Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7

uni sarflash madaniyatini juda

yaxshi egallashgan. Bizda esa,

ochig‘i, ana shu madaniyat yetish-

maydi.


Ko‘pchiligimiz suvni sarfla-

yotganda, uni istak bajo bo‘l-

guncha, ko‘z to‘yguncha oqizib

qo‘yamiz. Vannada zerikkunimiz-

cha, charchagunimizcha yuvina-

miz, ba’zilarimiz esa yonboshlab

yotib olib, xuddi, chavandoz

poygadan so‘ng o‘z otini «sovut-

ganidek» o‘zimizni o‘zimiz yaxshi-

lab «sovutib» olamiz. Shunda

bekordan-bekorga qancha suv isrof

etiladi — buning bizga sariq chaqa-

chalik ahamiyati yo‘q. Oqsa —

oqar,  to‘lib-toshib ketmaydi...

Bularning barchasi biz suvni sarf-

lash madaniyatini yaxshi bilma-

ganligimiz oqibatidir. Ko‘pchili-

gimiz yuvinish asnosida suvni

qanday va qancha sarflash mezo-

nini ham bilmaymiz.

Ertalab yuz-qo‘lni sovunlab

yuvib, soqol olib, tishni tozalab,

oynaga qarab o‘zimizga oro berib,

artinib bo‘lguncha, jo‘mrakdan

to‘xtamay suv oqib turaveradi.

Shu vaqtda oqizilgan suvning

miqdorini dehqonchasiga bir hisob-

kitob qilib ko‘raylik. Yuvinishga eng

kamida 10 daqiqa, soqol qirtish-

lash uchun 8, tishni tozalash

uchun 4, artinib o‘zimizga «zeb»

berish uchun 2 daqiqa ketsin. Jami,

24 daqiqa suv to‘xtamay oqib turadi.

O‘rtacha hisobda har daqiqada 3

litrdan suv oqib tursa, 24 daqiqada

72 litr suv oqib ketar ekan. Shu

72 litr suvdan 5 litri — yuvinishga,

0,5 litri tishlarni tozalashga, 0,5

litri — soqol olishga, jami 6 litr

suv kerakli, foydali ishlatilgan.

Qolgan 66 litr suv foydasiz, uvol

bo‘lgan. (Keltirilgan faktlar asosan

katta shaharlarimiz aholisiga xos).

Biz uchun ham, suvdan foydala-

nish, uni sarflash madaniyatini o‘r-

ganish vaqti allaqachon yetib kel-

gan.

Ba’zilar millionlab so‘mlarni



sarflab, qo‘shqavatli dang‘illama

imoratlar quradi. Chet  el  kafellari,

turli jihozlarini sotib olib hammom,

oshxona kabilarni bezaydi. Ammo

arzimagan xarajatdan go‘yoki

beli mayishib — oqova suvlar

yig‘iladigan o‘ra qazdirmaydi,

quvur torttirmaydi. Ayrimlar esa

xonadon oqovalarini oqar suvlarga

— ariq, soy, anhor, kanal kabi

— to‘g‘rilab qo‘yishadi. Banda-

B

Hatto, melioratsiyaga yaroqsiz,



sho‘rlangan yerlar tiklanib, ekin

maydonlari sifatida foydalanila

boshlandi. «Bir tovuqqa ham suv,

ham don» deganlaridek, bularning

barchasiga suv kerak, suv bo‘l-

ganda ham chuchuk suv zarur.

Hayot shu zaylda davom eta bersa,

suvga bo‘lgan talabni qondirish

juda mushkul bo‘lib qoladi. Buning

oldini olishning birdan-bir oqilona

va to‘g‘ri yo‘li — suvni nihoyatda

ehtiyotkorlik bilan sarflash, uvol

qilmaslik, sifatini, tozaligini saq-

lash, iloji boricha tejash, tejash va

yana tejashdir.


23

sidan qo‘rqmasak ham, Yaratgan-

dan qo‘rqaylik. Hammasini U

ko‘rib, bilib turibdi...

Sharqning yirik adibi Faxrid-

din Gurgoniy o‘z davridayoq

suvni iflos qilmaslik haqida nasi-

hatomuz, foydali fikrlar bildirib,

shunday misralarni yozib ketgan

edi:


Bugun chashma suvin

qilsang agar xor,

Boshqa icholmassan

bu suvdan zinhor.

Dono xalqimiz suvga axlat

tashlash u yoqda tursin, hatto unga

tuflashni gunoh hisoblagan. Ota-

bobolarimiz: «Suvga tupurma!»,

«Suvga supurma!» — deb bekorga

aytmagan. Bu bilan ona-tabiatga,

o‘zimizga, avlodlarimizga zarar

keltirayotganimizni, oziq-ovqat-

larimizga og‘u-zahar solayotgani-

mizni, qolaversa, o‘zimizni o‘zi-

miz zaharlayotganimizni bilayap-

mizmi? Sezayapmizmi? O‘z rizq-

ro‘zimizni qismaylik, o‘z umri-

mizga, bola-chaqalarimiz hayotiga

o‘zimiz zomin bo‘lmaylik.

Biz oqar suvlarga qo‘shib

yuborayotgan oqovalar, tashla-

yotgan axlatlar, kimyoviy, maishiy

va neft mahsulotlari chiqindilari

oqib Orol dengiziga yetib bor-

guncha, achib-sasib, qurib, zahar-

zaqqumga aylanib, havoga ko‘ta-

rilib, shamollar bilan yana qaytib

boshimizga yog‘ilayapti. «Qaytar

dunyo», — deb shuni aytsalar

kerak.


Isroil davlatida bir necha bor

xizmat safarida bo‘lgan suv bo‘yi-

cha yirik mutaxassis Abdurahim

Jalolov biz bilan bo‘lgan o‘zaro

suhbat chog‘ida bu mamlakatda

suv zaxiralari qanday muhofaza

qilinayotganligi, saqlanayotgan-

ligi haqida ba’zi dalillarni keltirib,

shunday dedi:

«Men xizmat yuzasidan Isroil

davlatining bir qator katta shahar-

larida bo‘ldim. Shaharlari go‘zal,

batartib, odamlari ham xushmuo-

mala, madaniyatli ekan. Bu mam-

Boshig‘a sarvning aylandi filhol,

O‘pub yer, zor yig‘lab, yondi filhol.

Chiqib tog‘ uzra aylab ashk boron,

Chekib un, uylakim abri bahoron.

Chu ul qildi bulutdek tog‘ uza mayl,

Arig‘din suv yetishdi uylakim sayl.

Labolab ul sudin chun havz to‘ldi,

Arig‘lar dog‘i molo-mol bo‘ldi.

Bo‘lub suv qasr atrofig‘a doyir,

To‘kuldi dasht uza bo‘lmoqqa soyir.

Ariqqa qo‘ydilar «Nahr ul-hayot» ism,

Falakvash havzg‘a «Bahr un-najot» ism.

(Davomi bor).

Abduhamid JALOLOV

lakat xalqi o‘z ona-yerini, uning

osori atiqalarini, tabiatini, ayniqsa

suv zaxiralarini juda avaylab asrar

ekan. Qisqasi, har bir tomchi

chuchuk  suv hisobda bo‘lib,

maxsus quvurlar vositasida yer

ostidan o‘tkazilgan ekan. Bu usul

suvni asrashda, sifatini saqlashda,

tejashda juda qo‘l keladi. Birin-

chidan, tashqaridan turli-tuman

chiqindilar, oqovalar suvga qo‘shi-

lib, uning sifatini buzmaydi, iflos-

lantirmaydi. Ikkinchidan, suvning

katta qismining bug‘lanib ketishi

xavfi oldi olinadi. Ular o‘z suvlarini

shunday avaylab asrashadi».

Bizda ham shu usul qo‘lla-

nilib, hech bo‘lmasa, hozircha

oqar suvlarimizga tashqi muhit

katta tahdid solayotgan hudud-

larda, jumladan, Chirchiq,

Olmaliq, Navoiy, Angren kabi

shaharlarda yer osti quvurlaridan

foydalanilsa, yomon bo‘lmas edi.

Alisher NAVOIY

«FARHOD  VA  SHIRIN»

dostonidan

Arig‘ novi chu bo‘ldi suv maqomi,

Tegirmon novidek bo‘ldi xiromi.

Xaloyiq ichra g‘avg‘o  tushti har yon,

Ulus ichra alolo tushti har yon.

Arig‘ning ikki yonidin alolo,

Nishot ahli tuzub dirno talolo.

Mug‘anniylar iki yondin navosoz,

Tuzub ul ro‘d lahni birla ovoz.

Mihinbonu bila Shirin surub ot

Ki, qasr olig‘a yetkaylar sudin bot.

Va lekin suv bo‘lub andoq sabukrav

Ki, yetmay girdig‘a xingi sabuk dav...

I.IKROMOV va P.VORONKIN

chizgan.


24

ASMIY


 ma’lumotlarga

ko‘ra, yer yuzidagi aholi-

ning har oltitasidan bitta-

si hozirgi kunda ochlikka giriftor

yoki to‘yib ovqatlanmayapti.

Ochlik insoniyatga qattiq azob

beradigan stressni keltirib chiqa-

ruvchi omil bo‘lib, kishi immuni-

tetini pasaytirib, har xil kasallik-

larga chalintiradi, asabni ishdan

chiqaradi. Och odam jismoniy

mehnat qilish qobiliyatini yo‘qo-

tadi, o‘zini ko‘ngildagidek bosh-

qara olmaydi. Bunday vaziyatga

tushgan shaxs turli jinoyatlarga

qo‘l urishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi va

maktab yoshida bo‘lgan bolalarda

ochlik yanada chuqur morfologik

va funksional o‘zgarishlarga olib

keladi, ular keyinchalik qancha

yaxshi ovqatlansa ham tanasida

shu o‘zgarishlarning asorati qola-

di. Ochlikning bevosita va bilvosita

ta’siri tufayli dunyo bo‘yicha har

yili 5 yoshgacha bo‘lgan 13 mln.

bolalar nobud bo‘lmoqda. Hozir

butun dunyoda bu noxush holat-

ga qarshi kurash har bir davlat-

ning asosiy vazifalaridan biri bo‘-

lib hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-

da, ochlik holati insoniyat paydo

bo‘lgandan buyon u yo bu davlat

aholisi orasida uchrab turibdi.

Lekin shunisi ham borki, ko‘p-

chilik ochlik qorin to‘ysa yo‘qola-

digan tuyg‘u deb qarashadi.

Haqiqatan ham yeb-ichadigan

narsalar yetarli bo‘lsa, ochlik

haqida o‘ylanmaydi. Odatda iste’-

mol taomlari tarkibida yetarli

miqdorda suv, oqsil, yog‘ hamda

uglevod bo‘lsa, ular tegishli

quvvat, ya’ni energiya beradi

(1 gramm oqsil va uglevodlar

4,1 kkal, shuncha miqdordagi

yog‘da esa — 9,3 kkal). Ushbu

energiya vujudning barcha xatti-

harakati, o‘sishi, rivojlanishini

amalga oshiradi hamda tana

haroratini ma’lum darajada ushlab

turadi. Taomning o‘ziga xos xusu-

siyati, kuchi, qolaversa, qimmati

aynan shu moddalarga qarab

baholanadi. Qayd qilingan oziq

moddalar makronutriyentlar

(makros — katta, yirik, nutriti

— ovqat) deyilib, ular ko‘pincha

tabiiy mahsulotlar ko‘rinishida

iste’mol qilinadi (oqsillar,

yog‘lar, go‘sht, baliq, sut-qatiq

kabi hayvon mahsulotlari bilan,

uglevodlar esa asosan don va

ildizmeva, poliz mahsulotlari,

meva-chevalar bilan). Ushbu

mahsulotlar tarkibida qayd qilin-

gan makronutriyentlardan tash-

qari qator vitaminlar, ma’danli

moddalar va boshqa biologik faol

moddalar ham bo‘ladi. Ular

oqsil, yog‘ va uglevodlarga nisbatan

nihoyatda kam iste’mol qilingani

uchun (milligramm, mikrogramm,

hatto ionlar holida) mikronutri-

yentlar (mikros — kichik, mitti,

nutritio — ovqat) deb ataladi.

Barcha mikronutriyentlar hech

qanday energetik qiymatga ega

emas, shunga qaramasdan vujud-

dagi jamiki tiriklik jarayonlari

ularsiz me’yorida amalga osh-

maydi.  Chunki bunday ko‘zga

ko‘rinmas va qo‘lga ilinmas mod-

dalar barcha hayotiy jarayonlarni

boshqaruvchi fermentlar, gor-

monlar va qator biologik faol

suyuqliklar (to‘qimalararo, ichki

va tashqi suyuqliklar, qon, limfa

va boshqalar) tarkibiga kiradi.

Shu munosabat bilan mikro-

nutriyentlarning tegishli me’yor-

dan kam bo‘lishi ham, ko‘p

bo‘lishi ham yashash jarayonlari-

ning buzilishiga olib keladi. Agar

hayvonlar faqat kimyoviy sintez

yo‘li bilan olingan oqsillar,

yog‘lar va uglevodlardan tashkil

topgan ozuqa bilan surunkali

boqib borilsa, ular ozib-to‘zib

ketishadi, uzoq yashashmaydi.

Inson, shu jumladan, yosh bola-

lar ham uzoq vaqt ochiq havoda

turib qolgan, quyoshda quritil-

gan, ko‘p qaynatilgan yoki kon-

servatsiya qilingan ovqatlar bilan

oziqlansa, — oqsil, yog‘, ugle-

vodlar yetarli miqdorda bo‘lishiga

qaramasdan, — qator kasallik-

larga chalinishlari mumkin, chunki

bunday ovqatlar tarkibida qayd

qilingan mikronutriyentlar kishi

ehtiyojini qondira olmaydigan

darajada, juda oz miqdorda bo‘-

ladi.  Bunga yaqqol misol qilib

vitaminlarning kashf etilish tarixi

bilan bog‘liq voqeani keltirish

mumkin. Dengizchilar uzoq vaqt

tabiiy mahsulotlarsiz faqat konser-

valar bilan ovqatlanganligi bois

(chunki kemada bunday tabiiy

mahsulotlar bo‘lmagan) kasal-

lanib, ishga yaroqsiz bo‘lib

qolishadi. Qachonki ular qir-

g‘oqqa chiqib tabiiy mahsulotlar,

ya’ni ko‘katlar, meva-chevalar va

sabzavotlarni tanovul qilganla-

rida, aytib o‘tilgan noxush holat-

lardan qutilishadi. Demak, ovqat

tarkibida oqsil, yog‘ va uglevod-

lardan tashqari yana shunday bir

moddalar bo‘lishi kerakki, ularsiz

yashash mumkin emas ekan. Mana

MIKRONUTRIYENTLAR

VA  SOG‘LOM  AVLOD

R


25

shu fikr taomlardagi vitaminlar,

ma’danli moddalar hamda ayrim

biologik faol moddalar ixtiro

qilinishiga olib keldi.

Aytish joizki, har xil kasallik-

larga qarshi ishlatiladigan

dori-darmonlarning aksariyat

qismi ham asosan, mikronutri-

yentlar va ularning birikmalaridan

iborat bo‘lib, ular birinchi nav-

batda vujudning u yoki bu mod-

daga nisbatan talabini qondirish

va hayotiy jarayonlarni me’yor-

lashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

Yuqoridagi fikrlar hisobga

olingan holda Respublikamizda

joriy yilning 7-iyulida “Aholi

o‘rtasida mikronutriyent yetish-

masligi profilaktikasi to‘g‘ri-

sida”gi Qonun qabul qilindi.

Uning 2-, 4- va 7-moddalarida

aholi o‘rtasida mikronutriyent

yetishmasligi profilaktikasi soha-

sidagi davlat siyosatining asosiy

yo‘nalishlari sifatida bu boradagi

ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-

quvvatlash hamda tegishli sanita-

riya-gigiyena va tushuntirish

ishlarini olib borish masalalariga

alohida e’tibor berilgan.

Inson tanasida mikronutriyent-

lar davriy sistemasida hozirgacha

ma’lum bo‘lgan 110 tadan ko‘p

elementlarning 60 dan ziyod-

rog‘i, ayrim biologik faol birik-

malar hamda 22 xil vitamin va

vitaminsimon moddalardan iborat

bo‘lib, ularning aksariyat qismi,

aytib o‘tilganidek, iste’mol qili-

nadigan o‘simlik (meva-cheva,

poliz mahsulotlari, barg, gul,

ildiz, poya va boshqalar) hamda

hayvon mahsulotlari (go‘sht,

baliq, tuxum, sut, qatiq va bosh-

qalar) tarkibida mavjud bo‘ladi.

Shu sababli kishi bunday oziq

moddalarni yil fasllari, ob-havo

sharoitiga qarab yetarli miqdorda

iste’mol qilib tursa kerakli mikro-

nutriyentlarga bo‘lgan ehtiyojini

qondiradi. Shunisi ham borki,

ayni olingan mahsulotda ma’lum

mikronutriyentlarning mavjud-

ligidan tashqari ularning bir-biriga

nisbati ham muhim fiziologik

ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bu

borada har bir hududning o‘zida

tabiiy holda yetishtirilayotgan

mahsulotlar qo‘l keladi, ya’ni

ularda nazarda tutilgan nisbat

to‘g‘ri bo‘lib, bu  organizm uchun

yetarli darajada bo‘ladi.

Qayd qilib o‘tganimizdek,

aholining asosiy qismi ovqatla-

nish bobida quvvat beruvchi

oqsillar, yog‘lar hamda uglevod-

larga, ya’ni makronutriyentlarga

e’tibor berib, mikronutriyentlarni

nazardan chetda qoldiradi. Buning

oqibatida yosh bolalarda o‘sish,

rivojlanish, kattalarda serunum

mehnat qilish, o‘zaro muno-

sabatlar va kayfiyat ko‘ngildagi-

dek bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazar-

dan mikronutriyentlar to‘g‘risida

qabul qilingan Qonun muhim

ahamiyat kasb etadi. Chunki

mamlakatimiz aholisining turli

guruhlarida, shu jumladan,

Qashqadaryo va Surxandaryo

viloyatlarida ham amaldagi ovqat-

lanish tarzini tahlil qilish maqsa-

dida olib borilgan tadqiqotlar bu

borada qator kamchiliklarga yo‘l

qo‘yilayotganligini ko‘rsatdi.

Ularni bartaraf qilish uchun

muhim tadbirlardan biri — bu,

mikronutriyentlar haqida aholi-

ning turli qatlamlarida tegishli

tushunchalarni targ‘ibot-tashvi-

qot yordamida shakllantirishdir.

Shunda qabul qilingan Qonun va

unga muvofiq tuzilgan dasturning

amalga oshirilishi ancha muvaffa-

qiyatli kechadi.

Bunday tadbirlar shu soha-

dagi tegishli mutaxassislarning

(olimlar, ilmiy xodimlar, tibbiyot

xodimlari va boshqalar) o‘quv

yurtlari (umumta’lim maktablari,

litseylar, kollejlar va boshqalar)

o‘qituvchilari, tarbiyachi-murab-

biylari bilan birgalikda ommaviy

axborot vositalari orqali keng

ko‘lamda olib borilsa, maqsadga

muvofiq bo‘ladi. Eng muhimi, bu

boradagi ishlar doimiy ravishda

olib borilib, mikronutriyentlarning

fiziologik, biokimyoviy xusu-

siyatlari, yoshga hamda jismoniy

faoliyat bilan bog‘liq tomonlari,

ayniqsa mahalliy mahsulotlarda

ularning miqdori va sifati haqida

tegishli ma’lumot berib borish

muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu narsani ham unutmaslik

kerakki, vitaminlar va ma’danli

moddalarning oziq-ovqat mahsu-

lotlaridagi (poliz mahsulotlari,

meva-chevalar, go‘sht, tuxum va

boshqalar) miqdori o‘zgaruvchan

ko‘rsatkich bo‘lib, u, birinchidan,

iste’mol qilinadigan taomlarning

qanday sharoitda va qayerda

yetishtirilganligiga, ikkinchidan,

ularni tayyorlashda qo‘llaniladi-

gan texnologik jarayonlarga va

boshqa har xil omillarga bog‘liq

bo‘ladi. Masalan, bir xil turdagi

mevada uning qayerda yetishtiril-

ganiga qarab, tarkibidagi mikro-

nutriyentlari miqdor va sifat jiha-

tidan sezilarli darajada farq qiladi.

Shuning uchun amal qilish kerak

bo‘lgan tegishli manbalarda tavsiya

qilingan ma’lumotlar o‘rtacha

chiqarilgan miqdor hisoblanadi.

Mikronutriyentlarga bo‘lgan

talabning qondirilishida ekologik

muhitni ham hisobga olish zarur,

chunki bizning issiq iqlimli o‘lka-

mizda ko‘pgina vitaminlar va

mikroelementlarga bo‘lgan talab

tegishli ma’lumotnomalarda ko‘rsa-

tilganidan ancha yuqori bo‘ladi.

Xuddi shuningdek, maktab, litsey,

kollej va boshqa o‘quv yurtlarida

fanlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq

bo‘lgan islohotlar, kundalik

4 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 11-son.


26

hayotga elektronikaning tobora

chuqur kirib borishi (komputer-

lar, mobil aloqa vositalari va

boshqalar) ham mikronutriyent-

larga bo‘lgan talabni sezilarli

darajada oshiradi. Yurtimizda

o‘quvchi-yoshlarning barcha oziq

moddalarga, shu jumladan, mikro-

nutriyentlarga bo‘lgan ehtiyojini

qondirish yo‘lida ancha ibratli

ishlar qilinmoqda. Fikrimizning dalili

sifatida O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan

joriy yilning 20-avgustida  “Ta’lim

muassasalarida sog‘lom ovqat-

lanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi

maxsus nizom qabul qilinganini

keltirish o‘rinlidir. Ushbu muhim

hujjatda barcha o‘quv yurtlarida

o‘quvchi-talabalar ovqatlanishini

to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish sog‘lom avlod

shakllanishida muhim ahamiyat

kasb etishi alohida uqtirilgan.

Qayd qilinganidek, mikro-

nutriyentlarning iste’mol taom-

larida taqchilligi hech qanday

ochlik tuyg‘usini keltirib chiqar-

maydi va aksariyat hollarda ular-

ning ovqatda bor-yo‘qligiga e’tibor

berilmaydi. Bir vaqtning o‘zida bu

moddalar barcha hayotiy jara-

yonlarda faol ishtirok etib, orga-

nizmda ularga nisbatan ma’lum

talab me’yorlari mavjud. Shu

me’yorning buzilishi, ya’ni ular-

ning kerakligidan oz yoki ko‘p

qabul qilinishi tanadagi moddalar

va energiya almashinuvi, yurak va

qon tomirlari, asab, endokrin,

hazm tizimlari faoliyatida, qon va

boshqa biologik suyuqliklar tarki-

bida salbiy holatlarni yuzaga kelti-

radi. Masalan, birgina marganets

elementining ovqatda yetishmas-

ligi (qolgan ovqat komponentlari

mo‘l-ko‘l bo‘lsa-da) bola orga-

nizmining o‘smasligi, doim o‘zi

bilan o‘zi bo‘lib yurishi kabi hol-

larga olib keladi. Agar unga berila-

digan taomlarda faqatgina marga-

nets elementining yetarli bo‘lishi

ta’minlansa, aytib o‘tilgan noxush-

liklardan sog‘ayib ketishiga olib

keladi. Xuddi shuningdek, iste’-

mol qilinayotgan suv va ovqat

tarkibida temir, yod yoki rux ele-

mentlarining yetishmasligi tegishli

holda kamqonlik, buqoq, sara-

ton kabi og‘ir dardlarga chalin-

tirish ehtimoli yo‘q emas.

Jahon Sog‘liqni Saqlash

tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra,

yer yuzidagi aholining 28 foizi

qonda temir moddasi yetishmas-

ligi oqibatida kelib chiqadigan

kamqonlikdan, 217 mln. kishi esa

yod yetishmasligidan aziyat chek-

moqda. O‘rni kelganda, shu

narsani ham aytib o‘tish joizki,

Yevropa davlatlarida 65 yoshdan

oshganlarga har kuni 5 gramm-

dan qo‘shimcha rux elementi bor

preparat tavsiya qilinadi. Chunki

rux ta’sirida tanadagi keksalik bois

— to‘qima va hujayralarning ortiq-

cha yemirilishi bartaraf qilinib,

erta qarishning oldi olinadi. Yoki

sotuvdagi tuzlarning yodlanishi

buqoq profilaktikasida muhim

o‘rin tutadi. O‘tkazilgan tadqi-

qotlar shu narsani ko‘rsatadiki,

ayrim biomikroelementlar, masa-

lan, qo‘rg‘oshin tegishli yashash

tarziga ko‘ra, organizmga ko‘p

qabul qilinsa, bunday odamlar

doim asabiylashgan, qahr-

g‘azabli, jinoyat sodir qilishga

moyil bo‘lib qolar ekan. Shu

tufayli ushbu elementning tanaga

har xil yo‘llar bilan kirishini

nazorat qilib, uning me’yordan

oshib ketmasligini ta’minlash

ta’lim-tarbiyaning ko‘ngildagidek

bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Katta odamlarning biomikro-

nutriyent — ruxga bo‘lgan sutka-

lik talabi 12-16 mg bo‘lsa,

bolalarda 4-6 mg ga teng. Bu

element kundalik mahsulotlarda

birinchi o‘rinda hayvon mah-

sulotlari, jigar, parranda go‘shti,

baliq, tuxum sarig‘i, bug‘doy

kepagi, donlar maysasi, yon-

g‘oq, loviya, no‘xat, sarimsoq,

sitrus mevalari, anjirda ham

uchraydi. Shu narsa muhimki,

surunkali holda asosan uglevodli

ovqatlar (non, makaron, boshqa

xar xil un mahsulotlari) iste’mol

qiladiganlarda bu elementga

nisbatan tanqislik kuzatilar ekan.

Bunday tartibda ovqatlanadigan

bolalarda (ayniqsa, qishloqlarda

istiqomat qiladiganlarda) bo‘y

* * *


Hamma qobiliyatlarning sarvari sog‘lom fikrdir. Xayrli

ishning o‘zi kifoya emas, bu ishni vaqtida va mavridi

bilan bajarmoq lozim. Iste’dod egasi nima qilish

zarurligini biladi, ichki me’yor qachon va qanday ish

qilish lozimligini aytib turishi kerak.

Uilyam METYUZ

* * *

Xalqlar taraqqiy etib, shon-sharafga burkanib,



muvaffaqiyatli ravishda fikrlay va ishlay olishi uchun —

hayotlarining negizida taraqqiyot g‘oyalari yotishi kerak.

Emilio KASTELAR

* * *


Sivilizatsiya — bu olg‘a ketayotgan inson aqli har

qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotlar-

dir: taraqqiyot so‘zining o‘zi ham shundan kelib

chiqqan.


Viktor GYUGO

* * *


O‘z ishini topa olgan odam saodatlidir, u boshqa

saodatni axtarmay qo‘ya qolsin. Uning qiladigan ishi va

yashashdan maqsadi bor.

Tomas KARLEYL


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling