Innovatsiya-ziyo


ilk davri, notiqlik nazariyasi, ritorika, logograflar, notiqlik turlari


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

ilk davri, notiqlik nazariyasi, ritorika, logograflar, notiqlik turlari.
N otiqlik san’atining shakllanish sabablari. Miloddan oldin 
qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san’ati degan alohida bir ilmiy- 
amaliy yo‘nalish paydo bo’lgan.
Afinada notiqlik san’atining shakllanishi va rivojiga sud-tartibot 
tizimi turtki boTgan. 0 ‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki 
da’vogar o ‘z fikrlarini ishonarli tarzda asoslab berishi uchun to‘g ‘ri va 
ravon gapira olishi lozim edi. Biroq har qanday shaxs ham bunday 
qobiliyat va malakaga ega boTavermagan. Shuning uchun fiiqarolarga 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, fikrlarini tartibga solib, yozib bera oladigan 
zukko, bilimdon va malakali shaxslar zarur boTgan. Ehtiyoj yunoncha 
logograf deb ataladigan, tajribali, qonunni yaxshi biladigan dastlabki 
notiq advokatlami shakllantirgan. Ular sudda qatnashayotgan 
ayblanuvchi va da’vogarlarga ko‘maklashib, evaziga haq olganlar.
N otiqlik san’atining ilk davri. Logografiya notiqlik san’atining 
rivojiga olib kelgan. Keyinchalik notiqlik boshqa sohalarga ham kirib 
borgan. Hukmdor va amaldorlami, yurt va vatanni madh etuvchi 
notiqlar, ritorlar yetishib chiqqan. Ritorlar notiqlik masalalari bo‘yicha 
ta ’limiy faoliyat ham yuritgan. Notiqlik so‘z san’atiga aylanib,
29


keyinchalik adabiy janr darajasiga ko'tarilgan. Bunda falsafiy oqimni 
tashkil etgan sofistlaming xizmati katta bo‘lgan.
Ritorikaning asl vatani Sitsiliya oroli hisoblanadi. Miloddan 
aw algi 5-asr o‘rtalarida Sitsiliyada demokratiyaning y o ig a qo‘yilishi 
notiqlik taraqqiyotiga ta’sir ko'rsatgan. Manbalarda qayd etilishicha, 
Gorgiy ismli sofist taxminan 427-yilda o‘z shahri Leontina uchun 
harbiy yordam so‘rab maxsus elchi siiatida Afinaga keladi va xalq 
majlisida so‘zlagan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot 
qoldiiadi. Shundan keyin davlat rahbarlari taklifi bilan Gorgiy Afinaga 
butunlay ko‘chib keladi va shu yerda ritorika maktabi ochadi. O lz 
shogirdlariga so‘z san’ati va boshqa fanlami o‘rgatish bilan birga 
voizlik bilan ham shug‘ullanadi. Gorgiy, asosan, mifologik mavzularda 
tantanali nutq so‘zlagan. Bizgacha uning “Yelena” va “Palimed” 
sarlavhali ikkita yozma asari yetib kelgan.
Gorgiy notiqning uch jihatiga alohida urg'u beradi:
1) ishontira olish.
2) maftun etish.
3) ijobiy taassurot qoldirish.
Gorgiy uslubni maftun etishning asosiy vositasi hisoblaydi. 0 ‘z 
asarlarida uning yorqin namunalarini qo‘llaydi. Gorgiy asarlari 
tantanali epitet (jonlantirish), metafora (o'xshatish) va majoziy 
ifodalarga juda ham boy. Uning nutq uslubi “jimjimador uslub” deb 
nom chiqargan.
Qadimgi Yunonistonning mashhur logograflaridan yana biri 
miloddan aw algi taxminan 459-380-yillarda yashab ijod etgan Litsiy 
sanaladi. Litsiy logograf sifatida ehtiyojmandlaming ichki dunyosini 
o‘rgangan. U shaxsning xususiyati - kimligi, dunyoqarashi, 
psixologiyasi va maqsadidan kelib chiqqan holda ularga mos nutq 
tayyorlagan. Litsiy bitgan nutq shuning uchun kuchli asar maqomiga 
ega bo‘lib, ishtirokchilami larzaga solgan. Uning yaratgan nutqlari 
sotsial-psixologik xoslanganligi bilan boshqa logograflamikidan ajralib 
turgan.
Yunonlarda sud notiqligi ta’sirida harbiy, siyosiy notiqlik 
yo‘nalishlari ham vujudga kelgan. Keyinchaliik notiqlik ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarini qamrab olgan, umuman so‘z san’atiga 
aylanib, badiiy adabiyotning tragediya, komediya kabi janrlari 
shakllanishiga, notiqlik nazariyasi - ritorikaning vujudga kelishiga 
sabab bo‘lgan.
30


Notiqlik nazariyasining vujudga kelishi. Notiqlik - ritorikaning 
keyingi taraqqiyotida falsafa, mantiq, she’riyat, notiqlik san’ati va 
nazariyasiga bag‘ishlangan asarlari bilan dong taratgan Aristotelning 
xizmatlari juda katta. 
Ma’lumki, Aristotel yashagan davrda 
(mil.aw.384-322-y.) Afinada chiroyli so'zlash madaniyati qaror 
topgan. Falsafiy-pedagogik maktablar qatorida notiqlik maktablari ham 
vujudga kelgan. Notiqlik bo‘yicha nazariy va amaliy manbalar 
yaratilgan. Shunday qo‘llanmalardan bin Aristotelning “Ritorika” 
asaridir. Olim uni miloddan aw algi 330-yillarda - Afinaga so'nggi 
safaridayozgan.
“Ritorika” uch kitobdan iborat:
• chiroyli so‘zlash san’ati to‘g‘risida;
• ishontirish uslublari haqida;
• nutq mantiqiga doir.
Olimning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, ya’ni 
so'zlaming noto‘g ‘ri va noo‘rin talafiuz qilinishi, jumlalaming 
mantiqan har xil tuzilishi - so'zlovchining katta xatosi. U har bir 
aytilgan noto‘g‘ri gap insonning boshiga yetishi mumkinligini alohida 
qayd etadi.
Aristotel notiqlik san’atini quyidagi unsurlarini ajratadi:
1) qiziqarli matn;
2) qulay reja;
3) yodlash.
4) ifoda.
Bu tizim bugungi kunda ham qimmatini aslo yo'qotmagan.
Qadimgi Yunonistonda Rimga yaqin Arpina shahrida Sitseron 
(mil.av. 103-43) notiqligi va ritorligi bilan mashhur bo'lgan. Oilasi 
Rimga ko‘chib kelgach, Sitseron notiqlik va falsafodan tahsil oladi. 
Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng 25 yoshida ilk marta - dastlab 
foqarolik, so‘ng jinoiy ish jarayoni bo‘yicha nutq so‘zlaydi. Biroq bu 
nutqi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi - davlat amaldorlari unga qarshi 
chiqishadi. U ritorika va falsafa bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga 
kirishadi. Kichik Osiyo shaharlarini kezib, tajriba o ‘rganadi. Natijada 
Qaysar (Sezar) hukmronligi davrida mashhur notiq va davlat 
siyosatchisi sifatida ulug‘ maqomlarga ko‘tariladi. Tajribalari asosida 
“Brut” hamda “Notiq” sarlavhali asarlarini yaratadi. Uning “kimki jo ‘n 
narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o rta darajada, 
ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z
31


san’atining chinakam ustasi bo'ladi” degan hikmatlari hozir ham 
ahamiyatini yo‘qotmagan.
Sitseron Qaysar vafotidan so‘ng hokimiyatga chiqqan Oktavianga 
bo'ysunmaydi. Hukmdor so'z san’atining mohir ustasini shafqatsiz 
jazoga hukm etadi.
0 ‘limidan so‘ng Sitseron ta’limoti uyg'onish davri yevropasini 
zabt etdi. Insonparvar olimlar uning qarashlarini chuqur va atroflicha 
tadqiq etdilar.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling