Masalan: Men va sen keldik.
v) Juft so’z bir ega sanaladi va gapning bir bo’lagi bo’lib keladi.
Masalan: Qo’ydi – chiqdi eski zamondan qolgan yomon odam.
g) ma’lum tur gaplarga ayrim so’z bilan ifodalangan. Ega qatnashmaydi.
Masalan: Sen o’qidingmi? – o’qidingmi?
Kesimdagi predikativlik aforisnislari egani aniq ko’rsatib turadi. Bu gaplarda men, biz, sen ega bo’ladi. Bordim, bordik, bording kesim bo’ladi.
Kesim buyruq orqali fe’li bilan ifodalanadi. Ayt, o’qi, umuman odam o’ylanganda, kesim II yoki III shaxs formasidagi fe’l bilan ifodalanagan, gapdan anglashilgan fikr hammaga qaratailgan bo’ladi.
Masalan: Yerni hozir traktor bilan haydashadi.
Nimani eksang shduni o’rasan.
Sabr qilsang g’uradan holva bitadi.
Topishmoqlarning ba’zi turida ham ega qatnashmaydi. Ega bilan ifodalanishi kerak bo’lgan predmetning belgilarini bildiradi. So’zlar gapni hosil qiladi, faqat eganing o’rni ochiq qoladi, tinglovchi o’shani topadi.
Masalan: Kunduzi izzatda kechasi hizmatda. (Ko’rpa - yostiq).
Ba’zi gaplarda butunlay bo’lmasligi ham mumkin.
Shaxsi aniq gaplar.
Bunday gaplarda ega qo’llanmaydi, lekin u kesimdan aniq sezilib turadi.
Masalan: Eshiklar bilan derazalarni lang – lang ochib qo’ydilar.
Har kuni saraydoshlarini kuldirib turdim.
Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki:
1). Bunday gaplarda kesimning formasidan ega aniq bilinib turadi.
2). Kesimning buyruq, aniqlik mayllaridagi fe’llardan bo’lgan gaplarning egasiz qo’llanishi odatdagi hol bo’lib, bu xususiyat kesim birinchi va ikkinchi shaxsni ko’rsatganda ucharydi. Kesim istak maylidagi fe’ldan bo’lgan hollarda ham ega qo’llanmasligi mumkin.
Masalan: Ikki dunyoda aytmaydi, borib uxla!
(H.X. 104 b).
3). Gapning egasiz qo’llanishi dialoglarda ko’p uchraydi.
Masalan: Qayerga taklif qilmoqchisan?
Qayerni desang, o’sha yerga, qaysi kunni desang o’sha kuni.
(H.X. 103 b).
Yuqoridagi misollar o’rniga qarab egasini qo’llash bilan ikki sostavli gapga aylantirish mumkin.
Ammo topishmoq, maqollarda shaxsi aniq bo’lsa, ammo egani qo’llab bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |