Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
1   2   3   4   5   6   7

qilishni tavsiya etamiz:

1. Protojurnalistika.

2. An’anaviy ommaviy axbo-

rot vositalari — gazeta, jurnal,

risola va shu  kabilar. —  An’anaviy

jurnalistika.

3. Zamonaviy ommaviy axbo-

rot vositalari — radio, televide-

niya, komputer, Internet. —

Zamonaviy jurnalistika.

Bu tasnifimiz an’anaviy

OAVning saqlovchi va uzatuvchi

asosiy materiali qog‘ozligini,

zamonaviy OAVning texnik vosi-

talardan foydalanishini, ularning

turli tarixiy bosqichlarda paydo

bo‘lganini nazarda tutibgina

qolmay, balki folklor va OAV

sinkretligini ham hisobga oladi.

Chunki gazeta,  jurnallarda folklor

matnlarigina berilsa, radio ularning

musiqasi va matnini ham saqlay

oladi. Televideniya, komputer va

Internet esa, ibtidoiy san’at

sinkretizmi kabi, bir vaqtning

o‘zida raqsni ham, kuyni ham,

so‘zni ham, marosimni ham

eshittirish, ko‘rsatish imkoniyatiga

ega. Ayni paytda radio, televi-

deniya, komputer va Internet

axborotni qabul qilish xususiyati,

tezkorlikda ham an’anaviy axborot

vositalaridan keskin farq qiladi.

Ayni paytda, professor F.A.Mo‘mi-

novning quyidagi fikri alohida

e’tiborga loyiq: «Ommaviy kom-

munikatsiyalar chizmasi ibtidoiy

qabilada ham, bugungi jamiyatda

ham bir xildir. Bunday shartli

tasvir to‘rtta asosiy qismdan iborat:

ommaviy axborot ishlab chiqa-

ruvchilar — tayyor mahsulot —

uzatuvchi vosita — auditoriya».

18

Folklor va OAV hamkorligi



nuqtai nazaridan kelib chiqsak, bu

chizma shunday  bo‘ladi: xalq —

folklor — OAV — auditoriya.

An’anaviy va zamonaviy OAVda

folklorni yoritishda folklorshunos,

jurnalist, kinoshunos, musiqa-

shunos, san’atshunos,  teatrshunos,

yozuvchi va hokazo juda ko‘p soha

vakillarining xizmatini ko‘ramiz va

ularning mehnatini zamonaviy

folklor hamda axborot vositalari

sinkretizmining mahsuloti deyi-

shimiz mumkin.

Falsafiy jihatdan qaralganda,

folklor OAVga nisbatan xusu-

siylik, OAV folklorga nisbatan

umumiylik xarakteriga ega. Bosh-

qacha aytganda, OAVda folklor

asarlarining yoritilishi talqini u

qamrab oladigan son-sanoqsiz

mavzular, muammolarning ichki

ko‘rinishlarga bo‘linadigan birgina

turidir, xolos.  Biroq bu folklorning

ham, OAVning ham ahamiyatini

zarracha kamsitmaydi.

Binobarin, aytish mumkinki,

O‘zbekiston OAVning folklorga

nisbatan bosh vazifasi — o‘zining

beqiyos imkoniyatlari darajasida

xalq og‘zaki ijodini milliy istiqlol

g‘oyasini amalga oshirish, bar-

kamol avlodni tarbiyalash, yengil-

mas kuch bo‘lgan yuksak ma’na-

viyatimizni tobora boyitishga ko‘-

maklashish, bugunga va kelajakka

ongli ravishda xizmat qildirish maq-

sadida an’anaviy folklor zamirida

uning zamonaviy yashash shaklla-

rini ta’minlash va  yaratishdan iborat

bo‘lishi mustaqilligimizning ham

ehtiyoji, ham talabidir.

Folklor va folklorshunoslik,

OAV va matbuotshunoslikning

tizimlari, qonun-qoidalari, tamo-

yillari, ahamiyati, spetsifikasi

turlicha bo‘lsa-da, ular ana shu

nuqtada birlashadilar va tarixiy

asoslari ibtidoiy madaniyat davri

bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos

zamonaviy sinkretlikni namoyish

qiladilar.

Oygul AHMEDOVA



32

OG‘LIKNI


 saqlash —

umumdavlat ahamiyatiga

molik vazifa. Mamlakati-

miz sog‘liqni saqlash tizimi oldiga

qo‘yilgan vazifalarni ado etishning

pirovard maqsadi — xalqimiz salo-

matligini mustahkamlash, jisman

va ma’nan uyg‘un rivojlangan —

barkamol avlodni shakllantirish

ishida yordam berishdir. Ana shu

maqsad yo‘lida respublika, viloyat,

shahar, tuman sog‘liqni saqlash

muassasalari va tibbiyot oliy o‘quv

yurtlari, ilmiy-tekshirish institut-

lari, respublika ixtisoslashtirilgan

ilmiy markazlari keng ko‘lamli

tadbirlarni birgalikda amalga oshir-

moqdalar. Bu borada O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2009-

yil 13-apreldagi “Ona va bola

salomatligini muhofaza qilish,

sog‘lom avlodni shakllantirishning

qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi

Qarorini, 2010-yil 27-yanvardagi

“Barkamol avlod yili” Davlat

dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini

hayotga joriy qilish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Farzand ko‘rish yoshidagi ayol-

lar va 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smir

qizlar o‘rtasida chuqurlashtirilgan

kompleks tibbiy ko‘riklar, zaruriyat

bo‘lganda, sog‘liqni saqlash muas-

sasalarida sog‘lomlashtiruvchi tad-

birlar o‘tkazilmoqda. Bu ishlar o‘z

navbatida “Sog‘lom ona — sog‘lom

bola — sog‘lom avlod” g‘oyasining

ro‘yobga chiqishiga imkon yaratadi.

Butun mamlakatimizda bo‘lgani

kabi, Samarqand viloyatining

barcha hududlarida ham sog‘lom

oilani shakllantirish masalalari

bo‘yicha  yoshlar davrasida —

maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv

yurtlarida tibbiy-ma’rifiy tadbirlar

uyushtirilmoqda.

Suhbatlar, ma’ruzalar davo-

mida hayotiy hikmatlar — bola

sog‘lom o‘sishi, ona organizmi

tug‘uruqdan keyin tiklanishi uchun

uch yil muddat zarurligi, go‘dakni

emizib — ko‘krak suti bilan bo-

qishning ahamiyati, bu, bolaning

sog‘ligiga bir umrlik manba  bo‘lishi

yoshlar ongiga singdirilmoqda.

Yuqoridagi fikrlardan kelib

chiqib, reproduktiv salomatlikni

saqlash va sog‘lom oilani shakl-

lantirish muammolari bo‘yicha

yoshlar va yosh oilalar orasida

tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, irsiy kasalliklarni aniq-

lash bo‘yicha diagnostik tadqiqotlar

doirasini kengaytirgan holda ona va

bolaning perinatal va neonatal

skriningi davlat dasturlari ijrosi

bo‘yicha ham muntazam tarzda

faoliyat olib borilmoqda. Yoshlar

o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni targ‘ib

qilish sog‘lom turmush tarzi mada-

niyatini shakllantirishda yordam

beradi, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor bilan

munosabatda bo‘lishga odatlan-

tiradi, sog‘lom oilani qaror top-

tirish, yoshlarning sog‘lom tur-

mush tarzini tanlashiga ko‘mak-

lashadi. Bu ishga tibbiyot, xotin-

qizlar qo‘mitalari xodimlari, mahalla

maslahatchilari va bu borada faoliyat

ko‘rsatib kelayotgan ishchi guruh-

larning xizmatlari ko‘p singmoqda.

Gulnora ELTAZAROVA,

Samarqand viloyati Perinatal

markazining davolash ishlari bo‘yicha

direktor muovini

CHIN  KO‘NGIL

BILAN...

S

Jamoatchilik



kengashi:

Turg‘unpo‘lat DAMINOV,

Svetlana INOMOVA,

Turobjon JO‘RAYEV,

Tatyana KARIMOVA,

Abdulla ORIPOV,

Gulnora YO‘LDOSHEVA

Bosh muharrir:

Muhammadali QO‘SHMOQBOY

Tahrir


hay’ati:

Avaz MANSUROV,

Abdulla OCHILOV,

Shomirza TURDIMOV,

Nuriya TUREYEVA,

Feruza VAHOBOVA,

Dilorom SHARIPOVA,

Anvar SHEROV

Manzilimiz: 100170. Toshkent,

I.Mo‘minov ko‘chasi, 9.

Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

“Sog‘lom avlod uchun”,

2010-yil, 11-son.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102-

tartib raqami bilan ro‘yxatdan  o‘tkazilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa

(komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi tomonidan 2004-yil

17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami

bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib

bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna-

lidan olindi” deb izohlanishi shart.

Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l-

yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi-

fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam-

g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi

nusxasini ilova qilishi so‘raladi.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa

(komputer) bo‘limida tayyorlandi.

Navbatchi muharrir:

Hidoyat OLIMOVA.

Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul:

Feruza NURITDINOVA.

Matnni teruvchi:

Valida UMAROVA.

Korrektor: Nigora YODGOROVA.

Bosmaxonaga  2010-yil  19-noyabr

kuni topshirildi. Ofset usulida

chop  etildi. Qog‘oz  bichimi  60x84 

1

/



8

.

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq.



Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq.

Tiraji 1731 nusxa. 10-863-buyurtma.

“O‘zbekiston” NMIUda bosildi.

100129, Toshkent,



Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling