Информацион технологиялар


Download 8.02 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi8.02 Kb.
#1642806
Bog'liq
1 маруза


1-Маъруза
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari. AKT komponentlari. AKTning asosiy funksiyalari va vazifalari. Raqamli iqtisodiyot.
Axborot tushunchsi
Axborot - shaxs va maxsus qurilmalar tomonidan predmetlar, faktlar, hodisalar, va jarayonlarni aks etadigan ma'lumot xisoblanadi. Axborot signal (yorug'lik, tovush, elektr va boshqalar), axborot xabari (matn, grafik, nutq, vizual, audiovizual va boshqalar), rasmiylashtirilgan ma'lumotlar (belgilar, ko'rsatkichlar, parametrlar va boshqalar) shaklida mavjud bo'ladi.

Informatika soxasining asosiy tushunchasi bu – axborotdir.

Informatika soxasining asosiy tushunchasi bu – axborotdir.


Axborot almashinuvi
Fikr
Moliyaviy kelishuv

Axborot texnologoyalar

  • Texnologiya bu maxsolotni qayta ishlah, yaratish usullari majmuidir.
  • Axborot texnologoyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bo’lgan amallardir:
  • 1) axborotni saqlash;

    2) yig’ish;

    3) ishlash;

    4) saralash;

    5) uzatish va x.k.

Axborot texnologiyalari

  • Kompyuter tizimi – ma’lumotlarga ishlov berish, kiritish va chiqarish tizimi hamda xotira tizimi
  • Axborot tizimi– kompyuter, kompyuter tarmoqlari, foydalanuvchilar, axborot va dasturiy ta’minot.

Axborot texnologiyasi
Ma’lumot
Axborot
maxsuli
Texnologiyani qo’llash xususiyati

Axborot tizimlari va texnologiyalari


Axborot tizimi
Telekommunikatsiya tizimi
Kompyuter tizimi
Axborot kommunikatsion texnologiyalar– deganda axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va internet kompaniyalarining yaxlit butun texnik tizimi tushuniladi, ular axborot maxsulotlarini yaratish, ishlov berish, saqlash, tarqatish, ifodalash va foydalanish amallarining tizimli tashkil etilgan ketma-ketligini ifodalaydi.
AKTning ta’rifi taxlil qilinganda uni 3 ta asosiy segmentga ajratishimiz mumkin:
  • Axborot texnologiyalari soxasi.
  • Telekommunikatsiya soxasi.

  • 3. Internet-kompaniyalar.

Axborot texnologiyalari soxasi– intellectual va vositachi bo’lgan electron xizmatlarni ifodalaydi. Ular apparat ta’minot, dasturiy ta’minot va h.k.
Telekommunikatsion xizmatlar soxasi- extiyojlarni ta’minlovchi operatorlar va provayderlar faoliyatini birlashtiradi.
Internet-kompaniyalar - internet orqali o’z faoliyatini amalga oshiradigan firmalar bo’lib, ular maxsulotlarni tarmoq orqali tarqatish va sotish bilan shug’ullanadilar.
Ta’minotlar
  • Axborot taminoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional xolga kеltirishni o’z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo’yicha uslublar va vositalar yig’indisidir.
  • Dasturiy ta’minot - xisoblash tеxnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish datsuriy vositalari yig’indisidir.
  • Tеxnik ta’minot ma’lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo’llanuvchi tеxnik vositalar komplеksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi na’munaviy opеratsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi.
  • Xuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi xuquqiy mеyorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning xuquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o’rtasidagi shartnomaviy o’zaro munosabatlar mеyoriy aktlari, chеtga chiqishlarining xuquqiy tartibga solinishini o’z ichiga oladi.
  • Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini o’zida namoyon etadi.

Raqamli texnologiyalar
Raqamli texnologiyalar - bu axborot ma’lumotlarini kodlash va efirga uzatish usullariga asoslangan, nisbatan qisqa vaqt ichida turli xil muammolarni hal qilishga imkon beruvchi diskret tizim.
Raqamli iqtisodiyot nima?
Raqamli iqtisodiyotbu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida amalga oshirish tizimidir. Bazida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki web iqtisodiyot degan terminlar boilan ham ifodalanadi.
Raqamli iqtisodiyotni kim rivojalantiradi? Raqamli iqtisodiyotni joriy etishda va rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o’rni katta. Raqamli iqtisodiyot bilan aloqa o’rnatishda va undan foydalanishda turli dasturlar kerak bo’ladi.
Dasturlashrirish uchun nega talab katta?
Energetika soxasida
- Kuzatuv
-Taxlil
- Boshqaruv
- Ko’rinish
- Aloqalar
- Loyihalash
- Masofadan boshqarish
Demak dasturlashdan qaerda foydalanamiz?
Hayotimizning barcha sohalarida: kompyuterlarni boshqarishda, operatsion sistemalarda, mikrosxemalar dizaynlarida, tarmoq ulanishda va xakazo.
Nazorat savollari:
1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot-komunikasiya texnologiyalari eganda nimani tushunasiz?
3. Zamonaviy jamiyatda axborot-komunikasiya texnologiyalarining o’rni?
4. AKTni qo’llash mumkin bo’lgan sohalarni sanab bering?
Download 8.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling