Masalaning qisqacha o`rganilish tarixi : O`zbek tilshunoslari tomonidan so`z birikmasi ancha ko`p o`rganilgan. A.G`ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov, R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan. G`.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.G`ulomovlarning sintaktik tahlillarida quyidagi hal qiluvchi holatlarni qayd etib o`tish lozim: 1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim. 2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi. 3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga tayaniladi. A.Berdialiyev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem yo`nalish tahlili usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiyev qo`shma gap sintaksisi sohasiga sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar (sintaktik oppozisiya) kabi tushunchalarni olib kirdi.
Tadqiqot ob'yekti : o`zbek tilidagi qo`shma gaplarning o`ziga xos xususiyatlari. Tadqiqot predmeti : o`zbek tilidagi qo`shma gaplar
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
Tadqiqotning maqsadi – o`zbek tilidagi qo`shma gaplarning tasnifini ko`rib chiqish.
Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
1. Qo’shma gaplarning o’rganilish tarixini o’rganish.
2. Qo’shma gaplar haqida tilshunos olimlarning nazariyalarni o’rganish.
3. Qo’shma gap tasnifini o’rganish.
4. Qo’shma gapning turlarini o’rganish.
5. Ilmiy tadqiqot natijalarini "Hozirgi o`zbek adabiy tili", "Umumiy tilshunoslik" kurslarini o`qishda va maktab qo`shma gap mavzusini o`tishda qo`llash mumkin.
Tadqiqot uchun til materiali: sifatida hozirgi zamon o`zbek yozuvchilarning asarlar matnlari, og`zaki nutqdan ayrim misollar olindi.
Ishning tuzilishi va hajmi:
Kurs ishi ikki bob , umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: |