Inersiya momenti


1.Fizika fani va uning tatqiqot usullari


Download 53.75 Kb.
bet17/18
Sana07.02.2023
Hajmi53.75 Kb.
#1174796
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
fizika

32.
1.Fizika fani va uning tatqiqot usullari
Fizika (grekcha: φυσικός — „tabiiy“, φύσις (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va o'zgarish qoidalarini oʻrganadi. Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuiyatlar va hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:

  1. Klassik mexanika

  2. Elektrodinamika va klassik maydon nazariyasi

  3. Kvant mexanikasi

  4. Statistik fizika va Termodinamika

  5. Optika va Spektroskopiya

  6. Molekulyar fizika

  7. Atom fizikasi

  8. Kvant maydonlar nazariyasi

  9. Gravitatsiya va Kosmologiya

  10. Kalibrlangan maydonlar va Supersimmetriya.

Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi
Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin:
1) qad. zamondan XVII asrgacha boʻlgan davr;
2) XVII asrdan XIX asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi;
3) XIX asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr.
2.Nuyton qonunlari.Implusning o’zgarish qonuni.Implusning saqlanish qonuni.
NYUТONNING BIRINCHI QONUNI Bu qonun quyidagicha: har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (Inersiya qonuni). Jismlar o’zlarining tinchlik holatini yoki harakatini saqlash qobiliyati inersiya deyiladi. Nyuton qonunlari inersial sanoq sistemada bajariladi. Noinersial sanoq sistemada Nyuton qonunlari bajarilmayd NYuТONNING IKKINChI QONUNI Bu qonunda 2 ta fizik kattalik kuch va massa ishtirok etadi. Kuch berilgan jismga boshqa jismlar tamonidan ko’rsatilayotgan ta’sirning miqdori bilan yo’nalishini ko’rsatadi. Massa esa jismning miqdor tomondan xarakterlaydi IMPULSNING SAQLANISh QONUNI N ta moddiy nuqtadan tashkil topgan sistemani qarab chiqaylik. Berilgan jismga sistemaning boshqa jismlari ko’rsatadigan ta’sir kuchini ichki kuchlar, sistemaga kirmagan jismlarning ta’sir kuchi esa tashqi kuchlar deyiladi. Agar tashqi kuchlar bo’lmasa, sistema yopiq sistema deyiladi. Sistemani tashkil etuvchi jismlar impulslarning yig’indisi, sistemaning impulsi deyiladi.



Download 53.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling