IMundarija


Hol ergash gapli qo’shma gaplar


Download 57.75 Kb.
bet14/16
Sana24.10.2023
Hajmi57.75 Kb.
#1718582
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

Hol ergash gapli qo’shma gaplar .
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan qo’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti , payti , holati , miqdor-darajasi kabilarni bildigan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi . Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar , shart mayli shakllari ; sabab , maqsad , shart bog’lovchilari ; deb so’zi yordamida bog’lanadi. Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga muvofiq o’z ichida payt, o’rin , sabab , maqsad , shart , miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga bo’linadi.

To'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gaplar.

Bosh gap tarkibidagi to’diruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to’diruvchi egash gaplar deyiladi . To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap ksimi tarkibida qo’llanuvchi -ki yuklamasi yordamida boglanadi. Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda , ergash gap kesimi shaklida fe’llar bilan ifodalanadi va to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdan ldin keladi . Masalan : Kimki bo’lsa dilozor , undan el-u yurt bezor .


Gap qismlari -ki yordamida bog’langada esa to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdankeyn keladi , bosh gap tarkibida shunday , ayrim , ba’zi kabi olmoshlar qo’llanadi . Masalan : Aayrim olimlar borki , tarbiyaga e’tibor berishmaydi.
Ba’zan bosh gapning to’ldiruvchisi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin , ammo ning o’rni bilinib turadi .Masalan : Ahmadjon biladiki , dushman bu tepalikni haddan tashqari ko’p o’qqa tutdi .
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar .
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’satish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deyiladi.Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Aniqlochi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yordamida birikkanda ergash gap bosh gapdan oldin kelad , ergash gap tarkbida qanday , qaysi , kimning kabi olmoshlar , bosh gap tarkibida esa shunday , shu , o’sha olmoshlari qo’llanadi . Masalan : Qaysi oilada totuvlik bo’lsa , u oila doim barakali bo’ladi .
-ki yuklamasi vositasida birikkanda bosh gap doim oldin keladi , bosh gap tarkibida shunday , ayrim , ba’zi kabi olmoshlar qo’llanadi . Masalan : Shunday inson haqida xabar keltirdimki , har bir so’zi bebaho gavhardir .
Ba’zan bosh gapning aniqlovchi vazifasida kelgan shunday , shunaqa kabi so’zlar qo’llanmasligi mumkin , ammo uning o‘rni bilinib turadi : Odam borki, odamlarning naqshidir .

Download 57.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling