Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni
umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab
Download 170.5 Kb.
|
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh
umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) tabiatli aloqalar, bog`lanishlar, o`xshashlik va farqlar, ziddiyatlar v. h. kabi umumiylik va qonuniyatlardir. Turli tillar orasidagi o`xshashlik va farqlar ham ikkinchi turdagi faktik material tabiatiga egadir.
Faktik material ilmiy tadqiqning moddiy asosi, tayanchi bo`lib, u tadqiqotchi tomonidan k a m i d a uch marta yig`iladi: Ilk bosqichda faktik material, odatda, mavzuning o`rganilish tarixi bilan tanishish jarayonida ilmiy-tadqiqiy adabiyotlardan yig`iladi va bo`lajak ilmiy tadqiqning manbayi, predmeti va farazini, metodologik asoslarini belgilashda zamin vazifasini o`taydi. Ikkinchi marta jiddiy va katta miqdorda faktik material mavzu rasmiylashtirilgach, uning o`rganilish tarixi bilan atroflicha tanishilgandan keyin bo`lajak ilmiy tadqiqotning moddiy, ashyoviy asosi, qurilish materiali sifatida juda katta miqdorda yig`iladi. Tilshunoslik bo`yicha ilmiy tadqiqotlarda bu bosqich o`rganilayotgan til hodisasining qo`llanilish holatlarini (shevashunos bo`lsa, sheva xususiyatlarini, grammatikachi bo`lsa grammatik shakllarning, leksikolog bo`lsa, o`z tadqiq manbayiga oid so`zlarning, uslubchunos bo`lsa u yoki bu til birliklarining ma`lum bir maqsadlarini ko`zlab qo`llanilishlarini, biror yozma yodgorlikning lisoniy xususiyatlari tadqiqotchisi bo`lsa, shu yodgorlik yoki asarning til xususiyatlarini qayd etib, kartochkalarga ko`chirish, har bir kartochkada hodisa to`g`risida o`z qaydlarini, hodisa olingan manbani aniq (kerak bo`lganda osongina topa oladigan shaklda) ko`rsatib berishdan iboratdir. Bunday izlanish -o`rganilayotgan birlik voqelanishining qayd qilish va yig`ib borish - yangi turdagi voqelanishlar topish mumkin bo`lmagan, topilgan hodisalar oldin qayd etilganlarning faqat takroridan iborat bo`lguncha davom ettiriladi. Yig`ilgan material minglab kartochkalarni tashkil etishi mumkin. Shundan keyingina tadqiqotchi yig`qan faktik materialini sistemalashtirish, tartibga solish ustida ishlaydi. Bunda u kartochkalarni ularda qayd etilgan hodisalarning o`zaro o`xshash va farqliligiga ko`ra guruhlaydi, ularning sistematik katalogga o`xshash kataloglarini tuzadi. Bunda tabiiyki, bir-biriga yaqin hodisalar birin-ketin keladi, bir-biriga yaqin joylashgan guruhlarda o`zaro farq, asosan, miqdoriy, juz`iy bo`lsa, bir-biridan ancha uzoq turgan guruhlar orasida farq sifatiy bo`ladi. Sistemalashtirilgan material katalogi tadqiq manbayining tadqiqotchi topgan, qayd qilgan hodisalarining (voqelanishlarining) ilk t a s n i f i dir. Bu amaliyotning mukammalligi ilmiy tadqiqotning muvaffaqiyatli yakunlanishi garovidir. Yig`ilgan faktik material mana shunday sistemalashtirilgandan keyin tadqiqiotchi bu hodisalarni tavsiflash va sharhlash bosqichiga ko`tarilishi mumkin. Tabiiy fanlar, didaktika bo`yicha ilmiy tadqiqlarda faktik materialni yig`ish filologiya fanidan ancha farq qiladi. Zeroki, bu fanlar bo`yicha faktik material tajriba-sinov (eksperement) ishlari asosida yig`iladi. Tadqiqotchi ilmiy farazlari asosida har xil tajribalarni amalga oshiradi va natijalarini kartochkalarda (yoki maxsus eksperement natijalari daftarlarida) mufassal qayd etib boradi. Eksperement so`ngida ular sistemalashtiriladi. Sustemalashtirish yakunlangach, agar tadqiqot hodisalar (bilimlar) tavsifini o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan bo`lsa, sistemalashtirilgan faktik material batafsil tavsiflanadi. Tavsiflash jarayonida hodisaning ayrim voqelanish turlariga material yetarli emasligi, hodisalar voqelanish zanjirida uzilish sezilishi mumkin. Bunday hollarda uchinchi marta endi - maqsadli ravishda faktik material yig`iladi. Natijada tilning biror bo`g`ini birliklarning (tabiiy fanlarda ma`lum turdagi eksperimentlarning va ularning natijalarining ) mufassal tavsifini beruvchi tavsifiy tadqiqot yuzaga keladi. Fan uchun bunday ishlar qanday ahamiyat va qimmatga ega ekanligi haqida metodologiya bo`limida fikr yuritamiz. Fanda sistemalashtirish bosqichi bosib o`tilgan bo`lsa, tadqiqotchi oldida sistemalashtirilgan faktik hodisalarda sistemani, ya`ni xususiyliklarda umumiylikni, hodisa (oqibat)larda sababni ochish vazifasi turadi. Bunda tadqiqotchi o`zining tadqiq metodologiyasi tamoyillariga mos ravishda materialdan qisman uziladi va YAHVOlarda UMISni ochish, idrokiy bilim hosil qilish qonuniyatlaridan onglilik bilan foydalanib, hodisa element (tarkibiy qism) sifatida qaysi butunlik (sistema) tarkibida qanday mavqe egallashi hamda shu hodisa butunlik (sistema) sifatida qanday tarkibiy qismlardan (elementlardan) iborat ekanligi, bu butun-bo`laklik tabiati nimadan iborat ekanligi haqida nazariy xulosalar chiqaradi. Bu jarayonda ham faktik materialga qayta - uchinchi marta murojaat etiladi. UMIS sifatida ochilgan qonuniyatlar YAHVOlarda voqelanishi, ular bilan tasdiqlanishi zarur. Zeroki, dialektikada, I. Kantning qayta-qayta ta`kidlaganidek, haqiqat o`lchovi amaliyotdir. Islomiy falsafada (tasavvuf)da ham amalga (ilmiy xulosani amaliyotga tatbiqiga) juda katta ahamiyat berilib, amaliyotga tatbiq etilmagan ilm yomg`rsiz bulut (ar. Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling