IMundarija
[WPm] lar egasi (E) bor-yo’qligiga , bir xil yoki boshqa xil ekanligiga; [WPm]
Download 57.75 Kb.
|
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Qo’shma gap turlari.
[WPm] lar egasi (E) bor-yo’qligiga , bir xil yoki boshqa xil ekanligiga;
[WPm] lar tarkibidagi [W] ning xususiyatiga (W larning bir xil yoki boshqa –boshqa bo’lishi , bir xil yoki har xil so’z turkumi bilan ifodalanishiga ) ko’ra ; [WPm] tarkibidagi [PM]larning bir xil yoki qisman bir xil ekanligiga ko’ra . II.BOB. Qo’shma gap turlari.2.1 Bog’lovchisiz qo’shma gap haqida ma’lumot .Qismlari o’zaro bog’lovchi vositalarsiz birikishidan tuzilgan qo’shma gap bog’lovchisiz qo’shma gap deyiladi . Bunday qo’shma gaplarda predikativ qismlarni mazmun va qurilish jihatidan bog’lashda intonatsiyz (ohang) yetakchi vazifa bajaradi . Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning qismlari ko’pincha tenglik intonatsiyasi orqali bog’lanadi .Masalan : Kunduzi salqin shabada esdi , kechga borib yomg’ir yog’di . Ba’zan bunday qo’shma gaplarning predikativ qismlari tobelik intonatsiyasi bilan bog’lanishi ham mumkin Masalan: Salim ham o’zicha quvonib qo’ydi : sintetik o’tovning narhi salkam ikki ming so’m…(P.Qodirov) Shuning uchun ham tenglik intonatsiyasi orqali tuzilgan bog’lovchisiz qo’shma gap mazmunan bog’langan qo’shma gaplarga , tobelik intonatsiyasi oqali tuzilgan bog’lovchisiz qo’shma gap ergashgan qo’shma gapga mos keladi . Ammo ba’zi bir bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasidagi intonatsiya tenglik va tobelik holatidan o’zgacha bo’ladi . Masalan: So’z doriga o’xshaydi , ortiqchasi zarar keltiradi . Bog’lovchisiz qo’shma gapning turlari: Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarining qanday shakllanishiga ko’ra , ikki xil bo’ladi: I . Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog’lovchisiz qo’shma gap. Bu xil qo’shma gap qismlarining kesimlari bir xil shakllangan bo’ladi . Masalan: Chin muhabbat husn tanlamas, Husn uchun sevmas vafodor . Bir tipdagi qismlarning tashkil topgan bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasidagi semantic munosabatlar quyidagicha bo’ladi . Bir paytda sodir bo’ladigan voqea –hodisalar anglashiladi : Motor esa zo’r berib tirillar , mashina silkinar edi. (Ch. Aytmatov). Ketma –ket ro’y beradigan voqea- hodisalar anglashiladi : Tog’ tepasida to’planayotgan bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi , oftob g’oyib bo’ldi . (P.Qodirov) Voqea – hodisalar qiyoslanadi : Bahodir qo’shinga boshchilik qiladi, donishmand yo’l ochib beradi . II. Turli tipdagi qismlardan tashkil topgan bog’lovchisiz qo’shma gap . Bu xildagi qo’shma gap qismlarining kesimlari turlicha shakllanadi . Bunday qo’shma gap qismlaridan anglashilgan voqea-hodisalar bir-biriga bog’liq bo’ladi . Masalan : Aqlli , farosatli , ilm-u hunarli kishilar bilan do’st bo’l. Hunasiz kishida xosiyat bo’lmaydi .(“Oz-oz o’rganib dono bo’lur”). Bog’lovchisiz qo’shma gapning bu turida tarkibidagi qismlar orasida quyidagi semantik munosabatlar yuzaga keladi : Sabab munosabati anglashiladi : Havo yaxshi, dalada dehqonlar yig’im –terim bilan ovora . (Oybek ) Nomadrdan yordam so’rama , yuzingga soladi .(Maqol) Payt munosabati anglashiladi : Quyosh pasayib oppoq cho’qqilar ustida qo’na boshladi , tog’ning qori ko’zni olar darajada yaltiraydi . (P.Qodirov). To’siqsizlik munosabati anglashiladi : Bular bizni oyoq osti qilib tepyapti , sen uyda baqirayib o’tiribsan. (P.Qodirov). Biz ilmdan yiroqmiz , tajriba bor , xolos . Natija munosabati anglashiladi :Shuncha xo’jalik yangi uylarga ko’chib kirdi Oyko’l butunlay o’zgarib ketdi . (P.Qodirov). Izoh munosabati anglashiladi : …bir nasa mening esimda turibdi : Oyko’l g’allani ko’p olgan yillari chorvasi ham hozirgidan besh barobar ko’p edi . (P.Qodirov). Shart munosabati anglashiladi : Ozroq kutib turgin , tez kelaman . Download 57.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling