IMundarija


Download 57.75 Kb.
bet5/16
Sana24.10.2023
Hajmi57.75 Kb.
#1718582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

2. Tenglanish munosabati: Eshik ochildi-yu ostonada dadam paydo bo’ldilar.
Qo’shma gap tadqiqiga oid asarlarda qo’shma gap qismlarini bog’lovchi rang-barang til vositalari ko’rsatiladi. Xususan, G’.Abdurahmonov o’zbek tilidagi qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni quyidagi turlarga ajratadi: 1. Grammatik vositalar. Grammatik vositalarga bog’lovchilar, yuklamalar, ko’makchilar, kelishik qo’shimchalar kiradi. 2. Leksik-grammatik vositalar. Bu turga sifatdosh, ravishdosh, shart, buyruq mayli fe‘llari, harakat nomi shakllari kiradi. 3. Leksik vositalar. Leksik vositalarga ayrim so’zlar, ba‘zi kirish bo’lak va kirish birikmalar (ya‘ni, umuman, shunga qaramay, demak, shunday qilib kabilar), ayrim kishilik va ko’rsatish olmoshlari (shu, u, shunday...) ma‘nosi bir-biriga nomuvofiq yoki ma‘nodosh so’zlar, mazmunan bir turkumni tashkil etgan so’zlar va sinonimlar kiradi. Shuningdek, qo’shma gaplarning qurilishida gap bo’laklarining takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo’laklarning qo’llanishi ham ahamiyatli. 4. Zamon munosabati. Qo’shma gap qismlari kesimining zamon munosabati gapni tuzishda muhim o’rin tutadi. 5. Ohang va o’rin. Qo’shma gapni tuzishda gap ohangi va qismlarning o’rinlashuvi ham ahamiyatli hisoblanadi .
N.Mahmudovning fikricha, «til birliklarining shakli va mazmuni o’rtasidagi dialektik ziddiyat ularning uzviy birligiga to’sqinlik qilmaydigan emas, balki bu ziddiyat ana shunday birlik mavjud bo’lgandagina mumkin bo’ladi...» О’zbek tilidagi qo’shma gaplarda shakl va mazmun birligi gap sintaktik strukturasining ifoda planiga mos kelmasligi natijasida buziladi. Ya‘ni birdan ortiq denotativ voqeani aks ettirishga xoslangan sintaktik shakl faqat bir denotativ voqeani ifodalaydi. Natijada shakliymazmuniy nomuvofiqlik yuzaga keladiki, u tildagi ortiqchalik tamoyili asosida yuz beradi. Masalan, «Men sizga aytsam, kecha ajoyib o’tdi» gapida ergash gap (Men sizga aytsam) bosh gapga nisbatan nomuhimligi bilan ajralib turadi. Bu nomuhimlik oqibatda ergash gap predikatidagi ma‘nolarning (shart, payt) kuchsizlanishiga yoki mo’tadillashuviga olib keladi. Mo’tadillashuv asosida shaklan qo’shma gaplar mazmunan kirish tizimli sodda gaplarga aylanadi.
Xususan, G’.Abdurahmonov qo’shma gaplarni qismlarining semantik, grammatik, intonatsion munosabatlariga ko’ra 3 guruhga bo’lib o’rgandi. Bular:
1. Bog‘langan Qo‘shma gaplar.
2. Ergash gapli qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
M.Asqarova esa qo’shma gaplarni qismlarining mazmun munosabati, tuzilishi va bog’lanish yo’llari asosida 2 guruhga ajratdi:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergashgan qo‘shma gaplar.
Olima bog’lovchisiz qo’shma gaplarni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarning «o’tkinchi tipi» hisoblab, uni alohida tur sifatida ajratmaydi.
R.Sayfullayeva esa qo’shma gaplarni formal-funksional jihatdan tadqiq etib, uning quyidagi turlarini farqlaydi:

Download 57.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling