Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni
Download 170.5 Kb.
|
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarlavhasi. . . naqd bo`lsa, asaring bitdi, deyaver
G`uncha ochilguncha o`tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik. . Xayolini buzmaslik uchun choy quyib, stol qirg`og`iga qo`ydim. Qarab turibman, G`afur aka o`ylayapti. Ko`zi goh shiftga tikilar, goh qoshlari chimirilib xuddi urishmoqchi bo`lgandek, menga yomon qarab qolardi. Bilaman, bunaqa paytda G`afur aka qaragani bilan meni ko`rmaydi. Xayolida yaratayotgan narsanigina ko`radi. Ruchkani siyohdonga zarda bilan botirdi-yu yoza ketdi: Gohida bir muddat olgulik nafas. Bu satrni shoshib o`chirdi-yu, boshqatdan yozdi: "Ba`zida bir nafas olgulik muddat. Ming yulduz so`nishi uchun yetgulik" Bu xotirada olim-adibning: "Sarlavhasi. . . naqd bo`lsa, asaring bitdi, deyaver", degan fikriga alohida e`tibor bermoq zarur. Ilmiy-ijodiy ishda ham tadqiq manbayi va predmeti aniqlanib, tadqiqot, uning asosiy bosqich va hatto, xulosalari olim miyasida pishib yetilgach, ilmiy ishga sarlavha tanlanadi. Sarlavha ishda nima va qanday o`rganilayotgani haqida aniq ma`lumot berishi lozim. Shu nuqtayi nazardan bir necha ilmiy ish sarlavhasini ko`rib o`tamiz. I guruh: a) O`zbek jadid dramalarining lisoniy xususiyatlari. b) O`zbek xalq topishmoqlarining leksik-semantik xususiyatlari. v) O`zbek tili harbiy terminalogiyasining sinxronik tadqiqi. II guruh: a) O`zbek tilida "hayvon" arxisemali leksemalar maydonining mazmuniy tahlili. b) O`zbek tilida privativlik (nofonologik sathlar) v) Mazmuniy sub`yekt va uning o`zbek tili sintaksisida ifodalanishi. Sarlavhalaridan ko`rinib turibdiki, bu ilmiy tadqiqotlarning barchasida bosh tadqiq manbayi "til", aniqrog`i, "o`zbek tili"dir. Sarlavhalardagi "jadid dramalari" (1a), "xalq topishmoqlari" (1b), "harbiy terminalogiya" (1v), "hayvon arxisemali leksemalar" (2a), "nofologik sathlar" (2b), "sintaksisi" (2v) kabi izohlar umumiy tadqiq manbayining alohida birliklarini ifodalab, uni toraytiradi, muayyanlashtiradi. Sarlavhadagi "lisoniy xususiyatlar", "leksik-semantik xususiyatlar", "sinxronik tadqiq", "mazmuniy tahlil", "privativlik", "mazmuniy subyekt" tadqiq predmetiga, tadqiq usuliga ishora qilib turadi. 1 guruh sarlavhalaridan ko`rinib turibdiki, ular tildagi bir narsani (tilimizning ma`lum bir bo`lakchasini) tavsiflashga bag`ishlangan. Ikkinchi guruh mavzulari esa til tizimida (yoki uning ma`lum bir bo`g`inida) biror hodisa-qonuniyatning voqelanishi tavsifiga bag`ishlangan. Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo`lsa, shuncha yaxshi. Bunday qisqa va aniqlik Oliy Attestatsiya Komissiyasi Hay`atining 96.5 raqami ostida 2003-yilning 17-iyulida qabul qilgan "Dissertatsiya va avtoreferatlarga qo`yiladigan talablar3"iga mosdir. Chunki sarlavha qanchalik qisqa, aniq va mazmundor bo`lsa, ilmiy tatqiqotning shunchalik uqilgan va yetilganligiga ishora qilib turadi. Aksincha, uzundan-uzoq sarlavha noqulay va ishning go`rligi nishonalaridan biridir. Sarlavhada ortiqcha so`zlar bo`lmasligi kerak. Chunonchi, "O`zbek tili mashg`ulotlarida bolalarni savol-javobga o`rgatishning nazariy-metodik asoslari (ta`lim-tarbiya rus tilida olib boriladigan bolalar bog`chalari misolida)". Bu nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi 19 so`z bilan ifodalangan. Vaholanki, shu mazmunni "Rusiyzabon bog`chalarda bolalarni o`zbek tilida savol-javobga o`rgatish" sifatida atigi 8 so`z bilan ifodalash mumkin. Mavzuning ixcham va aniqligi uning to`liq uqilganligining nishonasidir. Zeroki, ilm olamida " Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling