IMundarija
Qo’shma gap haqida hozirgi olimlarning nazariyalari
Download 57.75 Kb.
|
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Sodda gap
- 1. Tobelanish munosabati
1.2 Qo’shma gap haqida hozirgi olimlarning nazariyalari.О’zbek tilshunosligida qo’shma gaplarga oid ilk asar 1941- yilda H. G’oziyev tomonidan yaratildi. Olimning «Hozirgi zamon o’zbek tilida ergash gaplarning sostavi» nomli asarida qo’shma gaplarning tuzilishi haqida ma‘lumot berildi. 1955- yilda F. Kamolning qo’shma gaplarning maqomi, tasnifi masalasiga oid asari e‘lon qilindi. 60 - yillarga kelib, qo’shma gaplarning sintaktik tuzilishi, turlari masalasi G’.Abdurahmonov, M.Asqarova asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berildi. So’nggi yillarda qo’shma gaplarni semantik-sintaktik hamda shakl-vazifaviy yo’nalishda o’rganishga qiziqish kuchaydi. Buning natijasida sintaktik birliklarni umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida til va nutq bo’linishida o’rganish yo’lga qo’yildi. Tilshunos olimlar N.Mahmudov, A.Berdialiyev, S.Solixo’jayeva, R.Sayfullayeva va M.Qurbonovalarning qo’shma gap tadqiqiga oid asarlari mana shu yo’nalishdagi yirik ilmiy ishlardan hisoblanadi. Qo’shma gapni tashkil etuvchi bu qismlar turli bog’lovchilar yoki bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida yoxud ohang bilan o’zaro birikadi. Hozirgi zamon jahon tilshunosligi qo’shma gaplarni o’rganish yuzasidan katta yutuqlarga erishdi. Turkiyshunoslikda, xususan, o’zbek tilshunosligida ham qo’shma gap va uning tabiati masalasi maxsus o’rganildi. Ammo uzoq vaqt davomida qo’shma gaplar, asosan, bir jihatdan tadqiq etildi. Qo’shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar, asosan, rus tilshunosligida shakllangan qo’shma gap nazariyalari qolipi asosida yaratildi. Buning natijasida qo’shma gaplar, asosan, shakliy tuzilishi asosida o’rganildi, qo’shma gaplarning semantik tuzilishi masalasi ilmiy tahlildan chetda qoldi. Tabiiyki, bunday yo’l til hodisalarini to’g’ri tushunishga imkon bermaydi. Faqat so’nggi yillardan boshlab qo’shma gaplarni o’zbek tilining ichki xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etishga jiddiy kirishildi. О’zbek tilshunosligida qo’shma gaplarga oid ilk asar 1941- yilda H. G’oziyev tomonidan yaratildi. Olimning «Hozirgi zamon o’zbek tilida ergash gaplarning sostavi» nomli asarida qo’shma gaplarning tuzilishi haqida ma‘lumot berildi. 1955- yilda F. Kamolning qo’shma gaplarning maqomi, tasnifi masalasiga oid asari e‘lon qilindi. 60 - yillarga kelib, qo’shma gaplarning sintaktik tuzilishi, turlari masalasi G’.Abdurahmonov, M.Asqarova asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berildi. So’nggi yillarda qo’shma gaplarni semantik-sintaktik hamda shakl-vazifaviy yo’nalishda o’rganishga qiziqish kuchaydi. Buning natijasida sintaktik birliklarni umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida til va nutq bo’linishida o’rganish yo’lga qo’yildi. Tilshunos olimlar N.Mahmudov, A.Berdialiyev, S.Solixo’jayeva, R.Sayfullayeva va M.Qurbonovalarning qo’shma gap tadqiqiga oid asarlari mana shu yo’nalishdagi yirik ilmiy ishlardan hisoblanadi. Formal (an‘anaviy sintaksis) va semantik-sintaktik yo’nalishdagi tadqiqotlarda qayd etilishicha, har qanday sodda gap kabi qo’shma gap ham ifoda va mazmuni tomoniga ega. Biroq qo’shma gap mazmunan murakkabligi, sintaktik tuzilishining o’ziga xosligi bilan sodda gapdan tubdan farqlanadi. Mavjud sintaktik nazariyalarda qo’shma gaplarning sodda gaplardan, asosan, sintaktik, semantik tuzilishi, ohangi, qo’llanish darajasi kabi belgilari asosida farqlanishi ko’rsatiladi. Bular quyidagilar: 1. Qo’shma gap va sodda gap o’zaro sintaktik tuzilishiga ko’ra farqlanadi. Sodda gap bir predikativ birlikdan, qo’shma gap o’zaro uzviy bog’langan bir necha predikativ birlikdan tashkil topadi. Qiyoslang: 1. Sodda gap:Ta'tilda talabalar uylariga ketishadi. (O.) 2. Qo’shma gap:Men uyga taksida keldim , dugonalarim esa poyezdda ketishdi. (O.) Sodda gaplarda ba‘zan uyushiq kesimlar qo’llanadi. Bunday kesimlar turli harakat, belgi kabilarni anglatib kelsa-da, bir predikativ birlikni hosil qiladi. Masalan: Bir piyola choyni sovutib ichib, keyin aytdilar. (T.M.) Sodda gap va qo’shma gap mazmuniy tuzilishi jihatidan farqlanadi. Sodda gap bir voqelikni, qo’shma gap ikki yoki undan ortiq voqelik va ular orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Sodda gapda ham, qo’shma gapda ham sintaktik aloqaning ikki turi - tobelanish va tenglashish munosabati shakllanadi. Lekin bu sintaktik aloqalar sodda gap va qo’shma gapda birbiridan farqlanadi. Sodda gapda tobelanish so’z birikmasi qismlari orasida, tenglanish uning uyushiq bo’laklari orasida shakllanadi. Qo’shma gapda esa tobelanish ham, tenglashish ham ikki predikativ qism orasidagi munosabatni ko’rsatishda ishlatiladi. Masalan: 1. Tobelanish munosabati: Kelayotgan bo’lsang ,kutib turamiz. Download 57.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling