Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


Download 170.5 Kb.
bet4/12
Sana13.04.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1353737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh

uqilganni ifodalash oson" degan hikmatli so`z bor. Shuning uchun har bir ilmiy tadqiqot mavzusi ilmiy jamoatchilik orasida (dastlab, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbari orasida, so`ngra kafedra, laboratoriya yig`ilishida, muassasa ilmiy kengashida, dissertatsiya mavzulari esa yana mintaqa va respublika muvofiqlashtiruvchi kengashlarida) muhokama etilib, ma`qullanishi talab etiladi. O`zR OAK nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi mavzularini "OAK Bulleteni"da e`lon qilib, keng jamoatchilikka ma`lum qilishni ham talab etadi.
Tadqiqot mavzusi, manbayi va predmetini to`g`ri belgilash tadqiq manbayirning fanda o`rganilish tarixini chuqur bilishni talab etadi. O`rganilish tarixi deganda tanlangan mavzu fanda kimlar tomonidan qay darajada o`rganilganligi tushuniladi. Tadqiqotchi mavzuning o`rganilish tarixini, ya`ni undan oldin shu masala bo`yicha kimlar nimalar qilganligini, qanday yutuqlarni qo`lga kiritganlarini, qaysi muammolarni o`rtaga qo’yganliklarini tugal bilmog`i lozim. Buni amalga oshirmay, tadqiqotchi ilmiy tadqiq ishiga kirishishi, hatto sarlavha belgilashi va asoslashi mumkin emas. Mavzuning o`rganilish tarixi bilan tanishish ucnun shu masalaning:
a) dastlab ta`limning turli bosqich va bo`g`in darsliklarida,
b) keyin oliy ta`lim tizimi darslik va qo`llanmalarida yoritilishi bilan qaytadan tanishish zarur.
Shundan so`ng bu qollanmalarda shu masalaga oid ko`rsatilgan zaruriy va qo`shimcha ilmiy-tadqiqiy adabiyotlar bilan tanishishga o`tish mumkin. O`rganayotgan (mutolaa qilinayotgan) ilmiy-tadqiqiy asarlardagi ilmiy havolalar tadqiqotchiga yangi-yangi tadqiqotlarni topish va o`rganish uchun yo`llanmadir.
Mavzuning o`rganilish tarixiini bilish uchun har bir fan (jumladan, tilshunoslik va uning bo`limlari) bo`yicha bibliografik ko`rsatkichlar, kutubxonalar va INTERNET tizimida esa sistematik (mavzuviy) katalogdan unumli foydalana olish katta ahamiyatga egadir. Sistematik katalogda ilmiy adabiyotlar tadqiq manbayi, predmeti va mavzulariga ko`ra "kattadan (umumiylikdan) kichikka (xususiylikka)" yo`nalishida muayyanlashtirib boriladi. Masalan, "Tilshunoslik" bo`yicha sistematik katalog quyidagi bo`lim va bo`limchalarni o`z ichiga oladi:

Tilshunoslik tarixi


Tilshunoslikning umumiy masalalari
Tilni tadqiq etish metodlari
Til va jamiyat
Til va tafakkur
Til va nutq
Til tarixi
Til sathlari
Fonetika
Leksikologiya
Leksikografiya
O`quv lug`atlari
Izohli lug`atlar
Soha lug`atlari
Ikki tilli lug`atlar
Ko`p tilli lug`atlar
Grammatika
Umumiy masalalar
Grammatik ta`limotlar
Grammatik ma`no
Grammatik kategoriyalar
Grammatika va leksika
Grammatika va fonetika
Morfologiya
Umumiy masalalar
Morfologiya va sintaksis
Morfologik kategoriyalar
So`z turkumlari
Umumiy masalalar
So`z turkumlari tasnifi tarixi
Ot
Shu tarzda INTERNET, kutubxona, bibliografiya, sistematik katalogda adabiyotlar tadqiq manbalari, predmetlari, tadqiq metodlari va mavzulari, mualliflari bo`yicha joylashtirilib boriladi.
Kutubxonalarda sistematik katalog УДК (унифицированный десятичная классификация) asosida tuziladi.
Elektron kutubxonalarda ham, INTERNET va INTERNET NEWSda ham adabiyotlar asosan mavzuviy asosda - sistematik katalog tarzida joylashtiriladi.
Tadqiqotchi mavzunig o`rganilish tarixini mufassal o`rgansa, o`z tadqiqotini to`g`ri va davr bilan uyg`un ravishda amalga oshirishga, ishining zamom fani, jamiyat ehtiyojlari bilan bog`liqligini (dolzarbligini) ta`minlashga va ilmiy farazini to`g`ri belgilashga muvaffaq bo`ladi.
Aytib o`tganimizdek, tadqiq manbayi, predmeti va
Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling