Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Titul varog‘i – bu qo‘lyozmaning birinchi sahifasi bo‘lib, unda sarlavha 
ma’lumotlari, muallif to‘g‘risidagi ma’lumot, ilmiy rahbar to‘g‘risidagi ma’lumot, 
ish bajarilgan joy va yili ko‘rsatiladi.
Mundarija – ish mohiyatini qo‘lyozmani boblar, paragraflar va boshqa 
sarlavhalarini belgilab, ular boshlangan sahifalarni ko‘rsatish orqali ochib beradi. 
Mundarija ishning boshida yoki oxirida keltirilishi mumkin. Bob nomi va 
paragraflar matnda ham ani va to‘g‘ri qaytarilishi kerak. Ilmiy ishni 
rasmiylashtirishda ba’zan so‘z boshini yozish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. 
Kirish so‘zida ishni yaratishga turtki bo‘lgan tashqi sabablar; uni paydo bo‘lishi 
nima bilan bog‘liqligi;
Ish qachon va qayerda bajarilganligi; ishni bajarishda yordam ko‘rsatgan 
tashkilot va shaxslar sanab o‘tiladi.
Kirish- o‘quvchini ko‘rilayotgan muammo va masala doirasiga olib kiradi. 
Unda ishning yangiligi, dolzarbligi, mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati
o‘rganilganlik darajasi, boshqacha aytganda ilmiy tadqiqot mavzusi asoslab 
boriladi. Shu yerda muallif tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalar 
shakllantiriladi, qo‘llangan metodlar va tadqiqotning amaliyot bazasi bayon etiladi.
Dissertatsiyalarda 
tadqiqot 
ob’ekti va predmeti, himoyaga olib 
chiqilayotgan holatlar, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatlari 
to‘g‘risida gapiriladi va natijalarni aprobasiyalash to‘g‘risida ma’lumotlar 
keltiriladi. Odatda kirish qismining hajmi asosiy matn hajmining 5-7% ini tashkil 
etadi.
Asosiy qism – bir nechta boblardan tashkil topadi va ularni paragraflarga 
bo‘linadi. Birinchi paragraf odatda ko‘rilayotgan mavzuning umumnazariy 


savollariga tarixiga bag‘ishlanadi, keyingi paragraflarda esa ularni asosiy jihatlari 
ochib beriladi.
Ishning asosiy mazmuniga materiallarni umumlashtirish, metodlar, 
eksperiment ma’lumotlari va tadqiqot bo‘yicha xulosalar kiradi. Asosiy e’tiborni 
matnda ishlatilgan so‘z va ifodalarning aniqligiga qaratish lozim, turli xil ma’no 
beruvchi so‘zlardan foydalanmaslik kerak. Yangi atama va tushunchalarga to‘liq 
tushuntirish berib o‘tish lozim.
Raqamli materiallarni qulay shaxslarda (jadvallar, grafik, diagramma) 
taqdim kerak. Raqamli materiallar alohida aniqlikni talab qiladi, chunki ular 
bo‘yicha xulosalar chiqarilgan bo‘lishi mumkin.
Matnga kiritilgan jadvallar nomlanishi va raqamlanishi kerak. Jadvallarni 
tartib raqami boblar bo‘yicha (masalan 4.2; 5.1) yoki umumiy (2-jadval, ......10-
jadval va h.k) bo‘lishi mumkin. Ihtiyoriy jadval quyidagi to‘rtta savolga javrb 
berishi kerak: nima, qachon, qayerda, qayerdan. Jadvalda matn beriladigan bo‘lsa, 
u juda qisqa bo‘lib, unda raqamli materiallardan kelib chiqadigan asosiy xulosa va 
bog‘lanishlar ko‘rsatilishi kerak.
Ishning oxirida xulosalar yoziladi va tartib bo‘yicha raqamlangan va qisqa 
tezislardan iborat bo‘ladi. Xulosalar faqat ishda ochib berilgan materiallar asosida 
chiqarilgan bo‘lishi kerak. Xulosa qilishda quyidagi asosiy prinsipga amal qilish 
lozim: xulosalarda xususiylikdan nisbatan umumiy va muhim qoidalar tomon 
yurish kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling