Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Diskussiya – bu jamoaviy fikrlashning yana bir foydali shaklidir. 
Diskussiyada aytiladigan turli qarashlar, faol fikrlashga yordam beradi, shaxsiy 
qarashini sinchiklab o‘ylash va asoslashga majburlaydi. Bundan tashqari, turli 
fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar o‘rnatiladi.
Diskussiyada ishtirok etish – bu o‘ylash va tanqidiy mulohaza qilish 
masalasini rivojlantirishning eng yaxshi usuli bo‘lib, unda inson tomonidan 
to‘plangan bilimlar sifati tekshiriladi. Diskussiya – bu omma oldida chiqish uchun 
yaxshi trenirovkadir.
Diskussiyada ishtirok etish shakli ham turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 
eshitish va yozib olish. Bu oddiy e’tiborni qaratish emas, mustaqil fikrlashdir
chunki aytilgan fikrlarni baholab berish orqali uni qisqacha yozib olish mumkin. 
Diskussiya vaqtida yozib olish juda qiyin, chunki aytilgan fikrlar sistemaga 
solinmagan bo‘lishi mumkin. Rezyumik, xulosalar alohida so‘zlarni, ifodalarni
obrazli solishtirish va misollarni yozib olish kerak, ular keyinchalik ular yordamida 
xotirada diskussiya mazmunini tiklash imkoni yaratiladi.
Diskussiyada ishtirok etish shakli-bu noaniq momentlarni aniqlashtirish 
yoki qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida savollar berishdir. 
Diskussiya faol ishtirok etish shakli – bu o‘zining yetarli darajada asoslangan 
fikrlashni aytishdir. Diskussiya vaqtida o‘zini tutish etikasini qisqacha shunday 
ifodalash mumkin: haqiqatni qidirish lozim, raqib ustidan g‘alaba qozonish emas, 
aksincha bo‘lsa, raqib bo‘lib chiqishi mumkin [3]. 
11.3. Ilmiy ishni taqdim etish va xulosalarini isbotlash. 
Xulosa – olingan bilimlarning asosiy mazmuni ifoda etib, tadqiqotning 
maqsad va vazifalariga muvofiq shakllantirilishi va muammoning yechimini o‘z 
ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xulosa ilmiy tadqiqot elementlarida qo‘yilgan 
savollarga javob beradi. Xulosa aynan savolni ifodalovchi tushuncha va iboralar 


orqali yetkazilishi, shuningdek, xulosani isbotlash jarayonida dastlabki materiallar 
bilan aloqadorligi aniqlangan iboralar, tushunchalar yordamida tuzilishi kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling