2.3 Ergashgan qo’shma gap va uning turlari .
Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar hisoblanadi .
Ergashgan qo’shma gaplar , tarkiida nechta gap bo’lishidan qat’I nazar , doimo ikki qismdan tashkil topadi : 1)bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap , bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi .Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshaydi . Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi . Masalan : Agar u kelmasa , o’zim borishim shart .
So’z birikmasi tarkibidagi so’zlar nechta bo’lishidan qat’i nazar ikki qismdan – hokim va tobe so’zlardan tashkil topadi .Masalan: toza kitob , chiroyli ayol.
Ergash gap bosh gapdan oldin , bosh gapdan keyin , bosh gap ichida kelishi mumkin. Masalan: Siz shuni unutmangki , kurashchilar yolg’iz emas .Hali gul ochilmagan bo’lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo’yilgan edi. O’qituvchi , bolalar kelgach , dars kiradi .
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar.
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yodamida bog’lanadi:
Ergashtiruvchi bog’lovchlar;
Ko’makchili qurilmalar;
Yuklamalar (-ki , -mi)
Nisbiy so’zlar (kim-o’sha , nima-shu);
Deb so’zi va boshqalar.
Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar .
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , shart yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki) , maqsad (to ,toki), shart (agar , agarda , basharti , mabodo ), qiyoslash-chog’ishtiruv (go’yo , go’yoki , xuddi ) ergashtiruvchi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi .Sabab , maqsad , qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . Masalan: Bu masalani keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin . Men bora olmayman , chunki vazifalarim ko’p .
Shart bog’lovchilari gapning boshida keladi .Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi .Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldi keladi . Ko’pincha shart bog’lovchilari qo’llanmasa ham , va shart mayli shakli qismlarini bog’layveradi .Masalan : Ozgina hovliqib turishsa ham , cho'chishsa ham mayliga , negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo'ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |