Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni
Download 170.5 Kb.
|
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh
ilmiy farazi ilmiy tadqiq yo`nalishini belgilovchi tayanch nuqta, mayoq, yo`lchi yulduzdir.
Ilmiy tadqiqning farazi mavzuning o`rganilish tarixidan kelib chiqadi. Zeroki, har bir tadqiqotchi o`z tadqiq manbayi xususiyatlarini o`rganar ekan, uning yangi-yangi aloqa va munosabatlarini, tomon va qirralarini ochadi, yangi bog`lanish, muammolarini kashf etadi, lekin ularning barchasini o`z ilmiy ishida mufassal ko`rib o`tolmaydi, ammo bu yangi qirra va aloqadorliklar haqida yo`l-yo`lakay fikr, faraz va taxminlar bildirib o`tadi. Mana shunday tadqiqotlar tadqiq manbayini yangi bosqichda o`rganish uchun mayoq - ilmiy faraz bo`lib xizmat qiladi. Har bir jiddiy va tom ma`noda ilmiy izlanish fan oldiga yangi-yangi muammolarni, maxsus o`rganilishi zarur masalalarni qo`yadi, tadqiq manbayini yangi bosqichda tahlil va tavsif etishga zamin hozirlaydi. Haqiqiy olimning o`ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda juda ehtiyotkor bo`lishining asosiy sababi ham shunda: u har bir masalada o`zining bilganidan bilmagan tomonlari ko`proq ekanligini tushunadi. 4 Ilmiy faraz tadqiqotchi tomonidan ehtiyotkorlik bilan asosli ravishda shakllantirilishi va bayon etilishi, atroflicha tekshirilib, navbatdagi bosqich tadqiqotlari uchun mayoq qilib olinishi zarur. Oldingi bosqich tadqiqotlarida ilgari surilgan ilmiy faraz navbatdagi tadqiqotlar natijasida to`liq isbotlanishi (ya`ni farazdan qonuniyat darajasiga ko`tarilishi), qisman tasdiqlanishi va, albatta, to’ldirishi, aniqlanishi ham, to`liq yoki qisman inkor etilib, yangi faraz muhokamaga chiqarilishi ham mumkin. Ilmiy tadqiqotda s a l b i y xulosa ham i j o b i y hukm singari bir xil qimmatga ega, chunki u bo`lg`usi tadqiqotchilarni chalg`ishdan saqlaydi. Bir jonli misol.O`zbek tili o`qitish metodikasining ulkan tadqiqotchilaridan biri prof. Askar G`ulomov 1975 yildan boshlab "Ona tilini o`qitilish jarayonida o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini oshirish" mavzusida katta izlanishga kirishdi. Olim nomzodlik dissertatsiyasi xulosasidayoq buning asosiy omili o`quvchining mustaqil izlanishida, mustaqil va ijodiy fikrlay olish ko`nikmalarida ekanligiga ishonch hosil qilgan edi. A. G`ulomov 1976-79-yillarda shu yo`nalishdagi aniqlov-tajriba ishlarini olib bordi. Olim ko`p vaqtini maktablarda, keyin bir necha yil Toshkent, Moskva, Leningrad kutubxonalari-yu arxivlarida o`tkazdi. 80-yillarda olim afsus va nadomat bilan salbiy xulosaga keldi: mavjud ta`lim maqsadi, mazmuni va usuli o`quvchida o`quv-biluv faoliyatini oshirishga, unda ijodiylikni rivojlantirishga monelik qiladi va, aksincha, bolada bo`lgan tug`ma ijodiylik kurtaklarini so`ndiradi. O`quvchi ta`lim jarayonining obyekti bo`lar ekan, unda mustaqil taraqqiyot bo`lishi mumkin emas. Sovet ta`lim tizimida esa o`quvchiga shunday yondashilardi. Boshqacha bo`lishi mumkin emasdi ham: u tuzumga kommunistik mafkuraga faqat labbaygo`ylar, buyruqni ko`r-ko`rona bajaradigan ijrochilar kerak edi. Askar G`ulomov arosatda qoldi: ona tilining sovetona ta`lim maqsadi, mazmuni va usuli yangilanmas ekan, o`quvchida mustaqil fikrlashni va ijodiylikni rivojlantirib bo`lmaydi, mazkur tizimni yangilashga intilish esa mavjud tuzumga qarshi chiqish bilan tenglashtirilar edi. 1975-84-yillardagi izlanishlardan salbiy xulosa chiqargan A. G`ulomov 1985-90-yillarda ona tilidan ta`lim maqsadi, usuli va mazmunining yangilangan ko`rinishida pedagogik tajriba-sinov ishlarini yo`lga qo`ydi va katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi. Olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirgan fiziklar Galileo Galiley, Plank, Nils Bor, Albert Eynshteynlar, sayohatchilar Fernando Magellan, Xristofor Kolumb v.b. kashfiyotlariga o`z davrlarida mutlaq haqiqat deb tan olingan tushunchalarni rad etiuvchi farazlar asosida erishdilar, rasmiy tushunchalarga zid bo`lgan farazlarining ilmiy haqiqiqat ekanligini isbotladilar. Mavzuning o`rganilish tarixi bilan chuqur tanishib, tadqiq manbayi, predmeti va farazlari mohiyatini tushunib, ularni asoslagan tadqiqotchi ma`lum Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling