Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7


27

o‘smay qoladi, hatto ularning

sochlari ham juda sekin o‘sadi,

aqliy va jismoniy jihatdan

nuqsonlarga ega bo‘ladi. Katta-

larda esa rux yetishmasligi jinsiy

qobiliyatni pasaytirib yuboradi.

Chunki u erkaklarda sperma-

togenez (spermatozoid hosil bo‘-

lishi) holatini boshqarib borsa,

xotin-qizlarda balog‘atga yetishish

jarayonlarida faol qatnashadi.

Spirtli ichimliklarni ko‘plab

iste’mol qiluvchilardan tug‘ilgan

bolalarda ko‘pincha rux tanqisligi

kuzatilar ekan. Bu holat o‘z nav-

batida alkogol va boshqa narkotik

moddalar iste’mol qilishga moyil-

likni oshiradi. Bunday bolalarning

bir necha bor spirtli ichimliklar

(pivo, vino, aroq va boshqalar)

ichishi ularning osonlik bilan

ichkilikbozlikka o‘rganib qolishiga

sabab bo‘lar ekan. Gap shundaki,

rux tanqisligi alkogoldegidroginaza

nomli maxsus ferment ishlab

chiqarilishini  keskin pasaytirib

yuboradi, rux esa ushbu ferment

tarkibida bo‘lishi shart bo‘lgan

element. Bu ferment qondagi

alkogolni parchalab yuboradigan

asosiy vosita, uning yetishmasligi

tanada davomli sur’atda alkogol

saqlanib turishiga, bu hol esa o‘z

navbatida organizmning unga

o‘rganib qolishiga olib keladi.

Ushbu ferment yetarli bo‘lgan-

larda esa iste’mol qilingan alkogol

o‘z vaqtida vujuddan bartaraf

qilinadi va shu asnoda alkogol

ta’siriga tushib qolishning oldi

olinadi. Agar ayol va erkakdan

ular mast bo‘lganda homila yuzaga

kelsa, bunday vaziyatda ko‘pincha

alkogolga moyil yoki jismoniy va

aqliy jihatdan nogiron bola tug‘i-

ladi. Bu yerda ham asosiy omil

rux, marganets kabi mikroele-

mentlarning tanqisligi o‘z navba-

tida, bo‘lajak avlodda genetik

nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi.

Dono xalqimiz orasidan yetishib

chiqqan buyuk tabib va muta-

fakkirlar sharob ichib jinsiy qo‘-

shilish tamoman noto‘g‘ri ekan-

ligini azaldan qayd qilib kelganligi

masalaning muhimligini yana bir

bor  namoyon  qiladi.

Olib borilgan ilmiy tadqiqot-

lar natijasiga ko‘ra, avlod bar-

kamolligiga erishishda qator

iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omil-

lar ta’sirini inkor qilmagan holda

aytish kerakki, tug‘iladigan bola-

larning aqlan va jismonan yetuk

bo‘lib yetishishini ta’minlashda

aholining mikronutriyentlar bilan

fiziologik me’yor darajasida

ta’minlanishi muhim ahamiyat

kasb etadi.

Hozir biomikroelementlar

tanqisligini har xil kompleksli

dori-darmonlar bilan davolash

tavsiya qilinmoqda. Lekin bu

usulni hamma uchun ham birday

qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bun-

day birikmalar tarkibidagi bir

nechta elementlar bir-birining

ta’sir kuchini yo‘qotishi va shu

bois ba’zan  salbiy oqibatlarga olib

kelishi mumkin. Shuning uchun

ulardan juda ehtiyotkorlik bilan

foydalanish kerak. Har xil chet

el firmalari tomonidan bunday

preparatlar birinchi navbatda

tijorat maqsadida ishlab chiqarila-

yotganligi ehtimoldan uzoq emas.

Eng yaxshisi, u yoki bu biomikro-

elementlarga bo‘lgan ehtiyojni

mahalliy sharoitda yetishtirila-

digan hayvon va o‘simlik mahsu-

lotlari (go‘sht, tuxum, baliq, sut

va sut mahsulotlari, sabzavotlar,

meva-chevalar, don va don mahsu-

lotlari va boshqalar) bilan qondi-

rish maqsadga muvofiq.

Mikronutriyentlarga nisbatan

tanqislik nafaqat qishloq joy-

larida, balki yirik shaharlar

aholisi orasida ham uchrab turadi.

Ularning iste’mol taomlari tarki-

bida ko‘p miqdorda oqsil, yog‘,

uglevodlar bo‘lganligi bois o‘ta

kaloriyali bo‘lib, bir vaqtning

o‘zida ko‘pgina makro- va mikro-

elementlarga nisbatan kambag‘al

va organizm talabini yetarli miq-

dorda qondirmaydi. Buning asosiy

sababi, birinchidan, ushbu mah-

sulotlar tez va yuqori haroratda

(masalan, mikroto‘lqinli pechka-

larda) tayyorlanib, tarkibidagi

foydali  mikronutriyentlari keskin

kamayib ketishida bo‘lsa, ikkin-

chidan, sertashvish, stressga boy

shahar hayoti vujudning bunday

ko‘zga ko‘rinmas oziq moddalarga

ehtiyojini oshirib yuborganida.

Shuning uchun ham yer yuzi-

ning yirik shaharlari aholisi

o‘rtasida keyingi yillarda oziq

moddalarga nisbatan tanqislik

oqsil, yog‘, uglevodlarga emas,

balki makro- va mikroelementlar,

vitaminlar va ayrim organik

birikmalarga nisbatan kuzatil-

moqda.

Xulosa qilib aytganda, mikro-



nutriyentlar inson vujudi uchun

zarur bo‘lgan oziq moddalar

yig‘indisi bo‘lib, ular haqida zarur

ilmiy va amaliy ma’lumotlarga ega

bo‘lish “Aholi o‘rtasida mikro-

nutriyent yetishmasligi profilakti-

kasi to‘g‘risida”gi Qonunning

ijrosida muhim o‘rin egallaydi.

Tegishli tashkilotlar va muassa-

salar (ilmiy tekshirish insti-

tutlari, oliy o‘quv yurtlarining

mas’ul kafedralari, sanitariya-

epidemiologiya nazorat markaz-

larining tegishli laboratoriyalari va

boshqalar) tomonidan joylarda

aholi turli guruhlarining mikro-

nutriyentlarga bo‘lgan ehtiyojini

aniqlash va uning qondirilishini

o‘rganish, ilmiy tavsiyalar berish

hozirgi kunning dolzarb masala-

laridan hisoblanadi.

SH.QURBONOV,

biologiya fanlari doktori, professor

YO.RAHMATULLAYEV,

biologiya fanlari nomzodi,

katta o‘qituvchi

Qarshi davlat universiteti

Fiziologiya kafedrasi



28

AMOAT


 va jamiyat

xabar, muloqotlarsiz

mavjud bo‘lmaydi.

Hozirgi paytda san’atda,

jumladan, folklordagi sinkretlik

deganda, odatda, ibtidoiy mada-

niyatda raqs, musiqa, qo‘shiqning

bir paytda ijro etilganligi tushu-

niladi. «Bunday holat hozirgi

kungacha ma’lum darajada saqla-

nib qolgan bo‘lsa-da, muzika,

raqs va qo‘shiq san’at turlari sifatida

mustaqil hisoblanadi».

1

Ommaviy kommunikatsiya,



ommaviy axborot vositalari, o‘z

nomi bilan muloqot, vosita.  Shu

ma’noda eng qadimda ham, hozir

ham axborotning qanday vosita

orqali yetib kelgani emas, maz-

muni ustuvor ahamiyat kasb

etadi.

Modomiki, ibtidoiy san’at



sinkretizmi istilohi ilmiy iste’molga

singib ketgan ekan, ibtidoiy san’at

deganda, qadimgi naqqoshlik,

rassomlik, kulollik, kashtachilik,

haykaltaroshlik, chizmachilik,

musiqa, qo‘shiq, og‘zaki ijodiyot

va boshqalar tushunilishi ham

ma’lum. Chunki, ibtidoiy san’at

ibtidoiy odamning maishiy hayoti,

mehnat faoliyati, diniy e’tiqodlari

bilan chambarchas bog‘liq  bo‘l-

gan.


To‘g‘ri, qadimda biror tosh

yoki jonivor ham sig‘inish

obyektiga aylangan bo‘lishi mum-

kin. Ammo mifologiyasiz, inson-

ning bevosita unga biror belgi

qoldirishisiz ular axborot vositasi

bo‘lolmagan, ya’ni axborotni

saqlamagan ham, uzatmagan ham.

Biroq unga yozilgan yozuv, chizil-

gan rasm, ular haqidagi rivoyat,

afsonalar jurnalistikaning ham,

folklorshunoslikning ham obyekti

bo‘la oladi. Ibtidoiy madaniyat

axborot vositalari bilan folklor

sinkretizmi borasida so‘zlaganda,

biz ana shu nuqtai nazardan ish

ko‘ramiz.

Matbuotshunos olimlar ibti-

doiy kommunikatsiyalarning umu-

miy sinkretik xarakteri deyish-

ganda, ibtidoiy kommunikatsiya-

ning dastlabki shakllari sifatida:

sehrgarlik, g‘or va qoyalardagi

tasvirlar, buyumlardagi  naqshlar,

bong urish, qo‘ng‘iroq chalish,

olov yoqish, tutun chiqarish,

musiqaviy kommunikatsiya —

qo‘shiq, belgili kommunikatsiya-

lar — aso, uzuk, maxsus

bog‘langan belbog‘, bosh kiyimi,

muhr, buyumli xat, rasmli xat,

qushlar, teri, suyak, yog‘och,

loy, tosh, mato va boshqalarni

nazarda tutadilar. Shuningdek,

qadimgi davr jurnalistikasini

protojurnalistika, eng qadimiy

jurnalistika, ibtidoiy jurnalistika

deb ataydilar. 

2

Protojurnalistika davri va



qadimgi davr folklori bir vaqtning

o‘zida amal qilgan ekan, aytish

mumkinki, ularning sinkretik

xarakteri bizgacha yetib kelgan

folklor namunalarida badiiy —

poetik  detallar, obrazlar sifatida

sezilarli darajada saqlanib qolgan.

Tosh:  toshlar, ularga yozilgan

belgilar, yozuvlar faqat axborot

tashib qolmay, ibtidoiy madaniyat

davri va  qadimgi dunyoda juda

katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Tosh badiiy detali taraqqiyotning

qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’i

nazar, barcha xalqlar folklorida

uchraydi.

O‘zbek folklorida, odatda,

“Uch og‘a-ini botirlar” yoki,

masalan, «Cho‘loq bo‘ri»,

«G‘ulombachcha» ertaklari

qahramonlari uch ayrilma yo‘lga

yetganlarida  «borsa kelar», «borsa

xatar», «borsa kelmas» deb ko‘r-

satma yozilgan toshni ko‘radilar.

3

Qayd etish kerakki, o‘zbek



folklorida uch raqami ham magik

ahamiyatga ega bo‘lib, tarixiy asosiga

ko‘ra, borliqning uch qismdan

(osmon, yer, yer osti) iborat ekan-

ligi haqidagi qadimiy qarashlarni

badiiy ifodalaydi.

4

   Toshga bitilgan



O‘rxun — Yenisey yozuvlari

folklor va qadimiy  axborot vosita-

lari sinkretizmining yorqin namu-

nasidir.


Sandiq: eng qadimgi dunyoda

ko‘zga ko‘ringan har bir narsa,

tinglangan har bir ovoz qandaydir

real yoki mifologik mazmundagi

biror axborot tashigan. Bu qadimgi

turkiy xalqlar uchun ham xosdir.

Bugungi kunda ham ko‘zga ko‘-

ringan barcha narsalar, tinglangan

barcha tovushlar biror-bir axbo-

rotga ega bo‘ladi, faqat biz doim

ham ularga e’tibor bermaymiz.

Masalan, sandiq qadimgi turkiy

xalqlarda farovonlikni bildirgan. 

5

Ikki sandiq ro‘baro‘,



Ro‘y beradi, yor-yor.

Ikki quda tengma-teng,

To‘y beradi, yor-yor.

 6

Haqiqatan ham nikoh to‘y-



lari, odatda, ikki yoshning qovu-

shuvidan tashqari, imkoniyat,

quda tomonlarning farovonligidan

ham xabar beradi. Hech vaqosi

yo‘q to‘y qila olmaydi.

Sirg‘a,  uzuklar:  shakli, rangi-

ga qarab, muhriga qarab, magik

Folklor va axborot vositalarining sinkretligi masalasiga doir

“IKKI  SANDIQ  RO‘BARO‘...”

J


29

himoya vositasi, balog‘at, qovu-

shuv, hokimiyatning universal

ramzi bo‘lgan.

7

  Bunday mohiyat



sirg‘a, uzuk badiiy detallari tilga

olingan folklor namunalarining

siyrat ma’nosida saqlanib qolgan:

Kuyov pochcham qo‘lida

Talpinar qush, yor-yor.

Kelinoyim uzugi

Toza  kumush, yor-yor.

  8


«Kuntug‘mish» dostonida

Xolbeka va Kuntug‘mish tush

ko‘radi: «Ikkovi bir-birovi bilan

o‘ynashib, to‘rasining uzugini

Xolbeka olib qo‘liga soldi.

Xolbekaning uzugini to‘ra olib

qo‘liga soldi».

9

 Ular uyg‘on-



ganlarida uzuklari almashgan

bo‘ladi.


Qushlar:  ibtidoiy madaniyatda

qushlar, ularning rasmlari qaysi-

dir urug‘ totemi, xabarchilar hisob-

langan. Ularning xabarchiligi:

Qarg‘alar uchsa qaraylik

Marg‘ilonning yo‘liga... —

deb boshlanuvchi mashhur xalq

qo‘shig‘ining siyrat ma’nosida

ham sezilib turadi.  Ibtidoiy odam-

ga qaysi qushlarning qayoqqa,

qanday uchayotganlari ma’lum

bir xabarni berganidek, folklorda

ham qush obrazlari hech qachon

behuda keltirilmaydi. Yuqoridagi

yor-yorda ham talpingan qush

baxt xabarchisidir.

Ma’lumki, ibtidoiy san’at

sinkretligini isbotlab bergan

A.N.Veselovskiy qo‘shiqning

ilohiy, sehrli kuchiga ishonch

qadimda juda ko‘p xalqlarga

xosligini aytib, bu motiv qo‘-

shiqning kosmik ta’sirdan hissiy-

ruhiy ta’sirgacha bo‘lgan bosqich-

larini bosib o‘tgan, deydi. U xo‘roz

hamma joyda tong xabarchisi,

xristianlikda esa Xristos ramzi

sifatida talqin qilinishini aytadi.

10

ZBEK


 folklorshunosli-

gida sandiq, tosh, uzuk,

sirg‘a, oynai jahonnoma

kabi detallar, qush obrazlari

maxsus o‘rganilmagan. Ammo

shunday asarlar borki, ularda

birgina doston tarkibida proto-

jurnalistikaning bir necha obyekt-

lari keladi.  Masalan, «Ravshan»

dostonida bayon etilishicha,

ovunib o‘tirsin deb, Yunus pari

nevarasining qo‘liga o‘zining

«xosiyatli hukumat nigin»ini be-

radi: «Ravshanbek qarab o‘qidi...

yer yuzida jami parini bandiga

olgan bandi bor... juda nozik

uzukda suluvning ham oti bor, ham

surati bor». Xullas, Ravshan

uzukdan Zulxumorning ismini

o‘qib, suratini ko‘rib oladi. Shirvon

eldan Chambilga xat olib boradi-

gan mayna qush esa insonday aqlli:

Kelayotir elchi bo‘lib

 Chambilga,

Haqlayman deb Zulxumorning

tuzini. 


11

Mifologiyada urug‘-jamoa,

insonga yaxshilik qilish, halokat-

dan qutqazish, hech bo‘lmaganda

yordam berish ularning totemi

bo‘lgan jonivorlar, parrandalarga-

gina xosdir.

«Farhod va Shirin» ertagida

esa  Farhod oynai jahonnomada

Guliqahqah parini, arg‘imchoq

uchib turgan Shirinni ko‘radi.

12

Bu parchalarni protojurna-



listika va folklorshunoslik nuqtai

nazaridan qiyosiy tahlil qilsak,

shunday xulosalarga kelamiz:

«hukumat nigini» qadimgi

shohlar uzugining badiiy ifodasi,

hokimiyat ramzidir. Chunki, u

«yer yuzida jamiki parini bandiga

olgan».Uzukdagi ism ham tarixiy

asosiga ega. Surat esa piktografik

rasmning folklordagi ko‘rinishi.

Ikkinchi misolimizda uzuk o‘rnini

oynai jahon egallagan. Bizningcha,

har ikkalasining tarixiy asosida

qadimgi g‘orlar, toshlarga chizil-

gan, yozilgan rasmlar (piktogra-

fiya — rasm-yozuv), ismlar turadi.

Ism: uzukdagi va protojurna-

listika obyektlarida uchraydigan

ismlar masalasiga kelsak, ibtidoiy

madaniyat davridan ismlar inso-

niyat tarixi rivoji bilan uzviy

bog‘liq bo‘lgan.

13

  Ibtidoiy inson



uchun tabiatdagi hamma narsa

ajdod yoki qarindosh bo‘lishi

mumkin hisoblangan.

Kishi ismi juda ko‘p axborot-

larni, ma’nolarni: uning totemi,

urug‘i, ajdodlari, jinsi va hokazo-

larni anglatgan. Butun dunyodagi

xalqlar kabi turkiy xalqlar ham

kishi ismida uning taqdiri haqidagi

ma’lumotlar  kodlashganiga  isho-

nishgan.  Kishi ismi uning taqdi-

riga magik (sehrli) ta’sir etadi, deb

bilganlar. 

14

Olti qizning ichida oting Anor,



Bo‘yingga ko‘z tegmasin

olay tumor...

Kishi ismiga magik inonch

izlari hali ham bor. Bolaning

qulog‘iga azon aytib, munosib ism

qo‘yish juda jiddiy ritual va ota-

onaning birinchi burchi hisob-

lanadi.


Suyak: protojurnalistika va

folklor sinkretizmini ko‘rsatuvchi

tipologik  detallardan biri suyakdir.

Ibtidoiy inson suyaklar va ulardagi

belgilardan juda ko‘p axborotlar

olgan. Shuningdek, qadimgi turkiy

xalqlarda suyaklar ham magik-

ritual vazifa bajarib, juda ko‘p

axborotlar tashigan.

15

Fol:  fol o‘zbek folklorshunos-



ligida maxsus o‘rganilgan emas.

Ammo follarning ibtidoiy davr-

lardan butun dunyoda mavjudligini

ko‘pgina olimlar qayd etadilar.

Jumladan, S.A.Tokarev shunday

deb yozadi: «Fol ochish (mantika)

o‘tmishda kishilarning ijtimoiy va

O‘


30

oilaviy hayotida juda katta o‘rin

egallagan.

... fol ochish (ishonchsiz, hatto

yolg‘on bo‘lsa ham) insonning o‘zi

tomonidan sun’iy yaratilgan vazi-

yatdan axborot olish usulidir».

Shundan so‘ng olim jahonda

keng tarqalgan quyidagi fol ochish

yo‘llarini ko‘rsatadi:

Fol turlari: yulduzlar bo‘yicha

—  astrologiya.

Kaftga qarab — xiromantiya.

Qushlarning uchishiga qarab

— ornitomantiya.

Tushlar bo‘yicha — oneyro-

mantiya.

Suvga qarab fol ochish.

16

Tush motivi  va uning talqini



xuddi fol ochish kabi jahon folklori

uchun tipologik,  o‘zbek folklori

uchun tipik hodisadir. Folklor

asarlarida avval tush bayon qilinadi,

so‘ngra ta’bir qilinib, u haqda

axborotlar olinadi.

17

 Mavzumiz



uchun muhimi shundaki, proto-

jurnalistikaning asosiy elementlari:

tosh, suyak, rasm, buyum, qush-

lar, yulduzlar va boshqalar fol

ochish predmetlari bo‘lib keladilar.

Folchi ularga qarab axborot oladi

va axborot beradi.

Xalq og‘zaki poetik ijodi

namunasi — doston, ertakda xos

axborot manbai — uzuk kerakli

odamning qo‘liga yetadi yoki

xabarni yetkazuvchi (ta’bir joiz

bo‘lsa, pochtalon vazifasini

bajaruvchi) mayna (“Ravshan”

dostoni) yoki g‘oz (“Alpomish”

dostoni) bo‘lsin, xabarni kuta-

yotganlarga olib boradi — badiiy

tadrij o‘z mantiqiy yakuniga

erishadi.

Folklorda xabarning qabul

qiluvchisi bir kishi yoki guruh

bo‘lsa, OAV orqali tarqatilgan

xabarning qabul qiluvchisi omma

hisoblanadi. Masalan, “Ravshan”

dostonida uzuk sababli Zulxumor

Ravshanni taniydi va qadrlaydi

hamda mayna orqali yo‘llangan xat

esa egalariga yetadi. (“Zulxumor

uzukni ko‘rsa, olam mamlakatga

bermaydigan xosiyati bor, jamiy

dev, parini bandiga olgan bandi

bor. Har qayerdagi yaxshi, suluv

qizlarning oti bor, bir burchida

o‘zining oti bor ham surati bor”)

(ko‘rsatilgan manba, 459-bet).

Xon Dalli qarasa,

qushning dodi bor,

Ko‘p uzoqdan qistagan

holati bor,

Xon Dalli qo‘liga olib qarasa,

Maynaning bo‘ynida

arza xati bor

(o‘sha joyda, 506-bet).

Xalq folklorning yaratuvchisi,

ayni paytda uning har bir vakili

folklor asarining tinglovchisi,

ijoddoshi va tashuvchisi bo‘lsa,

vaqtli matbuotning obunachisi,

radio eshittirishning tinglovchisi,

teleko‘rsatuvning ko‘ruvchi-eshi-

tuvchisi, internet materiallarining

o‘quvchisi avvalo xaridor-

iste’molchi bo‘lgan ommadir;

obunachi (xaridor-iste’molchi)ni

ko‘paytirish va uni doimiy ham-

fikri, hamkoriga aylantirish uchun

esa OAV vakillari izchillik va

qat’iyat  bilan mehnat qilishlari

joiz.

Ibtidoiy madaniyat davridagi



ommaviy axborot kommuni-

katsiyalari va folklor sinkretizmini

ko‘rsatuvchi bunday qiyoslar,

dalillarni yana keltirish mumkin.

Muhimi shundaki, folklor va

axborot vositalarining ibtidoiy

san’at davridagi sinkretligi hozir

zamonaviy shakllarda davom

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, reproduktiv salomatlikni

saqlash, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish tizimini

takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar oilaning baxtli va

mustahkam bo‘lishiga omil bo‘ladi. Inshoolloh.

BARKAMOL  AVLOD — MAMLAKAT  KELAJAGI

QO‘SHA-QO‘SHA  TO‘YLAR

BUYURSIN  ELIMIZGA



31

 Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyot-



shunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha

izohli lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1979.  – B. 281.

2

 Mo‘minov F. A., va boshqalar. Jahon



jurnalistikasi tarixi. O‘quv qo‘ll. – T.:

O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

nashriyoti, 2006. – B. 24-42, 52-56.

3

 O‘zbek xalq ertaklari. Ikki tomlik.



I tom. – T. : O‘zSSR davlat badiiy adabiyot

nashriyoti, 1963. – B. 538, 545.

4

 Jo‘rayev M. O‘zbek xalq ertaklarida



sehrli raqamlar. – T.: FAN, 1991.

5

 Ëüâîâà Ý.Ë., Îêòÿáðñêàÿ È.Â.,



Ñàãàëàåâ À.Ì. è äð. Òðàäèöèîííûå ìè-

ðîâîççðåíèå òþðêîâ Þæíîé Ñèáèðè.

Ïðîñòðàíñòâî è âðåìÿ. Âíåøíûé ìèð.

– Íîâîñèáèðñê: Íàóêà, 1988. – Ñ.153.

6

 To‘y muborak yor-yor//To‘plovchi:



O. Safarov – T.: «Ma’naviyat», 2000. – B. 60.

7

  Lvova E.L. Ko‘rsatilgan manba. –



S.  173.

8

  To‘y muborak. — B. 57.



9

 Bulbul taronalari. Ergash Juman-

bulbul o‘g‘lining doston va termalari. Besh

tomlik. 1-tom. Oysuluv. Yakka Ahmad.

Kuntug‘mish. – T.: «Fan», 1971.B.176.

10

 Âåñåëîâñêèé À.Í. Èñòîðè÷åñêàÿ



ïîýòèêà. — Ì.: Âûñøàÿ øêîëà, 1989.

— Ñ. 259, 283.

11

 Bulbul taronalari. Ergash Juman-



bulbul o‘g‘lining doston va termalari. Besh

tomlik. 2-tom. Dalli. Ravshan. – T.: «Fan»,

1972. – B. 500—501.

12

 O‘zbek xalq ertaklari. Ikki tomlik.



I tom. – T.: O‘zSSR davlat badiiy adabiyot

nashriyoti, 1963. – B.542.

13

 Ãàôóðîâ À. Èìÿ è èñòîðèÿ. —



Ì.: Íàóêà, 1987. – 221 ñ.

14

 Ëüâîâà Ý.Ë. è äð.Òðàäèöèîííûå



ìèðîâîççðåíèå òþðêîâ Þæíîé Ñèáè-

ðè: ×åëîâåê. Îáùåñòâî. – Íîâîñèáèðñê:

Íàóêà, 1988. Ñ. 14, 168 - 170.

15

  Musaqulov A. Bir maqolning tarixiy



asosiga doir//O‘zbek folklorshunosligi

masalalari. 2- kitob. – T.: 2010. – B. 82-

88.

16

 Òîêàðåâ Ñ. À. Ïðèìåòû è ãàäà-



íèÿ(55-67)// Êàëåíäàðíûå îáû÷àè è îá-

ðÿäû â ñòðàíàõ Çàðóáåæíîé Åâðîïû. Èñ-

òîðè÷åñêèå êîðíû è ðàçâèòèå îáû÷àåâ.

Ì.: Íàóêà, 1983. –Ñ. 63, 66-67.

17

 Eshonqul Jabbor. Epik tafakkur



tadriji. – T.: «Fan», 2006. – B. 54-105.

18 


 Mo‘minov F.A., va boshqalar. Jahon

jurnalistikasi tarixi . O‘quv qo‘ll. – T.:

O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

nashriyoti, 2006. — B. 22.

etmoqda. Bu fikrimizni izohlash

uchun bir masalaga to‘xtalsak.

Ma’lumki, folklor:

1. Qadimgi davr folklori.

2. An’anaviy folklor.

3. Zamonaviy folklor asar-

laridan iborat.

Qadimgi davr folklori proto-

jurnalistika davri bilan juda ko‘p

jihatdan sinkretikdir. Qiyosiy

qulaylik uchun biz jurnalistika

tarixini ham quyidagicha tasnif


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling