Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar .
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi egash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu sababli , shu tufayli singari ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi . Ular bosh gapning tarkibida keladi .Masalan : Meni tomog’im og’rib qoldi , shuning uchun shifokorga bordim .
Deb so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplar .
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini , sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’pincha deb so’zi yordamida bog’lanadi va ergash gapning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi . Bunday gaplar tarkibidagi deb so’zi uchun ko’makchisi bilan ma’nodosh sanaladi , shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi .Ergash gaplar yozuvda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . Masalan : Gul barglari uchishadi , tushmayin deb qo’lingga . (H.Olimjon ).
Shart mayli vositasida ergashgan qo’shma gaplar.
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo’shimchasi egash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi . Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . Masalan: Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi .- shart ma’nosi; Yolg’iz qolsak , u menga hech narsa gapirmaydi .-payt ma’nosi .
Ko’rsatish olmoshli egashgan qo’shma gaplar .
Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi . Bu yuklama bosh gap kesmi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .Masalan : Shunday odamlar borki ,ular bilan gaplashib bahra olasan. Ba’zan bu bo’lak qo’llanmasligi ham mumkin , ammo uning o’rni bilinib turadi : Men istaymanki , hamma baxtli bo’lsa .
Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gaplarda bosh gap oldin keladi : Shunisi quvonarliki , sinfimiz o’quvchilari bir-biri bilan axil .
Do'stlaringiz bilan baham: |