Immunitet


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1470669
1   2   3
Bog'liq
immunitet

Orttirilgan immunitet. Qadimiy xalqlaming kuzatishlarig a ko‘ra, toun bilan kasallanib sog'aygan 
kishilar bu kasallikka chalingan be morlar bilan muloqotda boiganlarida, ularga qo‘zg‘atuvchi qayta 
yuqmagan. 
Shuningdek, turli mamlakat xalqlari yuqumli kasalliklard an saqlanish uchun ayrim kasalliklarga 
qarshi emlashni qoilaganlar. Masalan, Xitoyda miloddan 200 yil oldin bolalami chinchechakka 
qarshi emlag anlar. Ayrim hollarda, bunday profilaktik choralar kasalliklaming kelib с hiqishiga va 
turli asoratlar qolishiga olib kelgan, chunki ular bu hodisaning mexanizmini tushunmaganlar. 
Ingliz shifokori E .Jenner ham sigirda uchraydigan chinctiechak bilan og‘rigan kishilar, 
odamlardagi chinchechakka chidamli ekanliklarini bir necha yil davomida kuzatgan va natijada, 
1796-yili chinchec hakka qarshi emlash usulini ishlab chiqqan. Keyinchalik bu usul barcha 
davlatlarda qoilana boshlandi. Emlash tufayli chinchechak 1980-yili bimtun dunyoda tugatildi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida, L.Paster mikroorganizmLarni noqulay sharoitda o‘stirib, ularning 
virulentligini pasaytirish mumkinligini ilmiy ravishda asoslab berdi. U hamkasblari bilan birgalikda 
shu imsulni qoilab tovuq vabosi, kuydirgi va quturish kasalliklariga qarshi vaksinalar topdi. 
Kuchsizlantirilgan mikroorganizmlar, ularning toksinlari v a boshqa faol immunitet hosil qilish 
uchun ishlatiladigan moddalar vaksinalar deb ataladi. 
Orttirilgan immunitet - bu qadimdan maium boiib, yuqumli kasal liklar bilan og‘rib sog‘aygandan 
keyin paydo boiadi. Ur»ing tabiiy va sun'i y xillari farq qilinadi. Tabiiy immunitet o'z navbatida 
yana ikkiga: 1) 
tabiiy faol -- yuqumli kasallikdan sog'ayganidan so'ng yuzaga keladigan
immanitet; 2) tabity sust immunitet - onadan bolaga yo'Idosh va sut
orgal i o'tadigan xillariga bo'linadi. Sun' iy immunitet ham o'z navbatida
ikki xil bo'ladi: 1) sun'iy faol immunitet - vaksinalar bilan emlanganda; 2)
sun 'iy sust, ya'ni - zardob, gon, immunoglobulin va plazmalar
yubo rilgandan so'ng hosil bo ladigan immunitet.
Orttirilgan immunitet nasldan-naslga o'tmaydi. Bunday immunitet,
aniq bir kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizm turi organizmga
tushgandan so'ng fagat shu turga qarshi hosil bo'ladi. Shuning uchun
bu immunitet o'ta muhim hisoblanadi. Orttirilgan immunitet ham
mikrobga, ham uning toksinlariga garshi vujudga keladi. Mikrobga qarshi
immanitet o'z navbatida steril va nosteril turlarga bo'linadi. Steril
immunitetda kasallikdan so'ng patogen mikrob organizmda umuman
golm aydi (ko'pgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril immunitetda
kasal lik go'zg atuvchisi organizmda saqlanib goladi (masalan, sil, gorin
tifi, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari
kuzat ilmaydi.
A doptiv immunitet (ingl.adoptive - gabul gilingan) - bir organizm
limfo id hujayralarini ikkinchi organizmga ko'chirib o 'tkazilganda, ularning
faolli gi hisobiga yuzaga keladigan immunitet. Masalan, oq gon kasalligida,
o'zin ing o'zgargan gon hujayralari o'Idirilib, donor, ya'ni sog odam
ko'm igi hujayralari ko'chirib o'tkaziladi. Bundan tashgari, ko'pgina
tadqi gotlarda, limfotsitlarning bir organizmdagi axborotni ikkinchi
organizmga o'tkaza olish gobiliyati borligi ham tasdiqlandi.
O rttirilgan immunitet mexanizmi. Immun tizim o 'ta muhim sistema
bo'lib», organizmni turli yuqumli kasallik qo'zg atuvchilaridan himoya qiladi.


Odam va hayvonlarda limfoid to'gimalar o'ziga xos vazifalarni bajaradi.
Immuan tizimning asosiy markaziy hujayralari limfotsitlar bo 'lib, ular orga-
nizmga tushgan yot omillarni taniydi va ularga garshi immun javob
rivojlaantiradi.
Organizm limfoid to'qimalarining «o'zinikini begonadan» ajrata olish
gobiliyati ming yillar oldin paydo bo'lgan, lekin faqat umurtqali orga-
nizml ardagina immun omillar sistema sifatida shakllangan.
Organizmda, irsiy jihatdan begona bo'lgan antigenlarga qarshi immun
javob gon-limfoid a'zolarda maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida
amalga oshiriladi. Besh xil immun javob tafovut qilinadi: gumoral,
hujay raviy, immunologik tolerantlik (chidamlilik), tezkor va sustkor
gipert a'sirchanlik reaksiyalari.Antigenlar. «Antigen» so‘zi yunoncha boiib, «begona» degan 
ma’noni bildiradi. Antigenlar immun sistemani ishga tushira olish xususiyatiga ega. 
Immunologik nuqtai nazardan «irsiy begona antigen» deganda organizm uchun yot boigan 
gen sintez qilgan orgaxiik modda tushuniladi. 
Immun tizimga ta’sir qila olish uchun antigen: 1) organizm uchun yot boiishi; 2) immun tartibni 
ishga tushira olishi; 3) mustahkam immunitet hosil qila olishi (immunogenlik); 4) maxsusligi, ya’ni 
antigen faqat gomologik antitelo yoki limfotsitlar bilan birikishi; 5) kolloid tuzilm ali; 6) organizm 
suyuqliklarida eruvchan boiishi kerak. 
Antigenlar kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy biomolekulalarga va tabiatda o‘xshashlari boimagan sun’iy 
tayyorlangan birikmalarga boiinadi. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantige nlar) 
yoki organizmning o'zida ham hosil boiishi mumkin (endoantigenlar, autoantigenlar). 
Ekzoantigenlarga oziq-ovqatlar tarkibidagi moddalar, mikroorganizmlar va ularning mahsulotlari, 
endoantigenlarga esa nobud boigan hujayralar, oqsillar katabolizmi natijasida organizmda doim o 
hosil boiib turadigan moddalar va to'siq orti a’zolarining antige nlari misol boiadi. Patogen omillar, 
masalan, kuyish, nurlanish, kimyovi у moddalar va patogen mikroorganizmlar ta’sirida ham xususiy 
biomolekulalarning tuzilishi o‘zgaribgina qolmay, balki ularning biosintezi ham buziladi, natijada 
organizm uchun «begona» boigan moddalar hosil t*oiadi. 
Moddalarning antigenligi va immunogenligi ularning kimyoviy tabia- tiga, molekular og'irligiga, 
kolloid holatiga, yotligiga, organiznmga kiritilish usuliga, antigen miqdoriga va immun javobning 
irsiy nazoratigabogiiq. 
Modda toiiq antigen boiishi uchun, birinchidan uning molekulasi yetarli katta molekular ogirlikka 
ega boiishi (10000 daltondan kam emas), ikkinchidan kimyoviy geterogen boiishi kerak. Masalan, 
oqsilLar bir necha aminokislota qoldigidan tashkil topgan boisa, shuning hisobiga ular ikkilamchi, 
uchlamchi va to'rtlamchi tuzilmalar hosil qila ol adi. Modda qancha murakkab tuzilgan boisa, 
shuncha antigen determina ntalari yoki epitoplari, ya’ni gomologik antitelo va limfotsitlar bilan 
ta’sie'lashadigan qismlari shuncha ko‘p boiadi. Vaholanki, agar antigen molekulasining 
immunogenligi bir necha epitoplar bilan belgilansa, faqat shu epitoplarni organizmga kiritish yoii 
bilan immunjavob hosil qilish mumkmnmi? degan savol tugiladi. Yo‘q mumkin emas, antigendan 
alohida ajratib olingan epitoplaryokiularningsun’iyyoi bilansintezqilingano‘xsha»shlaritoiiq
bo 'Imaydi, chunki ularning molekular og 'irligi juda kichik. Molekular
og * irligi 10000 daltondan kichik, lekin antigenlik xususiyatiga ega, ammo
immun javob rivojlantira olmaydigan, ya' ni immunogenlik xossasi
bo * Imagan moddalar gaptenlar (yun. hapto - ushlab oluvchi) deb ataladi.
Gaptenlar to'liq antigen bo 'lishi uchun ularga «tashuvchi ogsillar» go'shib
organizmga yuboriladi.


Hozir immunoprofilaktika maqsadlari uchun antigenlarni (masalan,
vak sinalarni) asosan parenteral yo 'I bilan yuboriladi, bunda antigen tezroq
immunokompetent hujayralar bilan ta'sirlashadi. Masalan, teri ichi, teri
osti, muskul ichiga emlanganda, immun javob sirtqi limfa tugunlarida,
venaga yuborilganda esa taloqda rivojlanadi. Lekin, shuni yodda tutish
kerakki, birinchidan, teri ichiga yuborilgan ma' lum miqdordagi antigenni
ven aga ham shu miqdorda yuborilganda immun javob yuzaga kelmasligi
mumkin, bu antigenning organizmda parchalanish tezligiga bog liq,
ikkinchidan, venadan vaksina yuborilmaydi, chunki organizm bu
anti genga sezuvchan bo'Isa, anafilaktik shok yuzaga keladi.
Moddalarning antigenlik va immunogenligini adyuvantlar yordamida
kuchaytirish mumkin. Antigenga go'shilganda, uning antigenlik va
immunogenligini oshirib bera oladigan moddalarga adyuvantlar
(lot. adjuvans, adjuvantis - yordam yoki imkon beruvchi) deb aytiladi.
Bularga aluminiy gidroksid yoki aluminiy fosfat, yog* emulsiyasi, sirt faol
moddalar, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari va Freynd
adyLivanti (mineral yog', emulgator va o 'Idirilgan sil mikobakteriyalarining
birikmasi) misol bo'la oladi. Adyuvantlarning ta'sir mexanizmi, ular
kirit ilgan joyda antigenlarni parchalanishdan saqlash (depo vazifasi),
fago sitozni kuchaytirish, limfotsitlarga mitogen ta'sir qilishiga asoslangan.
Har qanday antigen o'ziga xos, ya' ni noyob tuzilishga ega bo 'lganligi
saba bli ularning quyidagi tasnifi tafovut gilinadi:
1 . Geteromaxsuslik - har xil turga xos mavjudotlarda bir biriga juda
o'xslash bo'lgan antigenlar borligi. Masalan, Forsman antigenlari ot,
90'y eritrotsitlari va cho'chqa miyasi hujayralarida topilgan.
2. Turga xos maxsuslik - bir tur a'zolarga xos bo'lgan antigenlar.
Masalan, tibbiyot sudekspert xodimlari gon dog ini maxsus immun zar-
doblar yordamida odamga yoki hayvonga tegishli ekanligini aniqlashadi.
3 . Guruhga xos maxsuslik (izoantigenlar) - har xil odamlarga xos bo'Igan
maxsuslik. Masalan, gon guruhlari, rezus omil yoki HLA -- sistemasi.
Tibb iyotda, guruhga xos moslik qon quyishda, a'zo va to'qimalarni
ko'chirib o'tkazishda katta ahamiyatga ega. Odamlarning eritrotsit,
leykotsit, trombotsit va gon plazmalarida 70 dan ortiq izoantigenlar borligi
aniqlangan. K.Landshteyner gon guruhlarini kashf qilgani uchun 1930-
yilda Nobel mukofoti laureati bo 'lgan.
4. Tipga xos maxsuslik - bir turga kiruvchi mikroorganizmlaming o'ziga
xosligi. Hozir gripp virusining 3 tipi, OITS virusining 2 tipi,
meningokokklarning 4 tipi aniqlangan.
5. A'zolarga xos maxsuslik - har xil turga xos, lekin bir xil vazifani
bajaruvchi jonivorlardagi a'zolar.
6. Organellalarga xos maxsuslik - har xil mavjudotlarning hujayra
organoidlariga kiradigan ribosoma, mitoxondriya, lizosomalarn ing faqat
o'ziga xos vazifalarni bajarishi.
7. Funksional maxsuslik - biologik faol moddalarning o'x shashligi.
Masalan, hayvon va odamlardan olingan insulin, o xshash antigen
tarkibiga rga, shu bois tibbiyotda qandli diabet bilan og'riganlarni
hayvonlardan olingan insulin bilan ham davolash mumkin.
8. Bosqichga xos antigenlar - ontogenezning har xil bosqichlari da yuzaga
keladigan omillar. Masalan, a-fetoprotein organizmning embrional ri vojlanishi
davrida hosil bo'lib, katta odamlarda uchramaydi, agar ularda bu modda
aniqlansa bu homiladorlik yoki o 'sma (rak) kasalligidan dalolat beradi.
9. Autoantigenlar - organizmning immun tizimi uchun «begona»


hisoblangan shaxsiy antigenlar. Masalan, galgonsimon bez, bosh va orga
miya, ko'z gavhari, urug don va tog aylarga nisbatan embriogenez
jarayonida immunologik tolerantlik rivojlanadi. Bu to'girnalarning
antigenlari organizm uchun birlamchi autoantigen hisoblanib, faqatgina
jarohatlanishi yoki yallig lanish natijasida gonga ko'p miqdor da tushib,
autoimmun jarayonlarini vujudga keltiradi. Organizmning boshqa a'zo
va to qima hujayralari, fizik (issiglik, radiatsiya, yugori chastotali nurla-
nish), kimyoviy (kislotalar, ishgorlar, kimyoviy moddalar, dori-clarmonlar,
pestitsidlar), biologik (zaharlar, bakteriya toksinlari, viruslar, antigen
mimikriyasi) va boshga omillar ta'sirida o'z antigenlarini o'zgartirib
ikkilamchi autoantigenlarga aylanishi mumkin. Bu hodisa patologik
maxsuslik deb nomlangan.
10. Mikrob va xo jayin organizmidagi hujayra antigenlarining
o'xshashligiga antigen mimikriyasi deyiladi. Bu mikroorgani zmlaring
evolutsion moslashuvlari bo'lib, shu sababli, masalan, pnevrnokokklar
nafas a'zolarida, ichak tayogchasi ichakda ko'paya olish xususiyatiga
ega. Bunday antigenlar «har yoglama (kesishma) ta'sirlashuvchi
antigenlar» (PRA - perekrestno-reagiruyushiye antigeni) deb h am ataladi.
Bu antigenlarning xo jayin organizmida autoimmun kasalliklar
rivojlanishida ahamiyati juda katta.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling