IMundarija


Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar


Download 57.75 Kb.
bet9/16
Sana24.10.2023
Hajmi57.75 Kb.
#1718582
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar.

Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro’y beradigan voqea –hodisani bildiradi hamda va , hamda, ham , -u , -yu , -da , bo’lsa , esa yordamchlari orqali bog’lanadi .


Va , hamda bog’lovchilari , ham yuklama-bog’lovchisi yordamida tuzilgan qoshma gplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea-hodisa yoki harakat ifodalanadi .Qiyoslang :
  1. Qo’shma gapda bir vaqtda yzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to’xtovsiz gapirar va uning so’zlari hammani qizqtirar edi .(P.T)


  2. Qo’shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg’oqda o’sgan o’tlarni silkitar edi .(S.Ahmad).


-da , -u (-yu) yuklamalarining biriktiruv bog’lovchli bog’langan qo’shma gap tarkibida qo’llanishi quyidagi holat kuzatiladi .


1. –da yuklamasi qo’shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko’ra tezroq bajarlishini ifodalaydi : Eshik g’irch etib ochldi-da , ruxsat so’rab Daveshali kirdi .
2. –u (-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini , sababini ,harakat yoki voqea-hodisaning to’satdan , kutilmaganda va ketma-ket bajarilishni ko’rsatadi: Shu payt to’satdan ko’cha eshigi ochildi-yu , Zunnunxo’ja xaloslagancha kirib keldi .
Bog’lovchi vazifasida qo’llanuvchi bo’lsa , esa so’zlari yordamida tuzilgan bog’langan qo’shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’lgan voqealar ifodalanadi , shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos , zidlik , izoh kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi . Masalan : Uning gavdasi juda katta , tovush bo’lsa juda baland edi .(Said .Ahmad)
Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar.
Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap qismlari o’z semantikasiga mos Grammatik shaklni talab qiladi . Shu sababli bunday qo’shma gap qismlarini bog’lashda ammo , lekin , biroq , balki zidlov bog’lovchilari , bu bog’lovchilar vazifasida qo’llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi . Ular mazmunan zid bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi .
Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning bir-biriga zidligi , shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmaganligi ifodalanadi . Masalan :Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum bo’lgani rost , lekin bundan bolaning xabari yo’q –ku !
-u (-yu) yuklamalari zidlov bog'lovchilari o'rnida qo'llanilib , zid munosabatdagi bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lashga xizmat qiladi . Ba'zi hollarda bu bog'lovchilar bilan birikkan qo'shma gaplarda -u (-yu) yuklamasi zidlikni kuchatirish uchun qo'llanadi . Masalan : Ishim nihoyatda ko’p-u , kelmaslikka ilojim yo’q .
Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda ba’zan zidli bilan birga to’siqsizlik munosabati ham shakllanadi . Masalan : Men u bilan gaplashmadim , lekin uning ko’zlari ba’zi –ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi .

Download 57.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling