Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni
Download 170.5 Kb.
|
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh
metodologik tamoyillar va zarur tadqiq metodlari bilan qurollangan holda tadqiqotga kirishadi. Bu ilmiy tadqiqotning metodologik asoslari hamda tadqiq jarayonida qo`llanilgan metodlar deb aytiladi va tadqiqotning muhim tarkibiy qismigina emas, balki tadqiq jarayonini amalga oshirishning faktik materialdan keyin eng asosiy zaruriy shartidir. Umuman tadqiqot ilmiyligining o`zi uning aniq, uqilgan, izchillik bilan tatbiq etilgan metodologik asoslar va tahlil-u tavsif jarayonida qo`llanilgan tadqiq metodlari bilan belgilanadi. Biz, aytganimizdek, bu masalalarga ma`ruzalarimizning ikkinchi va uchinchi bo`limlarini bag`ishlaymiz.
Ilmiy tadqiqning muhim bosqich va qismlaridan yana biri faktik material yig`ish va tajriba-sinov (eksperiment) ishlari o`tkazishdir. Faktik material deganda tadqiqotchidan tashqarida turgan (unga bog`liq bo`lmagan) mavjudlik sifatida berilgan borliq (voqelik) narsa-hodisa, aloqa-munosabat, qonuniyatlar tushuniladi. Har bir fan uchun faktik material o`ziga xos. Chunonchi "suv" kabi bir narsa (modda)ning tuproq, yer va o`simlikka ta`siri biologiya va qishloq xo`jaligi uchun faktik material bo`lsa, uning qancha darajada qaynashi yoki qotishi fizik uchun, qanday moddalar bilan aralasha olishi, reaksiyaga kirishi va kirmasligi kimyogar uchun faktik materialdir. “suv” so`zining xilma-xil ma`nolarni ifodalab kela olishi esa tilshunos uchun faktik material bo`lib xizmat qiladi. Tilshunos uchun faktik material fikrni shakllantirish, uni ifodalash, turli shakllarda saqlab qolish va birovga yetkazish, o`zgalarni tushunishga imkon beruvchi eng asosiy aloqa va ifoda vositasi - tilning voqelanishi va ichki qurilish xususiyatlari, hodisalaridir. Ular, asosan, ikki xildir. Biri bevosita kuzatishda berilgan his (fahm) bilan ilg`ab olinishi, tasvirlanishi mumkin bo`lgan falsafiy yakkalik (alohidalik, xususiylik), hodisa, voqea, oqibat (YaHVO) tabiatli nutq va uning xilma-xil shakl, birlik va ko`rinishlari bo`lsa, ikkinchisi til birliklari orasidagi bevosita kuzatishda berilmagan, idrokiy tahlil usuli bilan ochiladigan va tavsiflanadigan falsafiy Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling