Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish
Axborotlarni og‘zaki taqdim etish
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
11 MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konferensiya
- Yig‘ilish (uchrashuv)
11.2. Axborotlarni og‘zaki taqdim etish.
Olimlar ilmiy ma’lumotlarni sezilarli qismini ohzaki manbalar – kongress, simpozium, konferensiya, seminarlardagi ma’ruzalar va xabarlardan olishadi. S’ezd va kongresslar – muloqotning eng oliy va vakillik shakli bo‘lib, milliy va xalqaro xarakterga ega. Unda fan va texnikaning muayyan sohalaridagi strategiyalar ishlab chiqiladi. Konferensiya axborot almashishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bir qismi (ma’ruzachilar) shaxslar yangi ilmiy g‘oyalar, nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari to‘g‘risida ma’ruza qilishadi hamda savollar bo‘lsa ularga javob berishadi. Boshqalar (tinglovchi) xabarni eshitadi, savollar berishadi, munozara ishtirok etishadi. Konferensiyadagi ma’ruza va munozara uchun qat’iy reglament belgilanadi, sho‘balar bo‘yicha ishlar tashkil etiladi. Konferensiyada ba’zan stendli ma’ruzalar ham tashkil etilishi mumkin. Bunda ma’lum ajratilgan joyda ma’ruza uchun materiallar joylashtiriladi va ma’ruzachi savollarga javob beradi. Yig‘ilish (uchrashuv) – bu bir xil ilmiy yo‘nalishdagi olimlar va mutaxassislarning jamoaviy aloqalari shaklidir. Yig‘ilish ishtirokchilarining tarkibi va chiqishlar davomiyligi qat’iy belgilanadi. Kollokvium – bu jamoaviy yig‘ilishning bir shakli bo‘lib, unda turli yo‘nalishdagi olimlar o‘zaro fikr almashishadi. Simpozium – avvaldan tayyorlangan doklat chiqishlardan iborat yarim rasmiy suxbat shakli. Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarning barchasida eng mas’uliyatli vazifa - ma’ruzachi zimmasida bo‘ladi. Ma’ruza bilan ishtirok etish – bu mas’uliyatni ilmiy topshiriqdir. Tinglovchilarni chiqishi va ilmiy diskussiya juda foydalidir. Ma’ruza bilan chiqish qilishda auditoriyadan qo‘rqmaslik odati shakllanadi, savollarga javob berish uchun diqqatni tezda jamlashga o‘rgatadi, ilmiy diskussiya olib borishni o‘rgatadi. Ma’ruza bilan chiqish qilishdan oldin bayon qilishning qisqa rejasini tayyorlab olish va asosiy masalalarni o‘z ichiga olgan batafsil konspekt tuzish kerak. Ma’ruza paytida muhim narsalarni o‘tkazib yubormaslik uchun qisqa yozuvlardan foydalanish mumkin. Bu eng avval ma’ruzachiga ishonch hissini beradi va materialni bayon qilishda aniqlik va qisqa bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’ruza jarayonida ma’ruzachi o‘zini erkin tutishi, diqqati butun auditoriyaga yoyib yuborishi kerak, ya’ni bitta tinglovchiga alohida e’tibor qaratmaslik lozim. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘rishda uni bir necha marta ovoz chiqarib o‘qib chiqish kerak. Ma’ruzadan avval tezislar tayyorlab olish lozim, ya’ni ma’ruzani asosiy holatlari to‘g‘risidagi qisqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuvlar. Ular ilmiy ishning barcha holatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak, ya’ni faqat tadqiqotchining natijalari bilan cheklanib qolmaslik lozim. Ma’ruzachilar ko‘pincha ma’ruza jarayonida namoyish materiallari va texnikasidan foydalanishadi. Bunda grafik materiallar sifatida ko‘pincha sxemalar va algoritm diagrammalardan foydalaniladi. Sxemalar KXYAS talablariga mos ravishda strukturaviy, funksional, prinsipial va b. turlarga bo‘linadi. Ularni qurish uchun masshtab bo‘lishi talab etilmaydi. Sxemalarda turli texnik ma’lumotlar keltiriladi. Algoritm diagrammalari masalani analitik yechishning ko‘rgazmali tasavvuri uchun qo‘llaniladi. Algoritmning har bir qadamida bajariladigan algoritm diagramma ramzi bilan tasvirlanadi va uning ichida so‘zli yoki belgili yozuvi bo‘ladi. Ma’ruza vaqtida qo‘llaniladigan texnik vositalarga proyektor, ovozli yozuv, kinofilmlar va b. kiradi. Ma’ruza bilan chiqish qilish – bu muallifni o‘z-o‘zini sinashidir. Ma’ruza bo‘yicha qilingan kamchilik va maslahatlar juda foydali hisoblanadi. Ilmiy diskussiyada ishtirok etish ma’ruzachidan va mutaxassis-tinglovchidan ma’lum malakani talab qiladi va uni o‘rganish kerak. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling