Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Argumentlar (asoslar) – asoslar majmui bo‘lib, tezisni tasdiqlash uchun 
keltiriladi; demonstrasiya (namoyish etish) – argumentlarni o‘zaro va tezis bilan 
bog‘lanish usullari. 
Tezis spesifikasi ko‘pincha “nima argument keltirildi?” savoliga javob 
bilan xarakterlanadi. Real ilmiy tadqiqotda barcha olingan bilimlarga argument 
keltirilishi kerak. Qonuniyatlar, gipotezalar, nazariyalar hammasi argumentlanadi 
yoki asoslanadi. 
Argument asosiy xususiyati “tezis nima bilan argumentlangan?” savoli 
bilan ifodalanadi. Narsalarni haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar inson his 
qilish organlarida qayd etiladi yoki his etilgan ma’lumotlarni o‘rtalash orqali 
olingan bilimlar majmui orqali olinadi. Birinchi holatda esa argument sifatida 
eksperiment va kuzatish natijalari bo‘lsa, ikkinchi holatda – qonuniyatlar
nazariyalar, tushunchalar majmui bo‘ladi. Demonstrasiya “tezis qaysi usul bilan 
argumentlanadi?” savoli bilan xarakterlanadi. Bu eksperiment va kuzatish 
ma’lumotnomalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatish berish, shuningdek, mantiqiy 
dalillashni tuzish ham bo‘lishi mumkin. Argumentlash elementlarining har birining 
o‘ziga xosligi argumentlash jarayonining umumiy xarakteriga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi va ushbu ta’sirga ko‘ra argumentlashning turlari va ko‘rinishlari 
ajratiladi. Bunda argumentlarning spesifikasi juda muhim. Ular sifatida bir 
tomondan real voqealar, jarayonlar, hodisalar, ya’ni narsalarni real holati 
to‘g‘risidagi qonuniyatlar, tushunchalar, prinsiplar, nazariyalar ko‘rinishidagi 
bilimlar bo‘lishi mumkin. Bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita tasdiqlashlar 
ajratiladi, ular argumentlashning turlari bo‘lib, nafaqat fanda amaliy qo‘llaniladi, 
shuningdek, empirik va nazariy argumentlarda, integrasiya va tushuntirishda ilmiy 
argumentlashning ko‘rinishlari sifatida qo‘llaniladi.
Bevosita tasdiqlash – bu egallangan bilimni mavjudligi va parametrlari 
tadqiqot predmetini tashkil etuvchi ob’ektni to‘g‘ri kuzatish yo‘li bilan 
argumentlashdir. Masalan, barcha ochiq, kosmik ob’ektlarni va biologik turlarni, 
iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni kuzatish imkoni bor.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling