Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Metainformativ o‘ramlash – bu muayyan hujjat mazmuni va mavzuni 
ochib berish maqsadida yaratilgan hujjat (bibliografik qaydlar, annotasiya, 
bibliografik sharhlar, dissertatsiya avtoreferatlari, kitoblarga yozilgan so‘z boshi va 
kirishlar, o‘quv kursi va dasturlari, nashrlarning ma’lumotnoma apparatlari). 
Informativ o‘ramlash – bu muayyan masalalarni yechishda bevosita 
axborot manbai bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlarni yaratish. Uning natijasida 
birlamchi hujjatlar (xisobot, maqola, qisqacha xabar, axborot sahifasi) hamda 
ikkilamchi hujjatlar (referatlar, faktografiya ma’lumotnomalar, referativ sharhlar) 
yuzaga bo‘ladi. 
Hisobot yoki boshqa material qo‘lyozmasini nashrga tayyorlash uchun 
uning ustida ishlash muhim bosqich bo‘lib, tahrirlash jarayoni deb ataladi, dastlab 
muallif tomonidan qo‘lyozmani nashrga tayyorlash (nashr ishining muallif 
bosqichi) va keyin esa muharrir tomonidan (nashr jarayonining redaksiya bosqichi) 
bajariladi. Tahrirlashdan asosiy maqsad – nashrga mo‘ljallangan asarni to‘g‘ri 
baholash, mazmun va shaklini o‘quvchi va jamiyat manfaatlaridan kelib 
takomillashtirish maqsadida uni tanqidiy tahlil qilishdan iborat. Tahrirlashda asosiy 
e’tibor: keltirilgan faktlarni muhimligi va to‘liqligiga; ularni yangiligi va 
zamonaviy hayot bilan bog‘liqligiga; ushbu ishni tegishli bilimlarni rivojlanishiga 
qo‘shgan xissasiga ishonarli va aniqligiga; konkret fan, bilimlar sohasi, ishlab 
chiqarish qonuniyatlari va qonuniyatlariga rioya etilishiga; matnni ayrim qismlarini 
uning funksiyalari va shakliga mos kelishiga qaratiladi. 
Matn shaklining asosiy muhim tomonlari:



Kompozisionligi, ya’ni ilmiy ishni to‘g‘ri qurilganligi, uning barcha 
elementlarini yagona yaxlitlikka birlashganligi; 

Rublikalanganligi (bo‘linganligi), ya’ni matnni struktura birliklariga
qismlarga, bo‘limlarga, boblar, paragraflarga ajratilganligi; 

Mantiqiyligi, ya’ni muallifning mulohazalari, xulosalari va ta’riflarini 
mantiqiy fikrlash me’yoriga muvofiqligi; 

Grammatik – statistik va grafik (jadvallar va illyustratsiyalarning 
sifati). 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling