Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7

paydo bo‘lishi haqida  shunday

yozgan edi:

Agar ja’m o‘lsa uchqun

bir makonga,

Bo‘lur, albatta, otashgoh paydo.

Va gar har soridin

yig‘nolsa qatra

Bo‘lur tadrij ila to‘fon huvaydo.

TOZA  SUV—

SOG‘LOM  AVLOD  DEMAKDIR

TGAN

 asrning 90-yilla-



ridayoq muhtaram Prezi-

dentimiz Islom Abdu-

g‘aniyevich Karimov Markaziy

Osiyo mintaqasida suv zaxiralari-

ning tashqi muhit ta’sirida  tobora

ifloslanib, sifati pasayib borayot-

ganligidan tashvishlanib shunday

yozgan edilar:

«Suv zaxiralarining sifati eng

muhim muammolardan biridir.

60-yillardan boshlab Markaziy

Osiyoda yangi yerlar keng ko‘-

lamda o‘zlashtirildi. Sanoat, chor-

vachilik komplekslari ekstensiv

rivojlantirildi. Urbanizatsiya ku-

chaydi. Kollektor — zovur tizim-

lari qurildi hamda daryo suvlari

sug‘orish uchun muttasil yuqori

hajmlarda olindi. Shu bois havza-

lardagi suvning sifati tobora

yomonlasha bordi». (Yuqorida

ko‘rsatilgan kitob, 123-bet).

Mustaqilligimizgacha «Suvni

tejab sarflash, uvol qilmaslik,

tozaligini saqlash kerak» degan

gaplarga uncha ahamiyat bermay

qo‘yilgan edi. Ayniqsa shaharlarda

oqar suvlarning qadri qolmagan,

pasaygan edi. To‘g‘risini aytganda,

suv isrofgarchiligiga ham loqayd

bo‘lib qolgan edik.

Oqar suvlarimizga tashlana-

yotgan chiqindi va axlatlar ichida

nimalar yo‘q deysiz... Odam bola-

sining suvga bo‘lgan tuban muno-

sabatlarini — qilmishlarini ko‘r-

ganda, sharqning mashhur masali

yodga tushadi beihtiyor.

...Toshbaqa chayonni ustiga

mingashtirib daryodan sog‘-omon

olib o‘tmoqchi bo‘ladi. Chayon esa

unga nish sanchish payiga tushadi.

Yaxshilikka — yomonlik... Suv

ham toshbaqa misoli insonning

hayotini saqlab qolishga intiladi.

Chanqog‘ini qondiradi, yashashga

umid uyg‘otadi. Ko‘zi quvonsin,

dili yayrasin, mehri qonsin uchun

turfa xil anvoyi gullar bilan jahon-

ni  ziynatlaydi, yeb-ichib to‘ysin,

bahra olsin, — deb bug‘doyni,

poliz ekinlarini, mevalarni, kiyi-

nib o‘ziga oro bersin, issiq va sovuq-

dan saqlansin uchun paxtani,

xullas, tiriklik — hayot davom

etishi uchun nimaiki zarur bo‘lsa

undiradi — o‘stiradi, barchasini

muhayyo qiladi.

Ammo ba’zi bir odam bolalari

esa «suvning yelkasi»ga chayon

misol minib olib, unga «nish uradi».

Lekin bashar farzandining avval-

lari bunday odatlari yo‘q edi-ku,

qayoqdan paydo bo‘lib qoldi ular?

Ajabo, ehtimol, suvga bo‘lgan aza-

liy e’tiqodimiz so‘nayotganli-

gidan, hurmat va ehtirom yo‘qolib

borayotganligidan bo‘lsa kerak.

Aqlimizni yig‘ib olaylik, axir,

suvga bo‘lgan e’tiqod va hurmat

onaga e’tiqod va hurmat, kindik

qonimiz to‘kilgan shu muqaddas

Vatanga e’tiqoddir, hurmatdir.

Ba’zi kimsalarning suvni uvol

qilishi, turli maishiy, kimyoviy

chiqindilar, axlatlar, oqavalar bilan

bulg‘ashi, zaharlashi chayonning

qabih qilmishidan ortiq bo‘lsa

ortiqdir, aslo kam emas.

Ba’zi bir odamlarning o‘zlari

bilib-bilmay qilgan xatolari, xatti-

harakatlari uchun, «birniki ming-

ga, mingniki tumanga» deganlari-

dek, bir kunmas-bir kun sog‘li-

g‘imiz, umrimiz hisobiga bizdan

«tovon» olishi mumkindir.

Suv  tashqarida ham, ichkarida

ham yomonlikni ko‘tarmaydi,

badniyatlikni qo‘llamaydi. Chayon-

ning shum niyatiga erisholmagani

shundan. Zero, suv xolis harakat,

toza niyat, go‘zal orzu-umidlarni

qo‘llaydi. Shuning uchun bog‘-u

bo‘ston, gulzor-u chamanzorlarni

suvdan ayrim holda tasavvur qilib

bo‘lmaydi. Shularni o‘ylaganda,

suvning qadr-qiymati yanada

ortadi. Suvning har qatrasi dur va

hayot gavharidirki, bu bebaho

boylikni e’zozlash o‘ziga xos

madaniyat va donolikni talab qiladi.

«Sog‘lik — tuman boylik» ekanini

ko‘pchilik biladi. Biladi-yu, ammo

hamma ham suvni ifloslantirish

ixtiyoriy ravishda turli-tuman

xastaliklarga yo‘l berish ekanini

chuqur mushohada qilolmaydi.

Oqibatda hech kutilmagan tarzda

birov u, birov bu kasallikka yo‘li-

qadi. Holbuki, bularning bari suv

tufayli emas, suvni bulg‘agan,

nodonlik, gumrohlik ila unga jabr

O‘

Darhaqiqat, Orol dengizining



taqdiri, Ogahiy aytganidek, “har

soridin yig‘nolgan qatralar»ga

bog‘liq.  Agar ta’bir joiz bo‘lib,

O‘zbekiston jannatga qiyos qilinsa,

Orol dengizi uning «Havzi Kav-

sar»idir. Uning tirik qolishiga,

yashab ketishiga, hech bo‘lmasa,

hozirgi  holatini saqlab qolishga

barchamiz mas’ulmiz, javobgarmiz.


12

o‘tkazgan  kimsalarning kasofati-

dan sodir bo‘ladi.

Xullas, suvning ifloslanishi,

sifatining pasayishi, buzilishi

natijasida  turli kasalliklar kelib

chiqishini hozirda tibbiy tashxislar

ham tasdiqlab turibdi. Suvni avay-

lab asramas, sifatini saqlamas,

tejamas ekanmiz, u bizdan sog‘-

ligimiz hisobidan «tovon» olishni

yanada oshira boradi. Oxir-oqibat

suv g‘olib keladi. Biz turli kasal-

liklarga chalina berib mag‘lub

bo‘lamiz. Bundan Allohning o‘zi

asrasin.


Suv dunyoning yaralishiga asos

bo‘lgan chor unsur — to‘rt qud-

ratli unsurdan biri. Biroq eng

asosiysi — olov bilan suvning

oldini to‘sish mumkin emas, suv

esa har qanday alangani o‘chirishga

qodir.

Suvning tuproq madadiga



muhtojligi yo‘q. Yer va tuproq taq-

diri haqida o‘ylaganda, hech shub-

hasizki, birinchi galda xayolga

keladigani — suv. Shu ma’noda suv

— harakat, umumiy faoliyat,

ulkan-ulkan yutuqlar sarchash-

masi hamdir.

«Nonni uvol qilma!», «Non-

ning uvoli tutadi», degan gaplarni

har kuni eshitamiz. Suvning uvoli

yo‘qmi? Nega hamma ham «Suvni

uvol qilma!» deb aytavermaydi?

Chunki, aksariyat odamlarning

nazarida suv tekin — daryo,

anhor, ariqlardan sharqirab oqib

kelaveradi. Undan istalgan tarzda

foydalanish mumkin. Vaholanki,

xuddi nonga, olovga o‘xshab suvni

ham tejash, asrab-avaylash zarur.

Axir, daryo suvlari turli-tuman

chiqindi, kimyoviy, maishiy oqova-

lar bilan bulg‘ansa, ulardan tortil-

gan kanal va ariqlarning suvlari

ham toza bo‘lmaydi. Xalq maqolida

to‘g‘ri ta’kidlangan:

Daryo chuchuk —

ariq chuchuk,

Daryo achchiq —

ariq achchiq.

Ba’zan oqar suvlarga axlat

tashlayotgan, oqova oqizayotgan

qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘ramiz, ammo

«Hoy, bunday qilmang, Xudo-

ning qahri keladi», — deb ayt-

maymiz. Katta-kichik ariqlarning

bo‘yida avtoulovlarini yuvayotgan

yoki yosh bolalarga — hozir ular

juda ko‘paygan — yuvdirayotgan

olifta va «silliq xo‘ja»larga ham

befarqmiz. Nima uchun ariqdan

olingan toza suv ifloslantirilib,

unga qaytarilishi kerak?

Shaxsiy do‘konlari oldiga suv

sepib, o‘zicha ko‘chani salqinlata-

yotgan «mehribonlar»ni ko‘rgani-

mizda ham loqayd o‘tib keta

beramiz. Aytaylik, suvni uvol qilib

behudaga sarflayotgan o‘sha

do‘kondorning insofi bo‘lmasa,

bizning insof, iymonimiz bor-ku!

Unda nechun, «Do‘stim, suvni

isrof qilmang», — deb qat’iy

aytolmaymiz? Ba’zan jur’at yetish-

maydi. Goho umumiy ko‘nikma

bir nima deyishga izn bermaydi.

Ko‘pincha yuzxotirchilik va andisha

ustun keladi. Qandoq bo‘lmasin,

bunday holatlarga barham berish

to‘g‘risida fikr yuritish lozim.

Agar Respublikamizda Suv

nazorati militsiyasi tashkil etilsa,

ozgina tanbehga: «Suv senikimi,

suvga sen xo‘jayinmisan?» — deya

o‘dag‘aylovchilarning ham tanob-

lari tortilib qolardi, deb o‘ylaymiz.

Bundan necha o‘n yillar

muqaddam bir qancha ariq suvlari

aholi xonadonlarining ichidan

oqib o‘tgan. Kundalik turmush va

ro‘zgorga shu suv ishlatilgan.

Hovlisidan oqib o‘tayotgan suv-

ning tozaligiga har bir xonadon

mas’ul bo‘lgan. Xonadonlarimizga

suv quvurlari tortib kelinganidan

buyon, oqar suvlarning   tozaligiga

uncha ahamiyat bermay qo‘ydik.

Afsuski, o‘sha ariq suvlarining

ba’zilari to‘xtab, qurib qoldi,

ayrimlari ko‘milib ketdi. Vaho-

lanki, o‘sha ariq suvlari atrofga

go‘zallik ulashib, odamlarning

dillariga rohat-farog‘at baxsh etardi.

Salqin, so‘lim ariq bo‘ylarida

ko‘z quvnab, ko‘ngil yayrardi.

Fan-texnika, kimyo tarmog‘i,

qishloq xo‘jaligining taraqqiy

etishi, aholi zichligining orta

borishi natijasida tabiatga, havo va

suvga o‘tkaziladigan salbiy ta’sir

va «antropogen bosim» ham o‘z-

o‘zidan kuchayib boradi. Eng

yomoni shundaki, bu salbiy ta’sir

vaqt o‘tishi bilan tabiiy holga

aylanishi muqarrar. O‘z hayoti

davomida inson uzluksiz tarzda

atrof-muhit bilan to‘qnash keladi,

tabiat muvozanatiga ta’sir etadi...

Oxir-oqibatda tabiat, jumla-

dan, suv insonning «antropogen

bosim»iga dosh berolmay, o‘z

muvozanatini yo‘qotadi va ekologik

tanazzul ro‘y beradi.

Taraqqiy etgan qator xorijiy

davlatlarda «antropogen bosim»

ortib ketib, «Ekologik tanazzul»,

jumladan, «suv tanazzuli» ro‘y

bergani ma’lum. Bizda ham

«antropogen bosim» kuchayib

borayotgani sir emas. Yer osti va

yer usti suvlari ifloslanib, sifati

tobora pasayayotgani shundan.

Mutaxassislar bergan ma’lumot-

larga qaraganda, ayniqsa, Chir-

chiq, Ohangapon, Sirdaryo,

Zarafshon daryolari oqib o‘tadigan

vohalarda, Farg‘ona vodiysining

janubiy hududlarida yer osti

suvlari turli-tuman kimyoviy va

neft mahsulotlari  chiqindilari

hisobiga tobora ifloslanayotir.

Toshkent, Andijon, Samar-

qand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari

aholisi esa minerallashgan suv

zaxiralaridan ichimlik suvi sifatida

foydalanishga majbur bo‘layotgan

hollar mavjud. Vaholanki, tabobat

nuqtai nazaridan bu mutlaqo

mumkin emas.

Mustaqilligimizning dastlabki

yillaridayoq muhtaram Yurtboshi-

miz Islom Abdug‘aniyevich

Karimov diyorimizda ichimlik suvi

zaxiralarining sifati tobora pasayib,


13

ifloslanib borayotganligidan xavo-

tirlanib, keng jamoatchilikni ogoh

bo‘lishga, bunday ekologik xavf-

ning tezroq oldini olishga da’vat

etib, shunday yozgan edilar:

«O‘zbekistonning ekologik

xavfsizligi nuqtai nazaridan qara-

ganda, suv zaxiralarining, shu

jumladan, yer usti va yer osti suv-

larining keskin taqchilligi hamda

ifloslanganligi katta tashvish tug‘-

dirmoqda. Respublikaning daryo-

lari, kanallari, suv omborlari va

hatto yer osti suvlari ham har

taraflama inson faoliyati ta’siriga

uchramoqda... Daryo suvlarining

ifloslanishi ekologiya-gigiyena va

sanitariya-epidemiologiya vazi-

yatini, ayniqsa, daryolarning quyi

oqimlarida yomonlashtirmoqda.

Ikkinchi tomondan, daryo suvlari

tarkibida tuzlarning mavjudligi

Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon

va boshqa daryolarning del’talarida

tuproqning sho‘rlanishini kuchay-

tirmoqda». (Yuqorida ko‘rsatilgan

kitob, 121—123-betlar).

Bu so‘zlar bizdan ogohlik bilan

bir qatorda suv zaxiralarimizni toza

saqlash, ifloslanishi va sifatining

pasayishiga qarshi muttasil kurash

olib borishga undashi shubhasizdir.

XXI asrdan e’tiboran basha-

riyat juda katta, o‘nglanishi niho-

yatda mushkul muammo — suv

tanqisligi muammosiga duch keldi.

Ichimlik suvi zaxiralari kun sayin

— har soatda, har daqiqada kama-

yib, ifloslanib, o‘z tarkibini yo‘qo-

tib borayapti.

Shoshilinch ravishda buning

chorasi ko‘rilmas, oldi olinmas

ekan, fojia yuz beradi... Qisqasi,

shu mitti sayyoramizda hayot,

tiriklik xavf ostida qoladi.

Respublikamizning bir qator

yirik shaharlarida suv tozalash

majmualari ishlab turibdi. Ular

xalqimizni toza suv bilan ta’min-

lashda tahsinga sazovor ishlarni

amalga oshirmoqda. Ba’zi hollarda

esa tozalangan suv Davlat stan-

dartlariga to‘liq javob beradigan

darajada emas... Suvni tozalab

aholiga yetkazib beruvchi mar-

kazlashgan majmualar kamligidan

bir qator hududlarimizda, ayniqsa,

qishloq joylarda yashovchi aholi

sifatsiz suvlarni iste’mol qilishga

majbur bo‘layotgan holatlar

uchraydi.

Ko‘pchilikka ma’lumki, tabiiy

suvlar — xlor vositasida tozalanib,

aholiga yetkazib beriladi. Ammo,

epidemiologlarning ta’kidlashla-

richa, ichimlik suvini xlor bilan

tozalash oqibatida aholi o‘rtasida

saraton kasalligi kelib chiqishi

mumkin ekan.

AQSHning bir qator shtatla-

rida epidemiologik tadqiqotlar olib

borgan olimlarning yozishlaricha,

40 yil davomida muttasil xlor-

langan suvni ist’emol qilgan odam

ichki a’zolarida, ayniqsa peshob

haltachasida saraton kasalligi 2

hissa yuqori ekan.

Hozirgi texnika taraqqiy topgan

davrda suv zaxiralarini ifloslantirib,

sifatini pasaytiruvchi omillar yana-

da ortib borayapti. Atmosfera

suvlari, ko‘chalardan oqib o‘ta-

yotgan ariq, kanal suvlari, turli-

tuman maishiy va sanoat oqova-

lari, chiqindi, kislota, fenollar,

detergentlar (kuchli kimyoviy

tozalash, yuvish vositalari, ular-

ning idishlari), mikroorganizmlar,

ayniqsa qora metallurgiya, kimyo,

neftni qayta ishlash sanoati,

gerbitsid, pestitsid, fungitsid,

karbamat, trinazin kabi qishloq

xo‘jaligida ishlatiladigan turli-

tuman dorilar va hokazolar suv

zaxiralarini ifloslantiruvchi, rangi-

ni buzuvchi, sifatini pasaytiruvchi

asosiy omillardandir.

Mutaxassislarning qayta-qayta

uqtirishlariga ko‘ra, ayniqsa,

ekologik jihatdan o‘ta xavfli bo‘l-

gan  qo‘rg‘oshin, simob va kadmiy

metallari suv zaxiralarining juda

tez buzilishiga sabab bo‘lar ekan.

Sayyoramizdagi suv havzalariga

turli sabablarga ko‘ra har yili 200

ming tonna qo‘rg‘oshin, 1 million

tonna pestitsid, 5 ming tonna

kadmiy metallar kelib tushar

ekan. Ular ichimlik suvi orqali

odam organizmiga o‘tib, juda katta

xavf tug‘dirar ekan. Masalan,

qo‘rg‘oshin va simob inson zurri-

yotiga salbiy ta’sir qilishi, kadmiy

metali odam buyrak va jigariga

yig‘ilib, uni o‘limga ham olib

kelishi, xrom ma’dani surunkali

allergik kasalliklarni, margumish,

selen, rux, nikel kabi metallar

odamning bosh  miyasida o‘limga

sabab bo‘ladigan turli shish-

o‘simtalarni keltirib chiqarishi

mumkin ekan.

Aziz vatandoshlar, biz bu

o‘rinda suvni ifloslantirib, zahar-

lab, sifatini pasaytiruvchi sabab va

omillarning, agar ta’bir joiz bo‘lsa,

«dengizdan bir tomchisini» yozib,

ba’zi bir aniq raqamlarni, isbot-

langan dalillarni eslatib o‘tdik xolos.

Biz barchamiz tansihatlikda, xotir-

jamlikda, tinch hayot kechirmo-

g‘imiz uchun, kelgusi avlod-

larimizning, o‘z zurriyotlarimizning

to‘rt muchasi sog‘ dunyoga kel-

moqlarini  xohlaymiz, barkamol

inson bo‘lib yetishishlari uchun

ham suv zaxiralarini iloji boricha

toza saqlamog‘imiz, asramog‘i-

miz, tejamog‘imiz kerak.

Suv manbalarining ifloslanishi,

sifatining pasayib ketishiga qarshi

tinmay kurashmog‘imiz lozim. Bu

kurash — o‘zimizning, bola-chaqa-

larimiz, kelajak avlodlarimizning

sog‘-salomat, tinch hayot kechir-

moqliklari uchun, ezgulik va

abadiyat uchun kurash demakdir.

Agar zudlik bilan chora ko‘ril-

masa, yaqin 10-20 yil ichida

sayyoramizdagi ichimlik suvi

zaxiralariga bo‘lgan talab keskin

ortib ketishi olimlar tomonidan

takror-takror uqtirib kelinayotir.

(Davomi 18-betda).


14

14

O‘zbekiston  o‘smirlar  terma  jamoasi  futbol bo‘yicha  Osiyo



chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, kelgusi  yili  Meksikada

o‘tadigan  jahon  chempionatida qatnashish  huquqini  qo‘lga  kiritdi.

AMLAKATIMIZDA

 jismoniy

tarbiya va sportni, shu jumladan,

bolalar sportini rivojlantirishga

ham alohida e’tibor berilmoqda. Milli-

onlar o‘yini deb ta’riflanadigan futbolni

yanada ommaviylashtirish yo‘lida ham

izchil tarzda ish olib borilmoqda.

«Umid nihollari», «Barkamol avlod»,

«Universiada» sport musobaqalari o‘ziga

xos mahorat maktabi bo‘lib qoldi. Bu

maktab sabog‘ini olib, juda ko‘p yoshlar

jahon birinchiliklari, Olimpiya o‘yinlari

shohsupalariga ko‘tarila oldilar.

Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek

kurashi jahon miqyosida sevimli sport

turlaridan bo‘lib qoldi.

Jonajon O‘zbekistonimiz sport mam-

lakati sifatida ham katta obro‘-e’tibor

qozonmoqda. Shaharlar-u qishloqlari-

mizda sport majmualari, stadionlar

yangitdan qurildi, qurilmoqda, bungacha

mavjudlari esa zamonaviy talablar asosida

rekonstruksiya qilinmoqda yoki ta’mir-

lanmoqda. Ya’ni jismoniy tarbiya va sport

bilan shug‘ullanish uchun mamlakati-

mizning barcha hududlarida qulay  sharoit

yaratildi.

Bizda sportning Olimpiya o‘yinlari

tarkibiga kiritilgan barcha turlari rivoj-

lanmoqda. Zero, jahon miqyosidagi katta

musobaqalarning mamlakatimizda o‘tka-

zilishi an’anaga aylanayotgani bejiz emas.

Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida XIV

Osiyo chempionati ham bizning yurti-

mizda o‘tkazildi.

Respublikamizda sportning, jumla-

dan, futbolning ham tobora ommalashib,

taraqqiy etib borayotgani aniq misollarda

ayon bo‘lib turibdi. O‘zbekiston o‘smirlar

terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo

chempionatida yuksak natijalarga erishdi

va navbatdagi jahon chempionatiga

yo‘llanma oldi. Nogiron-amputantlar

o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempi-

M

SPORT    ZAVQI



SPORT    ZAVQI

SPORT    ZAVQI

SPORT    ZAVQI

SPORT    ZAVQI

SHE’R    SHAVQI  KABI

SHE’R    SHAVQI  KABI

SHE’R    SHAVQI  KABI

SHE’R    SHAVQI  KABI

SHE’R    SHAVQI  KABI

KO‘NGILLARNI  YASHNATADI

KO‘NGILLARNI  YASHNATADI

KO‘NGILLARNI  YASHNATADI

KO‘NGILLARNI  YASHNATADI

KO‘NGILLARNI  YASHNATADI



15

onatida, bizning terma jamoamiz ikkinchi

marta jahon chempioni bo‘ldi.

Poytaxtimiz Toshkent stadionlarida

o‘tgan — o‘smirlar o‘rtasida XIV Osiyo

chempionatida voqe bo‘lgan ehtiros-u

aql-u zakovatga boy, betakror futbol

o‘yinlari zavqi ko‘nglimizni hech qachon

tark etmaydi. O‘zbekiston o‘smirlar terma

jamoasi esa kelgusi yili — Meksikada,

jahon chempionatida bizni ham, butun

jahondagi futbol ishqibozlarini ham o‘z

g‘alabalari bilan xushnud etadi, deb

umid qilamiz.

Zero, buning uchun barcha asosla-

rimiz bor.

Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘-

lom va har taraflama uyg‘un rivojlangan

— barkamol etib tarbiyalash, «Sog‘lom

ona — sog‘lom bola» g‘oyasini ro‘yobga

chiqarish, onalik va bolalikni muhofaza

qilish, sog‘liqni saqlash tizimini rivoj-

lantirish, jismoniy tarbiya va sportni,

jumladan, bolalar sportini rivojlantirish

maqsadida amalga oshirilayotgan miqyosli

ishlar, albatta, ezgu samarasini beradi.

Abdug‘ani JUMA suvratga tushirdi.


16

17

17

3 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 11-son.



18

Vaholanki, biz yaxshi bila-

mizki, keyingi yarim asr mobay-

nida ichimlik suviga bo‘lgan talab

kamida 7-8 barobarga ko‘paygan.

Dunyoda 2 milliarddan ziyod odam

ichimlik suvi yetishmasligidan azob

chekayotgan bo‘lsa, uch milliard-

dan ortiq odam suv faktori bilan

bog‘liq turli kasalliklarga duchor

bo‘lib, har yili shulardan qariyb

(Davomi.  Avvali 13-betda).

3 million nafari hayotdan ko‘z

yummoqda.

BMTning Oziq-ovqat bo‘yicha

komissiyasining bergan ma’lu-

motlariga qaraganda, 2035-yilga

kelib yer yuzida ichimlik suviga

bo‘lgan talab kamida 60 foizga

ortish ehtimoli bor ekan. Ekspert-

larning hisob-kitoblariga qaraganda

ham, yaqin 100 yil ichida suv

tanqisligi oqibatida insoniyat kela-

jagi uchun jiddiy xavf tug‘ilishi

mumkin emish.

Suv zaxiralari tejalgan, toza,

pokiza bo‘lgan har bir millatning

zurriyoti ham, kelgusi avlodi ham

sog‘lom bo‘ladi. Agar biz suv zaxi-

ralarimizning sifat darajasini pasay-

tirmasdan, ularni behudaga isrof qil-

may, tejasak, kelgusi avlod sog‘-

salomatligi uchun, albatta, mus-

tahkam zamin yaratgan bo‘lamiz.

SUV HAM ONA SUTIDAY

HAYOTBAXSH

ZBEK

 xalqining suvga



bo‘lgan hurmati va e’ti-

qodining yuksakligi haqida

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan

fan arbobi,  professor Gaybulla

Salomov bundan yigirma yillar

avval bo‘lib o‘tgan bir voqeani

shunday hikoya qilib bergandi:

«Bir kuni otam hamqishloq

do‘stlari Rayim devona bilan birga

Xatirchidan Toshkentga — meni-

kiga mehmonga kelib qolishdi.

O‘shanda Chilonzordagi ko‘p

qavatli binolardan birida yashardik.

Eshikdan kirib kelishi hamon,

Rayim  amaki mendan hojatxo-

nani so‘radi. Ko‘rsatdim. Kirdi-yu,

huddi ilonga yo‘liqqan odamdek

otilib chiqib, jahl aralash: «Qo‘lni

qayerda yuvaman?», deb so‘radi.

«Hammomxonada», — deb uni

ham ko‘rsatdim. U ichkaridan:

«Hoy bola, buyoqqa kir-chi, nega

suv to‘xtamay oqib yotibdi. Hojat-

xonada ham shu ahvol. Shumi hali

sening olimliging...», — deya menga

baqira ketdi.

«Ha, odamlar bekorga «Rayim

devona» deyishmas ekan, sho‘r-

likning jununi qo‘zib qoldi-yov»

— deb xayolimdan o‘tkazdim.

U baland ovozda hamon gapi-

rardi. «Esimni yeb qo‘yganimcha

yo‘q. Hali suvga e’tiqodim, iymo-


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling