Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA



11-MA’RUZA. ILMIY TADQIQOT NATIJALARINI 
RASMIYLASHTIRISH, XULOSALARNI BAYON QILISH VA ASOSLASH 
11.1 . Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqot natijasi bo‘yicha xulosalar, umumlashtirishlar shakllantirilib, 
tasdiqlar va barcha illyustratsiyalar tayyorlangach keyingi bosqichga – olingan 
natijalarni hisobot, maqola, ma’ruza yoki taqdimot ko‘rinishiga keltirishga o‘tiladi 
[3,16,17]. 
Ijodiy mehnat natijalarini rasmiylashtirish uchun bilim va ilmiy qo‘lyozma 
mazmuniga qo‘yiladigan muayyan talablarga rioya etish talab qilinadi. Ilmiy 
ishlarda ayniqsa, ifoda qilish aniqligi, ma’lumotni taqdim etishdagi ketma-ketlik va 
tizimlilik muhim hisoblanadi.
Ilmiy qo‘lyozmani abzaslarga ajratish lozim. Shuni yodda tutish muhimki
abzaslarga to‘g‘ri ajratish matn mazmunini o‘qish va o‘zlashtirishni 
yengillashtiradi. Bunday ajratish uchun kredit sifatida “yozilganlarni ma’nosi”ni 
olinadi, ya’ni har bir abzas o‘z ichiga muayyan manoni anglatuvchi bir yoki bir 
nechta gaplardan iborat bo‘lishi kerak.
Shuningdek, qo‘lyozmada takrorlashlardan holi bo‘lishga intilish kerak. 
Birinchi ma’noni yakunlamay boshqasiga o‘tmaslik lozim. Matnni tushunish 
uchun qisqa va aniq so‘zlar bilan yozish talab etiladi. Matn yaxshi qabul qilinadi, 
agar unda bitta so‘zni ko‘p takrorlanishlari bo‘lmasa. 
Matnni taqdim etishda unga ko‘rilayotgan masalaga oid mavjud tanqidiy 
baholash bo‘yicha qarashlarni ham kiritish lozim. Matnda muallif o‘ziga ko‘p 
iqtibosliklar keltirmasligi kerak. Zarur bo‘lsa, uchinchi shaxs tomonidan 
bo‘ladigan ifodalarni qo‘llash mumkin, masalan, muallifga ko‘ra “yoki” 
“fikrimizga ko‘ra” va h.k. 
Qo‘lyozmani raqamlar, sitatalar, illyustratsiyalar bilan to‘ldirib tashlash 
tavsiya etilmaydi, chunki ular o‘quvchi e’tiborini chalg‘itadi va asosiy mazmunni 
o‘rganishni murakkablashtiradi. Qo‘lyozmadagi sitata joylarda (masalan 
aytilganlar) aniq manbaga iqtiboslik keltirilgan bo‘lishi lozim.


Asosiy zarur talab bu – shartli belgilar ruxsat etilgan qisqartma so‘zlar 
talabiga rioya etishdir.
Ilmiy ish strukturasi. Ilmiy xarakterdagi har qanday asarni shartli ravishda 
uchta qismga bo‘lish mumkin; kirish, asosiy va yakuniy qismlar.
Dastlab ishning sarlavhasini o‘ylash kerak. U qisqa, aniq va ish mazmuniga 
mos bo‘lishi kerak. Ish nomi titul sahifasida qayd etiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling