Inersiya momenti
eElektro magnit induksiya hodisasi.Faradeyning elektro magnit.Induksiya qonuni
Download 53.75 Kb.
|
fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27.O’zgaruvchan tok zanjjiri..Ozgaruvchan tok zanjirida to’la qarshilik . Oʻzgaruvchan tok
- Toʻla qarshilik
26.eElektro magnit induksiya hodisasi.Faradeyning elektro magnit.Induksiya qonuni.
Elektromagnit induksiya — magnit maydonida harakatlanuvchi oʻtkazgichda yoki berk kontur oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi magnit induksiya oqimi o'zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo'lish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1833). Elektromagnit induksiyaning xususiy holi oʻzaro induksiya va oʻzinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi Daniyalik olim G. Ersted 1820-yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan so`ng ingliz fizigi M. Faradey bu kashfiyot bilan tanishgach, shunday xulosaga keladi: modomiki, berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok hosil qilishi kerak. Bu xulosaning to`g`riligini Faradey 1831-yilda ko`p tajribalar asosida tasdiqlaydi. Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturda tok induksiyalanadi; magnit g`altakka yaqinlashtirilganda galvanometer strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g`altakdan uzoqlashtirilganda esa (magnit oqimi kamayib boradi)strelka boshqa tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tokning yo`nalishi o`zgaradi.. Demak, magnit induksiya oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan. 27.O’zgaruvchan tok zanjjiri..Ozgaruvchan tok zanjirida to’la qarshilik. Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi. Toʻla qarshilik (elektr hodisasida) — oʻzgaruvchan elektr toki zanjirida ketma-ket ulangan faol qarshilik va reaktiv qarshilik (induktivlik gʻaltagi va kondensator karshiliklari)dan iborat zanjirning oʻzgaruvchan tokka koʻrsatadigan qarshiligi. Agar chastotaning biror qiymatida induktiv qarshilik sigʻim qarshiligiga teng boʻlib qolsa, zanjirning Toʻla qarshiliki eng kichik qiymatga ega boʻladi. Download 53.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling