Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7

nim  susayganmas».

«Rayim amaki, faqat biznikida

emas, shahardagi bapcha ko‘p

qavatli binolarda ahvol shu-

naqa...», — desam ham, qani

endi, u tushunsa.

«Hoy bola, — dedi u, — agar

gaping rost bo‘lsa, shaharing

shaharga o‘xshamabdi, odamla-

ring ham aynabdi. Axir, suv odam

bolasiga yeb-ichish, dehqonchilik

qilish, bog‘-bo‘stonlar yaratish,

dunyoni yashnatish uchun, yaxshi

a’mollarga sarflash uchun Alloh

tomonidan berilgan buyuk ne’-

matdir. Senlar uni nimalarga sarfla-

yapsanlar? Suvni iflos narsalarga

ishlatish gunohi azim, uvol qilish

esa jinoyatdir! U sutdan tabarruk

narsa. Faqat suvning rangi, ta’mi,

hidi yo‘q. Ona suti go‘dakka —

bashar farzandiga hayot ba-

g‘ishlasa, suv butun borliqqa hayot

ato etadi. Onaning oq suti ham,

suv ham hayotning o‘zidir. Shun-

day ulug‘, barokotli ne’matga —

Suvga «yoziladimi» shaharliklaring.

Odam-podam emas ekan ular!» —

deb  qo‘lini siltadi-yu, uydan

arazlab chiqib ketdi. Uni qaytarib

olib kirolmadik. Noiloj Xatirchiga

kuzatib qo‘ydik.

Shuncha yil o‘tganidan so‘ng

bildimki, Rayim amaki «devona»

emas, bir valiysifat zot, bizni de-

vona desa bo‘larkan...», — deb

G‘aybulla domla hikoyasini nihoya-

siga yetkazgan edi.

Haqiqatan ham, ota-bobolari-

mizning suvga hurmati yuksak,

e’tiqodlari mustahkam edi. Rayim

amakining soddaligi va samimiya-

tini  tushunish qiyin emas. Lekin

uning  suvni o‘zicha ilohiylash-

tirishini ham ayblab bo‘lmaydi.

Aksincha, ma’lum bir ma’noda

undan va unga o‘xshash uvol-

savobni qat’iy farqlaydiganlardan

o‘rnak olmoq kerak. Shukrlar

bo‘lgayki, «suvparastlik» hissiyoti

bilan yashaydigan odamlar ko‘p.

Shuning uchun «jo‘mrakni bura!»

«suvni to‘xtat!», «hoy, suvni isrof

qilma!» degan tanbeh va talablar

tez-tez eshtilib turadi. Jumladan,

choyxona va oshxonalarda ham.

Kunlardan bir kun bir piyola

choy bahonasida gurunglashgani

bolalikdan birga o‘sgan do‘stim

Farhodjonning qahvaxonasiga

kirdim. U esa oshpazlariga: «Hoy,

baraka topgurlar, jo‘mraklarni

bekitib yuringlar, suv behuda oqib

yotmasin», — deb gapirayotgan

ekan. Ko‘rishdik. U endi menga

yuzlanib, so‘zini davom ettirdi:

«Og‘ayni, oshpazlar masalliqni

ortiqcha sarf qilishsa, mayli

deyman — indamayman. Chunki,

bozordan xarid qilib, o‘rnini

qoplash mumkin. Ammo suv

isrofgarchiligiga hech toqat qilol-

mayman. Shu uchun suvga doimo

o‘zim «ko‘z-quloq» bo‘lib tura-

man. Va shundan qandaydir qanoat

va rohat ham topaman. Suv «nazo-

O‘


19

ratchiligi» menga otamdan o‘tgan

bo‘lsa kerak. U kishi suvni tejash

va qadrlashda ko‘pchilikka namuna

bo‘lganliklarini odamlar hali-

hamon eslashadi...

Rahmatli otam bizga suvni

isrof qilmaslik, uni e’zozlash,

qadrini baland tutish kerakligini

qayta-qayta uqtirar edilar. Ular-

ning «mehribonim», «onajonim»

deb suvni qadrlab erkalashlarini

ko‘p eshitganman. Suv haqidagi

xayrli o‘gitlar endi qolib ketyapti.

Otam uchastka militsioneri edilar.

Ular mahalla xonadonlariga xizmat

yuzasidan kirib qolsalar, oqib yot-

gan suv o‘tkazgich jo‘mraklarini

erinmay borib o‘zlari yopib qo‘yar,

nosozlarini ta’mirlab qo‘yishla-

rini xonadon sohiblariga ta’kidlar

edilar.


Ba’zi mahalladoshlar, «Mir-

hoshim aka, siz uchastka militsi-

oneri yoki suv nazoratchisimi-

siz?», — deb hazillashsalar, otam

ularga, «Yo‘q, azizlar, suvni bar-

chamiz nazorat qilishimiz, teja-

shimiz, bekordan-bekorga sarf

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz

kerak.  Vaqti kelib, suv tanqisligi

butun dunyoning birinchi o‘rindagi

muammosiga aylanishi haqiqat. Ana

o‘shanda suv nazorati militsiyasi

ham tashkil etiladi», — deb qayta-

qayta gapirganlarini ko‘p eshit-

ganman.

Mana, bugungi kunlarga kelib,



yer kurrasida chuchuk suv tanqis-

ligi xavfi paydo bo‘ldi. Eshitishim-

cha, ba’zi davlatlarda, jumladan,

Fransiya va Xitoy Xalq Respublika-

sida suv nazorati politsiyasi tashkil

etilgan ekan. Oshpazlarim esa suv

tanqisligini «tezlashtirish» uchun

harakat qilishayapti shekilli», —

deb Farhodjon gapini tugatib,

biroz hovridan tushdi...

Farhodjon kabi suvga e’tiqod

qiluvchi, uning qadrini baland

tutuvchi vatanparvar insonlar

bor ekan, O‘zbekiston suvlari xor

bo‘lmay, kamaymay, sifatli holda

kelgusi avlodlarimizga yetib borishi

haqiqat.

«Bodomzor» — Toshkent

shahri markazidagi mashhur ma-

hallalardan biri. Bo‘zsuv-Anhor

bu mahallaning shimoliy-sharqiy

chegarasini yoqalab oqib o‘tadi.

Bizning bolaligimiz ham shu

mahallada, shu Bo‘zsuv qirg‘oq-

larida kechgan. Kunlar isib ketishi

bilan biz, tengqurlar suvdan

chiqmay cho‘milib, kunni kech

qilardik. Ba’zan suv yuzida oqib

kelayotgan axlat va chiqindilarni

Shuhratjon degan do‘stimiz ko‘rib

qolsa, kayfiyati tushib, «Eh, yana

kimdir axlat tashlabdi... Bu nima

degan gap, axlat tashlashga Bo‘z-

suvdan boshqa joy yo‘qmi?

Mahalla raisi qayoqqa qaraydi?

Suvni ifloslantirayotgan kimsa-

larni topib ta’zirini berishsa, jarima

to‘lattirsa bo‘lmaydimi», — derdi.

Biz unga, «Shuhratjon, ko‘pam

kuyunaverma, vaqti kelib, mahalla

raisligiga o‘zingni saylaymiz. Ana

o‘shanda Bo‘zsuvni ko‘z qorachi-

g‘iday asraysan», — deb hazilla-

shardik.


«Vaqt — otilgan o‘q» deganlari

rost ekan. Bolalik ham oqar suvdek

oqib, o‘tdi-ketdi. Taqdirni qarang-

ki, bolalikda Bo‘zsuv bo‘yida

hazillashib aytgan so‘zlarimizga

«farishta omin» degan ekanmi,

haqiqatan ham Shuhratjon «Bo-

domzor» mahallasiga rais bo‘ldi. U

raislik faoliyatini dastlab, Bo‘zsuv

qirg‘oqlarini axlatlardan, maishiy

va qurilish chiqindilaridan toza-

lashdan boshladi.

Shuhratjon mahalla yoshlarini

yig‘ib, ularga suv — ulug‘, bebaho

ne’mat ekanligini ta’kidlab, shun-

day so‘zlarni aytgan: «O‘zbekisto-

nimiz ozodlikka erishdi. Mustaqillik

sharofati bilan mamlakatimizdagi

ulkan daryolardan tortib, jajji

jilg‘alargacha o‘zimizniki bo‘ldi.

Bo‘zsuv ham endi bizniki. Ularni

avaylab asramoq, ozoda tutmoq,

tejamoq biz uchun ham qarz, ham

farz.  Mutaxassislar  suv tanqisligi

ro‘y berishini aytishayabdi. Suvni

pokiza saqlash, avaylab-asrash

kerak. Agar biz suvning behuda

sarflanishining oldini olsak, mam-

lakatimizni, xalqimizni — o‘zi-

mizni asragan bo‘lamiz, dunyoni

asragan bo‘lamiz».

Rais amaliyotchi bo‘lgani bois

mahalla yoshlari orasidan abjir

yigitlarni tanlab, «suv posbonlari»

guruhini tashkil etdi. Ularga o‘zi

boshchilik qilib, Bo‘zsuvning

«Ming o‘rik», «Bodomzor» va

«Xiyobon tepa» kabi qator ma-

hallalari bilan tutash qirg‘oqlarini

chiqindilardan tozalashga kirishdi.

Shuhratjonning bu ishini ko‘rib

ba’-zilar, «Rais nima qilmoqchi?»,

— deb taajjublanishdi. Birovlar,

«Raisning anhor va suvdan o‘zga

tashvishi yo‘qmi?», — deb

piching qilib ham yurishdi. Bu

gaplarga u parvo qilmadi. Xayrli

harakat davom etdi.

Boshqasini qo‘yaturaylik,

anhorning birgina 4-sonli «Bolalar

sanatoriyasi»ga tutash joyining

o‘zidan 25 mashina axlat va turli-

tuman chiqindilar yig‘ishtirib olib

tashlandi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon

urushidan so‘ng Bo‘zsuvning ikki

qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan

aholining oqiziqlari to‘xtatildi,

«Suv — muqaddas ne’mat», «Suv-

ni  asrang», «Suvni uvol qilmang»,

«Suvni ifloslantirmang» degan

yozuv taxtalari choyxonalarning

ko‘zga tashlanadigan joylariga ilib

qo‘yildi. Qisqasi, suv bo‘yidagi

choyxonalar ham tartibga tushib

qoldi. «Suv posbonlari» motorli

qayiq yordamida navbatma-navbat

Bo‘zsuv qirg‘oqlarining tozaligini

nazorat qilib borishdi. Tez kunlarda

Bo‘zsuvning ikki qirg‘og‘i toza-

lanib, buldozer yordamida tekis-

lanib, ko‘zni quvontiradigan holga

keltirildi. Xullas, Bo‘zsuv muho-

fazasi amalga oshirilib, xayrli

tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Lekin Shuhratjonning o‘rniga


20

TOSHNI SIQQAN BILAN

SUV CHIQMAS

SLAYOTGANIMDEK

,

suhbatdoshim ko‘nglidagi



gaplarni so‘zlay boshladi:

«Dono xalqimiz «Suvning qadri

gavhardan baland», — deb bekorga

aytmagan. Kon qidiruvchi geolog-

muhandislar astoydil izlansalar,

yangidan-yangi oltin, kumush,

mis, ko‘mir... kabi ma’dan zaxira-

larini topishlari mumkin. Chorva-

dorlarimiz sidqidildan harakat

qilishsa, go‘sht-yog‘, sut serob

bo‘ladi. Paxta, bug‘doy hosili

ortsa, kiyim-kechak ham, rizq-

E

yangi rais kelganidan so‘ng



nihoyatda foydali bo‘lgan bu ezgu

harakat-tashabbus butunlay

to‘xtab qoldi. Qani, endi,  barcha

mahalla raislari ham «suv posbon-

lari» dastalarini tashkil qilib, suv-

ning uvol bo‘lishi, ifloslanishiga

qarshi kurashsalar, xalqimizning

suvga bo‘lgan azaliy e’tiqodini qayta

jonlantirib, ona-Vatanimizning

yanada gullab-yashnashiga o‘zla-

rining xolis hissalarini qo‘shgan

bo‘lar edilar.

O‘tgan asrning II choragidan

Toshkentning asosiy qon tomiri

sanalgan Anhorning ikki qirg‘og‘i

bo‘ylab pala-partish, rejasiz ra-

vishda pastqam uylar qurila

boshlangan edi. Bunday o‘z-

boshimchaliklar hozirda ham

davom etib, ruxsatsiz yoki ba’zi

korchalonlarning «ruxsati» bilan

dang‘illama shaxsiy imoratlar,

restoran, qahvaxona va choyxona

va hokazolar qurilayapti. Ba’zan

Anhorning sohili bir yonda qolib,

suvining qoq o‘rtasini ham egallab

olishmoqda. Agar Toshkent Davlat

agrar universitetining yonidan

Yunusobod dahasi tomon yo‘nal-

gan halqa yo‘lni kesib o‘tgan

Anhor kanali ustiga qurilgan

ko‘prikning ikki tomoniga nazar

tashlasangiz, bunday bosh-bosh-

doqliklarga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Suv ham, anhor yo ariq ham

barchamizniki — O‘zbekistonniki.

Ularning u yoki bu kimsaning nafsi

va manfaati uchun xizmat ettiri-

lishiga erk berilmaydi, albatta.

Qanday qilib bo‘lsa ham barchamiz

hamjihatlikda bunday salbiy hodi-

salarga qarshi kurash olib bormo-

g‘imiz lozim. Chunki, hozirgi va

kelgusi hayotimiz — kundalik

turmushimiz, sog‘-salomatligimiz

suvlarimizning toza va sifatli bo‘-

lishiga bog‘liq.

Anhorning ikki qirg‘ogi kamida

25-30 metr kenglikda «xoli bo‘-

lishi» kerak — bu fikrlar barcha

katta kanallarimizga ham taalluqli-

dir. Mabodo, Anhorning qirg‘oq-

lari ta’mirlanishi, ichi tozalanishi

zarur bo‘lib qolsa yoki biror

favqulodda hodisa yuz bergudek

bo‘lsa (qirg‘oq o‘pirilib tushishi,

suv toshib ketishi, suvga biror

narsa tushib ketishi va hokazolar

kabi), O‘zbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-

ning, O‘zbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining

avtoulovlari, turli irrigatsiya mexa-

nizmlari o‘sha joyga qanday olib

kiriladi? Hali ham kech emas.

Bunday o‘zboshimchaliklarning

oldi olinishi kerak. Bo‘lmasa, «suv

ishqibozlari» Anhor kanalining

har ikki sohilini butunlay egallab

olishlari hech ran emas. Bu esa

suvning turli-tuman maishiy va

sanoat chiqindilari, oqovalar bilan

yanada ko‘proq ifloslanishiga,

zaharlanishiga olib kelishi aniq.

Shuning uchun ham ogoh

holda, barchamiz bir yoqadan

bosh chiqarib, eng avvalo, suv-

ning behudaga sarflanmasligi,

tejalishi uchun tinmay harakat

qilishimiz kerak. Ammo bunda

umumiy fikr yoki mulohaza

ko‘zlangan natijani bermaydi.

Demak,  amaliyotchilarni, ya’ni

suv dardi va zavqi bilan yasha-

yotgan odamlarni topish, ularni

ko‘pchilikka tanitish lozim. Mening

nazarimda, Qibray tumanida isti-

qomot qilayotgan huquqshunos

Muhiddin aka Holmonov shun-

day kishilardan biri. Muhiddin aka

bilan bot-bot uchrashib, gurung-

lashib turamiz. Bir kun undan,

«Dala hovlingizga borib turib-

sizmi?» — deb so‘radim. U miyi-

g‘ida kulib, «Faqat kam bora-

man», — dedi. «Nega?» Muhid-

din aka endi batafsil gapira ketdi...

ro‘zimiz — non ham oshib toshi-

shi, «Neksiya», «Tiko», «Damas»,

«Lasetti» kabi O‘zbekiston avto-

mobillari, rangli televizorlar,

videomagnitofon kabilarni istal-

gancha ishlab chiqarish mumkin.

Qo‘yingki, xohish bo‘lsa, barcha

narsani ko‘paytirsa bo‘ladi. Hech

iloji topilmay qolsa, ularni xorij-

dan xarid qilib keltirish mumkin.

Ammo suvni-chi? Chetdan kelti-

rish mushkul. «Qo‘ldan berganga

qush ham to‘ymaydi» deganlari-

dek, suvni turli-tuman yelim

idishlarda chetdan keltirish bilan

hech qachon suv tanqisligi

muammosi hal bo‘lib qolmaydi.

«Toshni siqqan bilan suv chiq-

mas» maqoli ming yillardan beri

takrorlanadi. Yana shuncha vaqt

qaytarilsa ham o‘z kuchida qola-

veradi. Ming bor harakat qilaylik,

kuyib-yonib, kanal va ariqlar

tortaylik, yer qa’rini tilib, yuzlab

artezian quduqlari kovlaylik,

Alloh bizga ato etgan suv miqdo-

rini aslo ko‘paytira olmaymiz.

Ochig‘i, Xoliqi olam bizdan him-

matini ayamagan. Bor suvimizga

shukur qilmog‘imiz, tejab, avay-

lab, undan oqilona foydalanmo-

g‘imiz darkor. Ba’zi mamlakatlarda,

xususan, arab mamlakatlari va



21

Bu yurtlarga taqdir taqozosi

bilan kelib qolganligimizni nabi-

ram bilmaydi. Ona-Vatan —

O‘zbekistondan chiqib ketgani-

mizga... eh-he, necha yillar bo‘ldi.

Lekin ko‘p narsalar hamon xoti-

ramda qolgan. Yoshim to‘qsondan

oshayotir. Biz bu mamlakatda

yemakdan, kiymakdan emas,

balki ichimlik suvi tanqisligidan

juda-juda qiynalganmiz. Suvsizlik,

qurg‘oqchilik balosi hamon Afrika

qit’asida ham, arab mamlakatlarida

ham ko‘lanka tashlab turibdi.

Bilasizmi, mehmon, birovga

aytsam kuladi: shu mamlakatda

necha yil yashagan bo‘lsam, faqat

Farg‘onani tush ko‘raman. Shohi-

mardonning Oq suvi, Ko‘k suvi,

cho‘milishlarimiz... Tush ko‘rgan

kunimning ertasi ko‘nglim yorug‘,

kayfiyatim ko‘tarinki, ruhim tetik

bo‘ladi... Kuni bilan o‘zimni ona-

yurtimda yurgandek his etaman...

O‘zbekistonga borib kelgan

qardoshlarimizning gaplariga

qaraganda, sizlarda, suv hali ham

bisyor. To‘g‘rimi, mehmon?» —

deb so‘raydi ota.

Men esa xayolan: «Ha, bizda

ham suv tanqisligi yo‘q emas, bor.

Kundalik turmushda ishlatiladigan

suvlar temir quvurlar orqali

shahar va qishloq xonadonlariga

tortilgan. Oqar suvlardan asosan

dehqonchilikda foydalanamiz», —

deyman; Abduxoliq ota yana

menga yuzlanib, «Sizlardagidek

suvga to‘kinlik hamma mamlakat-

larga ham nasib etmagan. Katta

bobomlar: «O‘zbekiston Allohning

nazari tushgan ajoyib o‘lka,

Farg‘ona vodiysi esa, qadim

kitoblarda ta’riflangan jannatning

o‘zi. Uning tuprog‘iga tayoq suqib

qo‘ysang, ko‘karib, meva beradi.

Suvining, tuprog‘ining ajib bir

xislati bor. Tuprog‘ini kaftingga olib

silasang, naqd sariq oltinning

o‘zginasi,  uning bo‘yini aytmay-

sanmi, undan bodom gulining

bo‘yi keladi, suvlarining tomchisi

bo‘lsa, bamisoli gavhar. Uning

suvichalik shirin suv dunyoda

yo‘q, bolam», — deb takror-

takror gapirib yurardilar. Bu

o‘lkalarda esa nihol o‘stirib hosil

olish ming bir mashaqqat. Deh-

qonchilik uchun umid faqat

osmondan. Yog‘in yo bo‘ladi yoki

bo‘lmaydi...

Barcha narsaning indallosi

suvdir. Suv — hayotning o‘zagi,

negizi. Suv hayotning vositasi

emas, balki hayotning o‘zidir. Suv

hayotning «bismillosi»dir. Boylik

bo‘lganda ham eng katta ulug‘ boy-

likdir. Bu yerda, Saudiya Arabisto-

nida, xalq xo‘jaligida zarur bo‘lgan

narsalar asosan o‘zga mamlakat-

lardan keltiriladi, jumladan, suv

ham. Mehmon, sizlarga hamma-

miz — o‘zbek muhojirlarining

juda-juda havaslari keladi. O‘z

vataningizda yashayapsiz, bag‘-

ringiz butun, ko‘nglingiz to‘q,

musofirlik, g‘ariblik nimaligini

bilmaysiz. Ilohim, bilmangizlar

ham. Bizning qalbimiz kemtik.

Uning bir bo‘lagi ona-yurtda —

O‘zbekistonda qolgan», — deb

ota ko‘z yoshlarini arta boshladi.

Haqiqatan ham, Abduxoliq

ota aytganlaridek, Saudiya

Arabistonida va unga chegaradosh

qo‘shni arab davlatlarida suv

tanqisligi har kuni, har soatda

sezilib turadi. Bu mamlakatning

barcha shaharlarida qo‘shaloq

sisternalik katta yuk mashinalari

kecha-yu kunduz suv tashiydi.

Tinim bilmay ular mehmonxona-

larga, xonadonlarga, davlat va

xususiy korxonalarga — barcha,

barcha joylarga suv yetkazib beradi.

Lekin ular bepul emas, riyollarga

— pulga sotiladi. O‘sha suv tashuv-

chi mashinalar karvoni bir zum

to‘xtab qolgudek bo‘lsa, mamla-

katda hayot ham taqqa to‘xtaydi.

Abduxoliq ota ta’kidlaganidek,

biz jannatda yashayotgan bo‘lsak

ham, suvlarimizning qadriga

yetaylik, avaylab-asraylik, tejaylik

va uvol qilmaylik. Suvga bo‘lgan

talab, ehtiyoj dunyo bo‘yicha ortib

bormoqda. Aholi ko‘paymoqda...

Yangi yerlar o‘zlashtirilmoqda.

Afrika qit’asida suv nihoyatda

taqchil.

Hech esimdan chiqmaydi,

1994-yilda Saudiya Arabistonida

— haj safarida bo‘lganimizda,

sobiq  sho‘rolar tuzumidan aziyat

chekib, bu mamlakatlarga kelib

boshpana topgan o‘zbek muhojir-

laridan biri — asli farg‘onalik

Abduxoliq ota bizni Madinai

munavvaradagi xonadoniga taklif

qildi. Suhbat orasida xonadon

sohibi Farg‘ona vodiysining so‘lim

go‘shalari, ko‘m-ko‘k qir-adirlari,

bog‘-rog‘lari, poyonsiz paxta

maydonlari, Shohimardonning

Oqsuv va Ko‘ksuvlarini, «Marg‘i-

lon soy»ini, mashhur «Ko‘li

Qubbon»ni,  albatta, Sirdaryoni

ham xotirladi. Ularning video-

tasmaga tushirilgan tasvirlarini

ko‘zda yosh bilan qayta-qayta

ko‘rishini aytdi va nabirasi aytgan

mana bu so‘zlarni ham izhor ayla-

di: «Kenja nabiram televizorga tikil-

ganicha, «Bobojon, O‘zbekiston-

da shunaqa oqar suvlar borligi

rostmi? Ariqlar, soylar, hovuzlar,

ko‘llar shunchalik ko‘p-mi? Chin-

dan ham bolalar o‘mbaloq oshib

o‘sha suvlarda maza qilib cho‘mi-

lishadimi? Farg‘onaning barcha

ko‘chalaridagi ariqlarda suvlar to‘x-

tamay oqadimi?», — deb so‘rash-

lari dilimni o‘rtaydi. — «Rost, bo‘-

tam, rost», deyman-u mijjalarim-

ga sizib chiqqan yosh tomchilarini

undan yashiraman. Nabiram  so‘ray-

di. «Bobojon, o‘sha soylarda me-

ning ham cho‘milgim, ko‘k maysa-

lar ustida yumalab, osmonlarga

qarab yotgim kelayapti. O‘zbek-

istonga juda-juda ham borgim bor.

Shunday go‘zal joyni qanday tash-

lab  kelgansiz? Qanday ko‘zingiz

qiygan? Bu yerlarga kelmaganingiz-

da yaxshi bo‘lardi. Dadam ham, biz

ham O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lar-

dik. Bu yerda shahardan tashqariga

chiqib qayoqqa boqmang, tosh uyum-

lari, qumtepalar ko‘rinadi. Issiq.

Men bir kunmas bir kun, albatta,

O‘zbekistonga qochib ketib qola-

man», — deydi nabiram tushmagur.


22

Suv bilan bog‘liq bo‘lgan texnika

taraqqiy etmoqda. 50 yil ichida

birgina O‘zbekistonning o‘zida

qanchadan-qancha, qo‘riq va bo‘z

yerlar o‘zlashtirildi. Qishloq va suv

xo‘jaligi mutaxassislarining bergan

ma’lumotlariga qaraganda, sug‘o-

riladigan yerlar hajmi kengaydi.

TOMA-TOMA  KO‘L  BO‘LUR

IZ

 hamma vaqt, hamma



joyda: «Nonni uvol qil-

mang!», «Non — aziz»,

«Nonning  ushog‘i ham non»,

deymiz. To‘y, ma’raka va yig‘in-

larda, hatto o‘z xonadonimizda,

dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda

ham keragidan ko‘proq non

ushatilsa, «Qo‘ying, ortiqcha

sindirmang, uvol qilmang», —

deyiladi.

Ammo suvni bemalol isrof

qilish, foydasiz oqizib qo‘yish

mumkinmi? Jumraklardan to‘xta-

may suv oqib yotsa ham ko‘p-

chiligimiz: «Hoy, suvni bekordan-

bekorga sarflamang. Uvol qilmang,

jo‘mrakni yopib qo‘ying», — deb

aytishni o‘zimizga ep ko‘rmaymiz.

Vaholanki, ana shu suv bo‘lmasa,

bug‘doy yetilmaydi. Non bo‘l-

maydi, hayot izdan chiqadi.

Tejamkorlikni suvdan, suv qatra-

sidan boshlamoq kerak. Agar siz

suvning uvoli borligini qalban his

etsangiz, bilsangiz — uni e’zoz-

lang. Qadrini non kabi baland

tuting, tejang, tozaligini, sifatini

saqlang. Ana o‘shanda siz ulug‘

savobga yetishasiz. Savobga sho-

shiling... «Qatra-qatra yig‘ilib daryo

bo‘lur», yoki «Toma-toma ko‘l

bo‘lur» deb ona xalqimiz bejiz

aytmagan. Nonning ushog‘i ham

non bo‘lganidek, suvning tom-

chisi ham suvdir. «Suv oqsa nima

qilibdi. Tugab qolmaydi. Tog‘lardagi

qor va muzliklar erib, suvga

aylanib, yana oqib kelaveradi.

Suvning boshi-oxiri yo‘q. Suv

bitmas-tuganmasdir», — degan

noto‘g‘ri tushunchalar miyamizda

o‘rnashib qolgan. Chuchvarani

xom sanamaylik. «Yotib yeganga

tog‘ ham chidamas», deganlari-

dek, suvni bo‘lar-bo‘lmasga sarflay

bersak, oxiri nima bo‘ladi? Ish

nima bilan tugaydi? O‘ylasang,

vahima bosadi kishini. Inson

turmushining to‘kinligi ham, hayot-

ning jozibasi ham, dunyoning

yashnashi ham mana shu suv

tufayli emasmi?

Gohida suvning uvolini o‘ylab

qolaman. Chunki biz uni juda isrof

qilayotirmiz. AQSH, Kanada,

Fransiya, Germaniya, Niderlan-

diya, Isroil kabi taraqqiy topgan

davlatlarda suv nihoyatda qadr-

lanadi. Bu mamlakatlarda yashovchi

millatlar suvdan foydalanish va


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling