Ilmiy metodologik kimyo


Download 0.72 Mb.
bet6/10
Sana23.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1224710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Geterosiklik birikmalar

ANTIPIRIN. l-fenil-3-metilpirazalon-5(III)-ni metilyodid bilan metillash natiiasida antipirin (l-fenil-2,3-dimetil-pirazalon-5) olinadi.

Antipirin tuzilishiga diqqat bilan qaralsa 3 tautomerni metillangan hosilasi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Antipirin rangsiz kristal modda 114°C da suyuqlanadi. Antipirindan asosida dorilar olish uchun xomashyo sifatida qo‘llaniladi. Analitik kimyoda ham kompleks hosil qiluvchi reagent sifatida qo'llaniladi. Suvda yaxshi eriydi. Bu antipirinning betain tipidagi ichki tuz strukturada bo‘lishidan dalolat beradi.



Amidopirin (pirimidon), 4-dimetilaminoantipirin. ‘Rangsiz kristall modda, 107-109°C da suyuqlanadi. Amidopirin isitmani tushuruvchi. va og‘riq qoldiruvchi (antinevralgiya) dori sifatida qo‘llaniladi.


Amidopirin antipirindan, nitrozolash, qaytarish, va alkillash reaksiyalari orqali olinadi:



ANALGIN. Analgin ham antipirindan olinadi. Kristall, suvda eriydigan modda. Og‘riq qoldiruvchi isitmani tushuruvchi dori sifatida qo‘llaniIadi.



IMIDAZOL va uning hosilalari. Imidazol yadrosi oqsil moddalar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi ba'zi aminokislotalar va purin qatori geterohalqali birikmalari, alkaloidlar tarkibiga kiradi. Shu jihatdan biologik muhim geterohalqa hisoblanadi. Olinish usullari. a-dikarbonilli birikmalar ammiak va aldegidlardan kondensasiya reaksiyasi yordamida olinadi. Masalan imidazol glioksal, ammiak va chumoli aldegiddan olinadi.

Imidazol olishda dikarbonil birikma sifatida glioksal olinganligi uchun uni nomidan kelib chiqib glioksalin deb ham nomlanadi.


Besh a’zoli ikkita azot atomi saqlagan geterohalqali birikmalardan biri-imidazol.Imidazol 90°C suyuqlanadigan, suvda yaxshi eriydigan qattiq modda.Ko‘rinib turibdiki,uning molekulasida 2 ta azot atomi bo‘lib, ulardan biri pirrolli azot atomi, ikkinchisi-piridinli azot atomidir. Pirolli azot atomi imidazolning kuchsiz kislotali xossasini belgilasa. piridinli azot atomi uning kuchsiz asosli xossasini belgilaydi. Shunday qilib, imidazol amfoter birikma bo‘lib, u kuchli kislotalar bilan ham, ishqoriy metallar bilan ham tuz hosil qiladi. Tabiatda imidazolning katta biologik ahamiyatga ega bo‘lgan hosilalari uchraydi. 2-aminokislota gistidin va uning dekarboksillanish mahsuloti gistamin ularning eng muhimlaridir.

Gistidin oqsil moddalarning gidrolizida hosil bo‘ladi va gemoglobinning oqsil qismi-globinda anchagina miqdorda saqlanadi. Gistamin-kuchli zaharli modda, qon bosimini pasaytirish, qon tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling