Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


alimun bila amalin nasabahu bilomatarin


Download 170.5 Kb.
bet8/12
Sana13.04.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1353737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh

alimun bila amalin nasabahu bilomatarin -Amalsiz olim yomgirsiz bulutdek) deb baholanadi. Shayx Sa`diy esa: "Amalsiz olimdan ustiga kitob ortilgan eshak avlo"-deb aytganlar. Har qanday murakkablikgadi ilmiy xulosa va hukmlar, lisoniy umumlashma va qonuniyatlar avvalo nutqiy voqeliklarga (YAHVO larga) tayanishi va ular bilan tasdiqlanishi zarur.
Nazariy ishlarda faktik materiallarga uchinchi marta murojaat etish sof tavsifiy ishlardan ko`ra zarurroqdir, chunki tavsifiy ishlarda yuzada turgan, ko`zga tez va oson tashlanadigan hodisalar o`z aksini topadi. Nazariy umumlashma esa tadqiq manbayining rang-barang ichki aloqadorliklarini ochadi. Ular esa voqelanishda o`ziga xos xususiyatlarga ega - ularni m a x s u s izlash va t o p i sh talab etiladi.
Ilmiy tadqiqotda tadqiq manbayi tavsifi (xoh idrokiy, xoh fahmiy) yakunlangach, ilmiy ish xulosalanishi zarur.
Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag`zi, maqsadi va uning eng zaruriy qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o`zi shakllantirgan ilmiy tushunchadir. U bu kursning "Metodologiya" bo`limida izohlanadigan ilmiy tushuncha talablariga javob berishi lozim. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, sermazmun qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur. Yaxshi ilmiy tadqiqotlarda (ayniqsa, tabiiy fanlar bo`yicha) xulosa, ko`pincha, formulalar, chizmalar, jadvallar shaklida bo`ladi, zeroki, qisqalik va aniqlik ilmiy xulosaga qo`yiladigan eng asosiy talabdir.
Ilmiy xulosalar ilmiy tadqiqotlarda har xil bo`ladi. Tadqiqot tuzilishida (strukturasida) mavjud bo`lgan har bir band (paragraf), bo`lim, bob, albatta, o`z ilmiy xulosasi bilan yakunlanishi lozim. Bandlarning xulosalari bo`lim xulosasida, bo`limlarniki bob xulosalarida va, nihoyat, boblarning xulosalari ishning umumiy xulosasida yakunlanishi lozim, ya`ni xuloslar arxitektonikasi quyidagicha:
1-chizma
Ilmiy xulosalar tadrijiyligi

Bandlarning ilmiy xulosalari



Bandlardan kattaroq tarkibuy qismlarning ilmiy xulosalari


Boblarning ilmiy xulosalari



Boblardan kattaroq tarkibiy qismlarning ilmiy xulosalari

Ish bo`yicha umumiy ilmiy xulosalar


Xulosalar mana shu tarzda bosqichma-bosqich biri ikkinchisini to`ldirib kelgan taqdirdagina ilmiy tadqiqda yaxlitlik va izchillik saqlangan bo`ladi. Bunday izchil ilmiy xulosalar tizimiga ega bo`lmagan ish mukammal ilmiy tadqiq emas, balki tartibsiz hodisalar tavsifidir, xolos.


Shuning uchun olimlar o`zgalarning yozma ilmiy tadqiqotlarini o`qishni (o`rganishni), odatda, ishning Kirish va Xulosa qismlari bilan tanishishdan boshlaydilar, zeroki, hozir ko`rib o`tganimizdek, Kirish qismida tadqiqotchining ilk tayanch nuqtalari, xulosasida esa ishning yakuni tavsiflanadi. Aytganimizdek, ikki nuqtadan faqat bitta to`g`ri chiziq o`tkazish mumkin - Kirish bilan Xulosa tadqiqotchi yo`lini belgilaydigan nuqtalardir va shu nuqtalar boshqa tadqiqotchiga ham tanish bo`lsa, unda ishni tushunish va baholash oson ko`chadi.
Chizmadan ko`rinib turibdiki, xulosalar bosqichlilik, uzviylik va davomiylikka ega bo`lishi zarur va bu
Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling