Inersiya momenti


Magnit maydon va uning xarakteristikalari


Download 53.75 Kb.
bet13/18
Sana07.02.2023
Hajmi53.75 Kb.
#1174796
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
fizika

25.Magnit maydon va uning xarakteristikalari Bio –savar –laplas qonuni. Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845-yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonuniga asosan aniqlanadi.
magnitlarning ikkita qutbga ega ekanini va ikkita magnitning joylashish vaziyatiga qarab ular tortishishi (qarama-qarshi qutblar) yoki bir-birini itarishi (oʻxshash qutblar) Bu hodisa magnit atrofidagi maʼlum bir sohada kuzatiladi. Ushbu soha magnit maydonni tasvirlaydi.
Bio – Savar – Laplas qonuni.
1820 yilda Fransuz olimlari J. Bio va F. Savarlar turli shakldagi tokli o’tkazgichlar magnit maydonini o’rganib, barcha hollarda magnit induksiyasi maydonni hosil qiluvchi tok kuchi, tokli o’tkazgich shakli va uning o’lchamlariga bog’liq ekanligini aniqladilar. Magnit induksiyasi vektor xarakterga ega ekanligiga e’tibor berib, (7.3–rasm) Laplas tajriba natijalarini umumlashtirib, tok elementi hosil qilgan ixtiyoriy nuqtadagi magnit induksiyasi vektori uchun quyidagi formulani keltirib chiqaradi:
Bio – Savar – Laplas qonunining tadbiqlari. To’g’ri tokli o’tkazgich magnit maydoni.
Kuzatilayotgan nuqta o’tkazgichdan R – o’uzoqlikda (7.4–rasm). Barcha tok elementlaridan A – nuqtada hosil bo’layotgan magnit induksiya vektorlari bilan to’g’ri chiziq ustida yotib, bir tomonga yo’nalgan bo’ladi (o’ng vint qoidasiga muvofiq). Shu tufayli dB – vektorining yig’indisini ularning moduli yigindisi bilan almashtirish mumkin.

Download 53.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling