Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7

bo‘yi 1,18 metrga, vazni 20

kilogrammga yetgan. Nafas olish

a’zolari hamda yurak qon-tomir

kasalliklari, kamqonlik kamaygan.

Xuddi shuningdek, ushbu ko‘r-

satkichlar 17 yoshgacha bo‘lgan

bolalar o‘rtasida ham ijobiy to-

monga sezilarli darajada o‘zgargan.

Bu — mutaxassislar fikri. Xullas,

butun mamlakatimizda bo‘lgani

singari Jizzax viloyatida ham bola-

lar sportini rivojlantirish yo‘lida

qilinayotgan ishlar allaqachon o‘z

natijasini bera boshladi. Bundan

nafaqat yoshlar, ota-onalar ham

nihoyatda mamnun.

O‘ktam MAMATQULOV,

Bolalar sportini rivojlantirish

jamg‘armasi Jizzax viloyati filiali

direktori


6

SMIRLIK


 yoshidagi

o‘g‘illar va qizlar o‘rtasida

suv polosi sporti bo‘yicha

o‘tkazilgan Osiyo chempionatida

mamlakatimiz terma jamoasi  ham

ishtirok qildi.

Qizlardan iborat terma jamoamiz

birinchi o‘yinda tailandlik sportchilar

bilan musobaqalashib, raqiblarini

29:2 hisobida mag‘lub etdi. Ham-

yurtlarimiz indoneziyaliklar —

mezbonlarni 8:2 hisobida, Yaponiya

terma jamoasini 10:9 hisobida yengdi.

Xitoy terma jamoasi bilan bo‘lgan

so‘nggi — hal qiluvchi o‘yin 10:10

hisobida durang natija bilan yakun-

langan bo‘lsa-da, urilgan va o‘tkazib

yuborilgan to‘plar evaziga jamoamiz

qit’ada tengsiz deb topilib, oltin

medalga sazovor ko‘rildi. O‘g‘il

bolalarimiz  jamoasi esa  kumush

medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija ular-

ga 2011-yilda o‘tkazilishi rejalashti-

rilgan jahon chempionatida ishtirok

etish huquqini berdi. O‘z navbatida

ushbu chempionat yoshlarimiz

uchun 2012-yili London shahrida

o‘tkaziladigan XXX yozgi Olimpiada

o‘yinlarida qatnashishlari uchun

imkon yaratadi.

Bunday yuqori natijalar yurti-

mizda suv polosi sport turi ham jadal

rivojlanayotganligini ko‘rsatadi.

Zero, Prezidentimizning 2008-yil  2-

iyundagi «2008 — 2012-yillarda

O‘zbekiston Respublikasi bolalar

suv sportini rivojlantirishning moddiy-

texnik bazasini mustahkamlashga doir

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ri-

sida»gi qarori muhim ahamiyat kasb

etdi.

Mamlakatimizning shahar va



qishloqlarida ham zamonaviy suv

havzalari bunyod etilib, yoshlarimiz

suv sporti bilan qishin-yozin munta-

zam shug‘ullanishlari uchun yetarli

imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi

kunda Respublika ixtisoslashtirilgan

suv sport maktabida asosan suzish,

suv polosi va suvga sakrash bo‘yicha

jami 246 nafar havaskor sportchi

ta’lim olib, mahoratini oshirmoqda.

Ularga 28 nafar jonkuyar mutaxassis

murabbiylik qilmoqda.

«Ilgari mashg‘ulotlarni o‘tkazish

uchun aniq bir bazamiz bo‘lmagan,

— deydi suv polosi bo‘yicha qizlar

jamoasi bosh murabbiysi Natalya

Rustamova. — Sathi yuzasi 25x15

metr hajmdagi, chuqurligi 1,5

metrdan iborat kichikroq suv havza-

laridan foydalanardik. Vaholanki,

xalqaro musobaqalar sathi yuzasi

30x20 metr hajmdagi, chuqurligi

2 metrni tashkil etgan suv havzalarida

olib boriladi. Mana bir yildan oshdi-

ki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

tashabbusi bilan kunduzgi mashg‘u-

lotlarni Talabalar shaharchasi «Suv

saroyi»da, kechki mashg‘ulotlarni esa

Respublika ixtisoslashtirilgan suv

sport maktabida olib borayapmiz. Bu

yopiq suv havzalari kerakli barcha

shart-sharoit bilan to‘liq ta’min-

langan bo‘lib, endi yilning kuz va

qish oylarida har qanday  ob-havo

sharoitiga  qaramay, sportchilarimiz

OLIMPIADA

OLIMPIADA

OLIMPIADA

OLIMPIADA

OLIMPIADA

O‘YINLARI  SARI

O‘YINLARI  SARI

O‘YINLARI  SARI

O‘YINLARI  SARI

O‘YINLARI  SARI

mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok

etishlari mumkin. Mamlakatimizda

sportni, jumladan, bolalar  sportini

rivojlantirishga katta e’tibor qarata-

yotgan muhtaram Prezidentimizga

minnatdorchilik bildiramiz. Bundan-

da katta musobaqalarda munosib

ishtirok etib, bizga bildirilgan ishonch-

ni oqlashga harakat qilamiz».

«Suv polosi sportchidan ko‘p

kuch va harakatni talab qiladi, —

deydi xalqaro sport ustasi Anna

Plyusova ustozi so‘zlarini davom

ettirib. — U, avvalambor, yaxshi

suzishni, to‘p bilan xuddi voley-

bolchi yoki gandbolchilardek muo-

mala qilishni bilishi kerak. Katta

natijalarga erishish uchun tinimsiz

mashq qilish lozim. Opam Natalya

bilan suv sporti mashg‘ulotlariga

qatnashayotganimizga 5 yildan

oshdi. Shu kungacha ko‘plab nufuzli

musobaqalarda ishtirok etib, arzirli

natijalarga erishdik. Orzuimiz —

kelgusida Olimpiada o‘yinlari oltin

medalini qo‘lga kiritish».

Bu tilaklarga biz ham sherikmiz.

Otabek OTAYOROV

O‘

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.



O‘smirlar o‘rtasida suv polosi sporti bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempiona-

tida O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldilar.



7

A’LIM


 tizimini moder-

nizatsiyalash, isloh qilish,

tarkibiy jihatdan qayta

qurish, fan va texnikaning rivoj-

lanishidagi ijobiy yutuqlarni ta’-

limga joriy etish orqali dasturlarga

o‘zgartirishlar kiritish va zamo-

naviy yondashuvlarga asoslangan

ta’lim-tarbiya berish borasida

mamlakatimizda katta ishlar amalga

oshirilmoqda. Iqtisoddagi ijobiy

o‘zgarishlar, chet el investitsiya-

larining jadal kirib kelishi, ilg‘or

texnologiyalarning ta’lim tizimi-

dagi zaruriy o‘rni, shuningdek,

uzluksiz ta’limning fan va ishlab

chiqarish bilan  integratsiyalashuvi

ta’lim tizimi tobora takomillashib

borishiga yordam bermoqda.

Shunday ekan, ta’lim muassa-

salariga zamonaviy ijtimoiy-iqti-

sodiy sharoitlarga mos, davr talab-

lariga javob bera oladigan, ta’lim

muassasalari boshqaruvi tizimini

zamonaviy yondashuvlar asosida

yangicha tashkil etadigan rahbar

xodimlarning boshqaruv faoliya-

tini yangicha shakllantirish, rivoj-

lantirish va o‘z navbatida ommalash-

tirish lozim. Buning uchun ta’lim

muassasasiga rahbar kadrlarni

tanlashda ularning har tomonlama

bilim salohiyatiga, ilg‘or ish

tajribasiga va tashkilotchilik qobi-

liyatiga ega bo‘lgan, shuningdek,

ma’naviy jihatdan yetuk va

barkamol mutaxassislarni tanlash

muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki

ta’lim muassasasining nechog‘li

samarali faoliyat yuritishi shu

muassasa rahbarining boshqaruvni

qanday tashkil etishiga bog‘liqdir.

Ta’lim muassasalarida ta’lim-

tarbiya jarayonini ilmiy asosda tash-

kil etish hamda umumiy manfaat-

lar uyg‘unligi muhitida muassasa

oldiga qo‘yilgan maqsadlarga

erishishga qaratilgan faoliyatlar

jarayonini boshqarish — rahbar-

ning barcha jamoa a’zolariga ta’sir

etishi bo‘lib, pedagog va yordamchi

personal faoliyatini tashkil qilish

va muvofiqlashtirish, muassasa-

ning ichki imkoniyatlaridan foyda-

lanishda o‘z vakolati doirasida

to‘g‘ri, maqsadli yo‘naltirilgan

faoliyat yuritishni taqozo qiladi.

Ta’lim muassasalarini ijobiy

boshqarish faoliyatining samara-

dorligi — bu, boshqaruv qonuni-

yatlari, usul va metodlari hamda

innovatsion texnologiyalarga asos-

langan boshqaruv faoliyati asosida

tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jara-

yonining natijaviyligi hisoblanadi.

Boshqaruv samaradorligiga

erishish uchun ta’lim muassasasi

rahbarlari muassasaning asosiy

maqsadlari yo‘nalishida strategik

rejalashtirish qoidalarini, bosh-

qaruv usullari, metodlari hamda

tamoyillari, innovatsion texnolo-

giyalarni bilishlari va bular asosida

jamoaning integrativ faoliyatiga

murakkab pedagogik tizim sifatida

yondashuvlarga yo‘naltirilgan inno-

vatsion faoliyatni tashkil etishlari

taqozo  etiladi.

Ta’lim muassasasi rahbarining

ijodkorlik faoliyati quyida keltiril-

gan jarayonlarni qamrab oladi:

— muassasada ilg‘or ish tajri-

basiga ega bo‘lgan pedagoglar ish

tajribasi yosh kadrlarni tayyor-

lashga zamin yaratadi;

— o‘z ustida ishlash, ijodiy

hamkorlik natijasida yangi g‘oya va

fikrlar tug‘iladi;

— ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar,

maqolalar va tavsiyalar tayyor-

laydi;

— ma’naviy-ma’rifiy ishlar



samaradorligi oshadi;

— maktab, mahalla va oila

hamkorligi rivojlanadi;

— muassasadagi bunyodkorlik

ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yiladi.

Muassasa rahbari tomonidan

boshqaruv faoliyatida samarador-

likni rivojlantirish va oshirish

uchun bajarilishi zarur bo‘lgan

shartlar:

— ta’lim muassasalarini bosh-

qarish jarayoniga, innovatsion

tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab

pedagogik tizim sifatida yondashish;

— boshqaruv madaniyatini

to‘la egallash, shaxslararo muno-

sabatlar hamda tarbiyaviy muno-

sabatlarni ilmiy asoslangan tamo-

yillar asosida shakllantirish;

— ta’lim muassasasining

innovatsion faoliyati jarayonida

rahbarning kasbiy mahorati va o‘zi

haqidagi fikrlariga ilmiy yonda-

shish;


— muassasada ijodkor peda-

goglar bilan ishlash ko‘nikma-

larini rivojlantirish.

Rahbar  boshqaruv faoliyatida

qator funksiyalarni bajaradi:

— pedagogik jamoaning ilmiy-

pedagogik faoliyati maqsadlarini

aniqlaydi va shakllantiradi;

— muassasa  faoliyatini reja-

lashtiradi, rag‘batlantirish vosita-

lari va usullarini belgilaydi;

IJODKORLIK — MUVAFFAQIYAT  GAROVI

Boshqaruvni tashkil etishda ta’lim muassasasi rahbari

ijodkorligining ahamiyati

T


8

—  uni nazorat qilishni amalga

oshiradi.

O‘z navbatida  ijodkor rahbar

jamoada o‘z  munosib o‘rniga ega

bo‘lib, bilimi, muomalasi, ilmiy

dunyoqarashi, pedagog xodimlar

bilan o‘zaro munosabatlari, maq-

sadga intilishi, ijtimoiy xulq va

boshqalarda namuna bo‘lishi yosh

pedagogning faoliyatida, o‘zi

tanlagan kasbga mehr qo‘yishi,

o‘qituvchilik kasbining sirlarini

mukammal o‘rganishi va unda o‘z

kelajagiga nisbatan ishonch tuy-

g‘ulari rivojlanishida muhim aha-

miyat kasb etadi.

Ushbu chizmada ijodkor rah-

barning ish faoliyatida quyidagi

yo‘nalishlarda ta’lim jarayoni sifat

va samaradorligi  rivojlanishini

kuzatish mumkin:

 Binobarin, ta’lim muassasasi

rahbari o‘z oldiga qo‘yilgan maq-

sadlarga erishishda pedagogik

xodimlarning faoliyati, bilim,

ko‘nikma va malakalar darajasini,

qobiliyatlarini, shaxsiy xislatlarini,

shuningdek, ta’lim jarayonini

ilmiy asosda tashkil etishning

Ilmiy salohiyat

Psixologik

iqlim

Tarbiyaviy



munosabat

Innovatsion

jarayon

Moddiy texnika bazasi



Ijodkor rahbar

faoliyatida

Ma’naviy-ma’rifiy

tarbiya


Ijodiy

hamkorlik

Ijro intizomi

Ilg‘or ish

tajribalar

Rag‘batlantirish

* * *

Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini



yaxshilash — har qanday kishining ham muqaddas

burchlaridan biridir, chunki o‘zini va tevarak-

atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra

muhimroq ish yo‘q.

                                        

 SUQROT


* * *

Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan

xalq — fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar

baxtga erishish uchun bir-biriga yordam bersa, butun

yer yuzi fazilatli bo‘ladi.

Abu Nasr FOROBIY

* * *

Bolalarga o‘qitilayotgan darslar ularning yoshiga



muvofiq kelmog‘i lozim, aks holda, ularda

o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, mag‘rurlanish

kasaliga chalinish xavfi tug‘iladi.

I.KANT


* * *

Maktab — taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va

saodatning darvozasidur. Har millat, eng avval, makotibi

ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘paytirmaguncha

taraqqiy yo‘lig‘a kirib, madaniyatdan foydalanmas.

Mahmudxo‘ja  BEHBUDIY

* * *

Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson



uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdur. Zeroki, ilm

bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur.

Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur.

Abdulla AVLONIY

* * *

Maktab, o‘z sistemasida mujassamlangan asosiy



predmet va prinsiplariga ko‘ra,  xalqlar  va davlatlar  turmushi

va taqdirini belgilashda bag‘oyat buyuk kuchdir.

Dmitriy MENDELEYEV

murakkab tomonlarini faol o‘rga-

nishi va shular natijasida boshqa-

ruv jarayonini takomillashtirish,

samaradorligini oshirishga yordam

beradigan qarorlarni qabul qilish

hamda ularni amalga oshirish

uchun turli tadbirlarni ishlab

chiqishda ijodkorlik salohiyatiga

tayanmog‘i lozim. Shunda jamoa

o‘rtasida o‘zgacha psixologik

iqlim,  hamkorlik,  jipslik  va    sog‘-

lom muhitga zamin yaratiladi. Olib

borilgan ishlar samarasi ijobiy

natija va  reyting ko‘rsatkichlarining

yuqori darajasiga  ko‘tariladi.

Arslon RIZOQULOV,

tadqiqotchi



9

UV

 tanqisligi oqibatida



paydo bo‘lgan muammo-

lar XIX asrdagi Turkiston-

ning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etib,

xalqning yanada qashshoqlashishiga

olib kelgan. Chunki  suv mamlakat

iqtisodiyoti taraqqiyotining, qishloq

xo‘jaligi rivojining bosh omilidir.

Agar suv bo‘lmasa, hosil yetilmay-

di, xirmon ko‘tarilmaydi, dehqon

ham xursand bo‘lmaydi. Zavqiy

yozganidek, bechora xalqning

«qaddi doldek» egiladi.

Bechoralar ranjur dili,

Suvsiz yetilmay hosili.

Zavqiy safosiz bu yili,

Qaddi egilgan dol ekan.

XIX asrning yirik ma’rifat-

parvar shoirasi Dilshodi Barno

suvning xalq ma’naviy—maishiy—

iqtisodiy hayotida, qishloq xo‘jali-

gida tutgan o‘rniga juda yuqori baho

beradi. Darhaqiqat, Markaziy

Osiyoda, jumladan, bizning mam-

lakatimizda asosan sug‘oriladigan

yerlarda dehqonchilik qilingan.

Shuning uchun ham suv bu o‘lka-

da yetakchi o‘rinda turgan. Agar

suv yo‘q bo‘lsa-yu, yer bisyor

bo‘lsa, undan na mamlakatga, na

dehqonga hech qanday naf-foyda

yo‘q. Suv bo‘lmasa, poyonsiz

yastanib yotgan yer bamisoli

Sahroyi kabirning bir parchasi,

Qizilqum va Qoraqumning bir

bo‘lagidir yoki, Qur’oni Karimda

nozil  bo‘lganidek, biror giyoh

bahra topmagan «o‘lik yer»dir.

Shuning uchun ham suv «o‘lik

yer»larni «tiriltiruvchi» — yashna-

tuvchi bir ilohiy ne’matdir. Shoira

Dilshodi Barno aytganidek, suv

yerning «qoni  va joni»dir:

Azalda yer uchun qon ila jon suv,

Binokori zamin-u ham makon suv.

Ijodkor Turkistonning kelgusi

taraqqiyotida, xalqning to‘q —

farovon hayot kechirishida suvning

eng asosiy omil ekanini juda chiroyli

badiiy lavhalarda shunday bayon

qiladi:


Tog‘din irmoq sharillab

 Norindek daryo bo‘lur,

Ko‘p Norinlar qo‘shulub,

ulkan Sirdaryo bo‘lur,

Agar suvin eplasang

tuprog‘i kimyo bo‘lur,

Giyohsiz yotgan sahro

mushti to‘tiyo bo‘lur,

Qani sohib aqlki,

suvni cho‘lga burguday.

Shuni ochiq aytish kerakki,

suv haqidagi bunday yuksak fikrlar

boshqa xalqlar adabiyotiga nisbatan,

Sharq adabiyotida keng, teran

yoritilgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti

namoyondalari suvga  ulug‘ ne’mat

sifatida qarab, uning «ming bir

xislatini» badiiy lavhalarda ifodalab,

ajoyib asarlar yaratib, suvga nis-

batan chuqur hurmat, e’tiqod

hislarini uyg‘otgan, mustahkam-

lagan edilar.

O‘zbek ijodkorlarining suvni

jamiyat, insoniyat, mamlakat taraq-

qiyoti uchun nihoyatda zarurligini

ta’kidlab yozgan badiiy asarlari o‘z

o‘rnida suvni e’zozlashga, uvol

qilmaslikka, tozaligini saqlashga,

tejab sarflashga qilgan da’vatlari —

chaqiriqlari ham edi, albatta.

(Davomi.  Avvali o‘tgan sonda).



S

TOMCHI  SUVDA  HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA  HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA  HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA  HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA  HAYOT  JILVASI

2 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 11-son.


10

Bu ko‘hna dunyoda hech narsa

— na inson, na suv abadiy emas.

Zamonlar o‘tib osmono‘par tog‘-

lar ham yemiriladi. Azim chinorlar

ham quriydi. Vaqti kelib, buloq va

chashma suvlari qaynab chiqishdan

charchashi, to‘xtashi, quduqlar-

ning suvi tortilib ketishi, chayqalib

yotgan cheksiz, tubsiz dengiz-

larning, ayqirib oqqan daryolarning

suvlari kamayib, hatto qurib qolishi

ham mumkin ekan, bunga Orol

dengizining o‘zi yaqqol misoldir.

Darhaqiqat, ularning abadiyligiga

hech kim kafolat bera olmaydi.

Dono xalqimiz daryolarning qurib

qolishiga ishora qilib: “Daryo qurib,

tosh qolar», “Oldingdan  oqqan

suvning qadri yo‘q» kabi falsafiy

maqollarni yaratgan. Davrlar o‘tishi

bilan daryolarning, buloqlarning

suvlari qurib qolishi haqida nasro-

niylar dinining muqaddas kitobi

Injilda shunday fikrlar bayon

qilingan:

Xudovand daryolarni cho‘lga

 aylantirdi,

Buloqlarni esa quritib yubordi.

XVII asrning mutasavvuf shoiri

Xo‘janazar Huvaydo vaqt  o‘tishi

bilan daryolar qurib, ular o‘rnida

yo‘llar paydo bo‘lishiga  ishora qilib,

shunday misralarni bitgan edi:

Afsus, yuz afsuski, erlar o‘tdi,

Labi tashna bo‘lub ohuyi

 cho‘llar o‘tdi.

Bu zol falak va’dasiga

berma ko‘ngul,

Daryo quridi, qa’rida

yo‘llar o‘tdi.

Xuddi shunday, vaqti kelib,

ayqirib oqayotgan daryolar ham

qurib qolish ehtimoli bor. “Oqqan

daryo oqaveradi» degan naql ham

nisbiy.


Toshkentning hozirgi Shay-

xontohur tumanidagi ulkan

«Chorsu» mehmonxonasi o‘rnida

qachonlardir mashhur Ukkosha

bulog‘ining suvi tinmay qaynab

chiqib yotardi. Endi u ham yo‘q.

Ko‘ziga tuproq tortilib, ustida

mahobatli bino qurilgan.

Marhum ustozim, professor

Erkli Karimov Toshkent Davlat

agrar universitetining orqa tomo-

nidagi xushmanzara, bohavo dala-

hovlisida istiqomat qilardi. Biz

deyarli har kuni ishdan so‘ng

birgalikda ularnikiga  borardik. Ariq

yoqalab ketaverishda 10 dan ortiq

turna ko‘zli chashmalar bo‘lardi.

Ularning ikkitasi shundoqqina

domlaning hovlisiga kiraverishda

qaynab chiqib yotardi. Biz ularga

«Erkli chashmalari» deb nom

bergan edik. Vaqt o‘tishi bilan

ularning ham suvi to‘xtab qoldi

yoki yer ostiga singib ketdi. Bu

buloq va chashmalarning ko‘zi

yumilib, suvi chiqmay qolgani

yomon, ammo katta fojea emasdir.

Shunday ulkan Orol dengizi tash-

nalikdan hansirab, suvsizlikdan

tinka madori qurib borayapti. Orol

bizning avlodimiz ko‘z o‘ngida halok

bo‘lishi arafasida.Mana bu fojia.

Muhtaram Prezidentimiz Islom

Abdug‘aniyevich Karimov o‘tgan

asrdayoq Orol ahvolining tangligi

insoniyat tarixidagi  eng katta fojia

ekanini aytib, chuqur afsus va

achinish bilan shunday yozgan edi:

«Orol tangligi insoniyat tarixidagi

eng yirik ekologik va gumanitar

fojialardan biridir. Dengiz havzasida

yashaydigan qariyb 35 million kishi

uning ta’sirida  qoldi...

Ekologik kulfatlar chegara bil-

masligini nazarda tutgan holda jahon

jamoatchiligi e’tiborini mintaqa-

ning ekologik muammolariga qara-

tish lozim. Orol muammosi bu-

gungi kunda chinakam keng ko‘-

lamli, butun sayyoramizga daxldor

muammo bo‘lib qolganligini,

uning ta’siri hozirning o‘zidayoq

biologik muvozanatni buzayotganli-

gini, bepoyon hududlarda aholi-

ning genofondiga halokatli ta’sir

ko‘rsatayotganligini nazarda tutish

lozim.» (Islom Karimov. O‘zbek-

iston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavf-

sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari

va taraqqiyot kafolatlari. «O‘zbek-

iston» — 1997, 124-, 133-, 134-

betlar).


Bizning qo‘l qovushtirib inda-

may qarab turishga haqqimiz

yo‘q. Vijdoni, iymoni bor har bir

inson  Orolning butkul qurishiga

yo‘l qo‘ymasligi kerak. Orol

Markaziy Osiyoning mo‘tabar

onasi, kerak bo‘lsa, talpinuvchi

muqaddas go‘shasidir. Nafaqat

ulkan Orol dengizi, balki Ukkosha

bulog‘ining ham, jajjigina «Erkli

chashmalari»ning ham ko‘zi

yumilmasligi, yuziga tuproq tortil-

masligi kerak edi.

Xudo ko‘rsatmasin, agar Orol

dengizi yer yuzidan yo‘q bo‘lib

ketsa ham tarix sahifalarida uning

nomi qoladi-ku, hozirda qurib

qolgan Tajan daryosi kabi. Kelgusi

avlodlarimiz nomi bor-u o‘zi yo‘q

Orol dengizini tarixiy manbalardan

o‘qib, «Eh, shunday ulkan dengiz

million yillar yashab, XX asr —

XXI asrning boshlarida suvi qurib,

yo‘q bo‘lib ketgan ekan», — deb

afsuslanmaydilarmi? Bizni «Shun-

day ulkan bahr suvini ichib, ishla-

tib, uni nega quritib qo‘yishgan!»

— deb ayblamaydilarmi?

Yo‘q, azizlar. Orol dengizining

yer yuzidan yo‘qolib ketishiga aslo

yo‘l qo‘ya olmaymiz. Zero, bunga

haqqimiz ham yo‘q. Orolga suv

tutaylik, «tashnaligini»  qondiraylik,

zero, Markaziy Osiyoda uning

chanqog‘ini qondiradigan suv bor.

Orolni qutqarish uchun suvni

tejash, tejash va yana tejash, uvol


11

qilmaslik, undan oqilona foydala-

nish lozim. O‘sha biz har kuni teja-

gan, uvol qilmagan suvlar Orol-

ning «tashnaligini» qondirishi aniq.

Xalqimiz: «Toma-toma ko‘l bo‘lur»,

— deb bejiz aytmagan. Suvni

tejashni qatralardan boshlamoq

kerak. Xorazmlik mashhur mirob

va dilbar shoir Muhammad Rizo

Ogahiy bir ruboyisida «uchqunlar-

dan otashgoh», «qatralardan to‘fon»


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling