoshlar ta‘lim olishni koʻpincha chet elda davom ettirishmoqda. 
Yangi ijtimoiy-madaniy sharoitlarga kirishda chet ellik talabalar oʻzlarining madaniyatlararo 
moslashuvining muvaffaqiyati-muvaffaqiyatsizligiga ta‘sir qiladigan (ijtimoiy, psixologik va ijtimoiy-
psixologik xarakterdagi) qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Shuning uchun chet ellik talabalarning 
madaniyatlararo moslashuvining oʻziga xos xususiyatlariga ta‘sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni 
aniqlash va bu hodisaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini asoslash masalasi tugʻiladi. Nazariy jihatdan, 
tadqiqotning dolzarbligi qator holatlar bilan bog‗liq: birinchidan, ―akkulturatsiya‖ tushunchasini 
ta‘riflashda yagona nazariy yondashuvlarning yo‗qligi; ikkinchidan, ijtimoiy-psixologiya fanida chet ellik 
talabalarning madaniyatlararo moslashuvi, akkulturastiya jarayonini boshdan kechirishdagi etnopsixologik 
xususiyatlari muammosi yetarlicha oʻrganib chiqilmagan. Oʻzbekistonda ta‘lim olayotgan talabalar kabi, 
chet el fuqarolari toifasining akkulturatsiya jarayonini ―ijtimoiy-psixologik inqirozlarsiz‖ boshdan 
kechirish muvaffaqiyatini belgilaydigan xususiyatlar haqida savollar qolmoqda. Uchinchidan, ushbu 
muammo boʻyicha yagona psixologik bilimlarni shakllantirish uchun nafaqat akkulturatsiya jarayoni, balki 
moslashuvning ijtimoiy-psixologik va madaniyatlararo tadqiqotlarini birlashtirish imkoniyatlaridan 
foydalanilmagan. Amaliy nuqtayi nazardan, tadqiqotning dolzarbligi quyidagilar bilan bogʻliq: chet ellik 
talabalarning muvaffaqiyatli boshqa ijtimoiy muhitga moslashish jarayoni uchun qulay shart-sharoitlarni 
https://buxdu.uz



Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling