IMundarija
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Download 57.75 Kb.
|
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Bog’langan qo’shma gap va bog’langan qo’shma gapda ishlatiladigan tinish elgilar haqida ma’lumot .
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi: Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro’y beradigan voqea – hodisalar anglashilsa , ular bir-biridan vergul bila ajratiladi . Masalan : Qushbegiga qaradim , ul ham manim og’zimga qarab turar edi . (A.Qodiriy ). Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari mazmun jihatidan mustaqilroq bo’lsa yoki ular tarkibida vergul ishlatilgan bo’lsa , qo’shma gap tarkbidagi qismlar bir –biridan nuqtali vergul bilan ajratilib yoziladi . Masalan : Ishing bo’lmasa kitob o’qi , husnixat ol; sen kulolning qizi emassan … (A.Qodiriy ). Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapning biror bo’lagini izohlasa , uning mazmunini to’ldirsa , qismlar orasiga ikki nuqta qo’yiladi . Masalan: Arslonbob yong’oqlariga kelganda shuni aytmoqchiman :bular nihoyatda noyob , zotli yong’oqlar .(J.Abdullaxonov ). Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari bir-biridan tire orqali ajratiladi . Quyidagi holatlarda qo’shma gap qismlari orasiga tire qo’yiladi . Qo’shma gap tarkibidagi gaplar mazmunan zid bo’lsa : Kiygan to’ning eskiydi – kiydirganing eskirmas . Birinchi gap ikkinchi gap kesimidan anglashilgan ish-harakat bajarilish natijasi yoki shartini bildirsa : Qaring bor- barakang bor .(Maqol). Birinchi gap mazmuni ikkinchi gap mazmuniga o’xshatilsa : Qor yog’di- don yog’di. (Maqol). Qismlardan tez almashinuvchi voqea-hodisalar anglashilsa: -Hoy , oyimcha , sen yaxshi bo’lding – biz yomon bo’lib qoldikmi hali ?.. (P.Qodirov). 2.2 Bog’langan qo’shma gap va bog’langan qo’shma gapda ishlatiladigan tinish elgilar haqida ma’lumot .An’anaviy sintaktk nazariyalarda bog’langan qo’shma gaplar mavqei jihatidan teng huquqli bo’lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va Grammatik jihatdan o’zaro biriktiruvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi . Quyida bog’langan qo’shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz . Bog’langan qo’shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil , mazmunan o’zaro bog’langan , ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi . Bunday aloqa-bog’liqlik qo’shma gap qismlarining tuzilishida , kesimlarining mazmunan va Grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo’laklarining mavjud bo’lishida ko’rinadi . Anglashiladiki , bunday turdagi qo’shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da , Grammatik jihatdan tobe bo’lmaydi . Bog’langan qo’shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo’lsa , ikkinchi komponent birinchi gapga bog’liq holda tuziladi . Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani , ya’ni qo’shma gapni hosil qiladi . Bog’langan qo’shma gap qismlari : 1) teng bog’lovchilar ;2)teng bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan yuklamalar;3)bo’lsa , esa yordamchilari ;4)tenglik ohang yordamida bog’lanadi . Olim S.Solixo’jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning “absolyut holat emasligi “ni ko’rsatadi . Uning fikricha , o’zbek tilida shunday qo’shma gap ko’rinishlari ham mavjudki , ular shaklan erashgan qo’shma gaplarga o’xshasa –da , aslida bog’langan qo’shma gaplardir . Masalan , grammatik formasi –b ( -ib), -sa affikslari yordamida tuzilgan “Ha xu” deguncha oyning oyoqlari kelib , to’y kunlari yaqinlashdi . bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi . Shunisi xarakterliki, bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar , ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar ,qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga turli mazmuniy munsabatlarni ham shakllantiradi . G’.Abdurahmonov bog’langan qo’shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajraladi : 1) qiyoslash munosabti ;2) payt munosabati; 3)ayiruv munosabati ; 4)sabab va natija munosabati ; 5)izohlash munosabati . M.Asqarova ham bog’langan qo’shma gaplarda sabab , payt , chog’ishtiruv , zidlik , ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko’rsatadi . Olima bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlari ajratiladi : 1) biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 2) zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 3) ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 4) inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Download 57.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling