IMundarija


[WPm, WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gaplar


Download 57.75 Kb.
bet6/16
Sana24.10.2023
Hajmi57.75 Kb.
#1718582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

1. [WPm, WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gaplar. (Teng tarkibli qo’shma gaplar) Bunday qo’shma gaplarning mohiyati shundaki, qo’shma gap tarkibiy qismlarining markazi sanalgan kesimlar mustaqil qo’llana oladi. Shu sababli bunday gaplar tarkibiy qismiga nuqta qo’yib, ularni mustaqil sodda gaplarga ajratish mumkin.
2. [WPm WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gaplar. (Tobe tarkibli qo’shma gaplar). Bu turdagi qo’shma gaplarda birinchi gapning markazi (WPm) tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son kabi ma‘no va ko’rsatkichlarga ega bo’lsa-da, mustaqil sodda gap markazini shakllantira olmaydi, shu sababli doim tobe mavqeda keladi.
3. [WPm WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gaplar. (Mutanosib tarkibli qo’shma gaplar). Bunday qo’shma gaplarning mohiyati shundaki, ma‘lum bir ma‘noni ifodalash vazifasini bajarish uchun har ikkala qism tarkibidagi /Pm/lar bir-birini taqozo qiladi, biri ikkinchisiz shu ma‘no va vazifada qo’llana olmaydi.
Lisoniy birliklar serqirra mohiyatli bo’lganligi bois kamida ikkita paradigmaga kiradi. Shu sababli biror butunlikka kiruvchi lisoniy birlikni kamida ikki tomondan tasniflash mumkin bo’ladi .
Qo’shma gap ham lisoniy birlik sifatida murakkab tabiatli bo’lib , bu murakkalik uning lisoniy sathda tutgan o’rni , tarkibidagi soda gapning Grammatik shakli va bog’lovchi vositalari hamda mazmuniy munosabatining rang-barangligi bilan belgilandi. Shuningdek , qo’shma gap turlarini xilma-xil asoslarda turlicha tasniflash mumkin bo’ladi . Tasnif asosining aniqligi va izchil amalga oshirilishi masala mohiyatini oydinlashtirishda juda muhim .
Qo’shma gapning ma’noviy va struktur tasnifi ko’p hollarda o’zaro farqlanadi.
Formal sintaksis qo’shma gap tasnifida ko’p hollarda ularning nutqiy belgi-xususiyati , zohiriy alomatiga tayanadi . Substansial sintaksis tasnifi esa qo’shma gapning lisoniy mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi .
Qo’shma gap , avvalo , sodda va uyushgan gapdan o’z qurilish uslubining boshqachaligi bilan farq qiladi . Demak , umumiy lisoniy mohiyat sifatida gaplar qurilish qolipiga ko’ra dastlabki tasnifda uchga bo’linadi (Tasnifda gaplarning eng kichik qurilish qolipiga tayanamiz).
GAP:
  1. Sodda gap [WPm]


  2. Uyushgan gap [((S1-W1)(S2-W2))Pm]


  3. Qo’shma gap [WPm-WPm]


Bunda ,aytilganidek ,sodda va qo’shma gap tasnifning chekka, uyushgan gap oraliq vaziyatini egallaydi .


Qo’shma gap ham , o’z navbatida , qolipning tur va ko’rinishiga ega bo’ladi .
[WPm-WPm] umumiy qolipning yuzaga chiqishi turini , umumiy qolip bilan nutqiy ko’rinish orasidagi turli bosqichdagi oraliq qolipni aniqlash me’yori , belgi va mezonlarni muayyanlashtirmoq lozim bo’ladi .
Ma’lumki , qo’shma gapning tur va ko’rinishini o’rganishda sodda gapning eng kichik qolip asos qilib olingan . Sodda gapning eng kichik qolipi [WPm] dan iborat bo’lsa , mantiqan qo’shma gapning qurilish qolipi [W1Pm1-W2Pm2-W3Pm3* n ] dir.
Qo’shma gapning lisoniy qolipi [W1Pm1-W2Pm2-W3Pm3* n ]
Ekanligini azarda tutgan holda qo’shma gapning eng kichik qolipi uchun [WPm-WPm] ramzidan foydalaniladi .
Qo’shma gapning voqealanish usullarini belgilashda uch ko’rsatkichga tayaniladi :



  1. Download 57.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling