Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
Is’hoqxon Ibrat(1862—1937). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning
birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik allomalardan biri Is’hoqxon Ibratdir. U ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaachilaridan biri, sayyoh, kalligraf, naqqosh, otashin publitsist va ilg‘or pedagogdir. Ibratning asli ismi Is’hoqxon, otasining ismi Junaydulla bo‘lib, Ibrat uning adabiy taxallusidir. Is’hoqxonning o‘ziga «Ibrat» taxallusini olishning boisi shundaki, u ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma’rifatparvar shoir, olim sifatida nom chiqaradi va kishilarni zamon ilmidan, ilg‘or madaniyatdan, ta’lim- tarbiyadan o‘rnak olishga chaqiradi. Shuning uchun ham o‘ziga «Ibrat» taxallusini tanladi. Is’hoqxon 1279 hijriy (1862-milodiy) yilda Namangan yaqinidagi To‘rqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘iladi. Uning otasi Junaydullaxo‘ja Sunnatillaxo‘ja o‘g‘li ancha bilimli sohibkor bog‘bonlardan edi. U adabiyotga, she’riyatga ancha ixlos qo‘ygan va «Xodim» taxallusi bilan birmuncha she’rlar bitgan kishi bo‘lgan. Onasi Huribibi, o‘z davrining o‘qimishli, oqila ayollaridan bo‘lib, o‘z uyida qishloq qizlarini o‘qitardi. Huribibi ham adabiyot ixlosmandi bo‘lib, u ham she’r yozgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Jomiy, Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli mashg‘ulot hisoblanardi. Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Is’hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo‘lishi uchun asosiy omil bo‘lgan. 1870-yilda Junaydullaxo‘ja vafot etib, Is’hoqxon otadan juda erta yetim qoladi. Huribibi otinlik qilib, o‘z maktabida o‘quvchilarga darsni yod oldirish bilan cheklanmay qizlarga yozishni, husnixatni o‘rgatar edi. Is’hoqxon ham yoshligidan husnixatga qiziqdi va o‘zining bo‘sh vaqtlarini ana shu san’at sirlarini o‘rganishga bag‘ishladi. Adabiyot va san’atga zo‘r muhabbat qo‘ygan Is’hoqxon ancha mukammal savodga ega bo‘lgach, o‘qishni davom ettirish 290 uchun uni Qo‘qonga yuboradilar. U Muhammad Siddiq Tunkator madrasasiga 1878-yilda o‘qishga kiradi. Is’hoqxon Ibrat madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmay, mustaqil ta’lim oladi. Madrasada arab va fors tillarini chuqur o‘rganish bilan birga bo‘sh vaqtlarida rus tilini ham mustaqil o‘rganadi. Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda Qo‘qon madrasasini tugatib, o‘z qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytib keldi va u o‘z ijodini ilg‘or o‘qituvchi sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O‘sha yili u o‘z qishlog‘ida maktab ochadi. Is’hoqxon ochgan maktab eski mahalla maktablaridan ancha farq qilardi. Is’hoqxon o‘z maktabiga nisbatan ilg‘or bo‘lgan tovush (savtiya) metodini tadbiq qildi va usuli savtiyaning eski metod tarafdorlaridan himoya qiladi. Ibrat Sharq mamlakatlari va Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina hamda Rim singari markaziy shaharlariga sayohat qiladi. 1892-1896-yillarda Hindistonning eng katta port shaharlari Bombay va Kalkuttada yashadi. Is’hoqxon Ibrat u yerlarda ko‘p ishlatiladigan arbail lisonni, ya’ni to‘rt tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini, o‘sha yerlik xalq hayotini, madaniyati va san’atini o‘rganadi. Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgandi. Is’hoqxon 1896-yilda Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so‘ngra Qashqarga o‘tdi. Qashqardan o‘z vatani Namanganga qaytib keldi. Is’hoqxon Ibrat chet ellarda olim va fozil kishilar bilan, ular qaysi din yoki qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, yaqin aloqada bo‘ldi. U olti tildagi: arabcha, forscha, hindcha, turkcha, sartcha (o‘zbekcha) va ruscha so‘zlarni o‘z ichiga olgan «Lug‘ati sitta-al-sina» nomli mukammal lug‘at kitobini yaratdi. Muallif ruscha yozuv tizimini bilmaydiganlarga ham qulay bo‘lsin uchun rus so‘zlarini arab yozuvi bilan beradi. Ma’lumki, rus va Yevropa so‘zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab ish, lekin Is’hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli hal qildi. 291 Is’hoqxon Ibratning mazkur «Lug‘ati sitta-an-sina» asari bir necha yillik sarguzashtlardan so‘ng 1901-yilda Toshkentda nashrdan chiqdi. Mazkur lug‘at ilg‘or pedagoglar tomonidan ochilgan usuli savtiya maktablarida ham rus tilini o‘rganishda birdan-bir darslik qo‘llanma sifatida foydalanib kelindi. Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Is’hoqxon Ibrat ancha mukammal «Jome’ul xutut» («Yozuvlar majmuasi») nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarda muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi piktografik yozuvlardan, to so‘nggi davr eng mukammal yozuvlarigacha bosib o‘tilgan tarixiy taraqqiyotni yoritib berishga harakat qildi. Olimning mazkur asari anchagina katta hajmda — 132 betdan iborat bo‘lib, 1912-yilda o‘zining bosmaxonasi «Matbaai Is’hoqiya»da nashr qilindi. «Jome’ul xutut» asarida dunyoda mashhur bo‘lgan 41 xil yozuv tizimi haqida, shu jumladan, arab xatining suls, tavke’, rayxon zulf, xumoyun, turra kabi shakllari haqida ma’lumot berilgan va shu bilan birga unda husnixat san’atiga oid fikrlar bildirilgan. Ibrat ushbu asarida ingliz, fransuz, nemis, latin kabi chet tillarni o‘rganish ham ilm-fan va madaniyatni egallashda katta rol o‘ynashini alohida ta’kidlaydi. Is’hoqxon Ibratning jahon xalqlari tarixiga bag‘ishlangan mazkur «Jome’ul xutut» asarining nashr etilishi, o‘zbek matbaachiligi madaniyati tarixida, yozuvlar tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U o‘zining «Tarixi madaniyat» asarida xabar berishicha, keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy tarixiy, lingvistik, pedagogik asarlar va 30 yillik poetik ijodining majmui bo‘lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to‘plamini yaratdi. Is’hoqxonning tilshunoslikka oid «Lug‘ati sitta-al-sina», «Jome’ul xutut» asarlaridan tashqari tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg‘ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezonul zamon» ilmiy asarlari bizgacha yetib kelgan 16 . Is’hoqxon Ibrat «Tarixi Farg‘ona», «Tarixi madaniyat», «Mezonul zamon» asarlarida ham o‘zining pedagogik-ma’rifatparvarlik qarashlarini ilgari surdi. 16 К.Хошимов, С.Нишонова. Педагогика тарихи. Дарслик.-Т., Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти-2005,230б 292 Is’hoqxon o‘zining chet el sayohatida texnika va madaniyat rivojlangan ulkan shaharlarda bo‘ldi. Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg‘or bo‘lgan maktabni ochdi. 1907-yilda esa ikkinchi marta qishloq bolalari uchun eski maktablardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savtiya maktabi ochdi. Bu maktabda o‘z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonlarni ham 25 nafar qishloq bolalarini o‘qitdi. Maktab o‘z uyida, yorug‘ derazali xonaga joylashgan bo‘lib, u yangicha o‘quv qurollari — parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska kabilar bilan jihozlangandi, o‘qish-o‘qitish ishlarini bo‘lsa, u o‘zi tuzgan dasturi asosida olib bordi. Is’hoqxon o‘z maktabida o‘zining «Lug‘ati-sita-al-sina», «San’ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» asarlaridan, Turkistonda rus-tuzem maktablarining asoschisi va bunday maktablar darsliklarining birinchi avtori S.M.Gramenitsskiy uch qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» (O‘qish kitobi), rus-tuzem maktablarining birinchi o‘zbek o‘qituvchisi va bu maktablar uchun o‘zbek tilida darslik yaratgan Saidrasul Saidazizovning «Ustod avval», Ali Asqar ibn Bayramali Kalininning «Ta’limus soniy», Namangan rus-tuzem maktabining o‘qituvchisi M.M.Oraqulovning 1887 yilda nashr qilingan «Samouchitel» russkogo yazo‘ka dlya russko-musulmanskix shkol» kabi darslik va qo‘llanmalaridan foydalandi 17 . U o‘z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qildi. Ilg‘or o‘qituvchi sifatida bolalarni maktabdan bezdiruvchi, o‘qituvchiga nisbatan nafrat uyg‘otuvchi tan jazosiga birinchilardan bo‘lib barham berdi. Is’hoqxon faqat maktabda emas oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o‘ta noto‘g‘ri usul ekanligini alohida ta’kidlaydi. Is’hoqxon Ibrat ilg‘or pedagoglar orasida birinchi «qaldirg‘ochlardan» bo‘lib, 1914-yilda To‘raqo‘rg‘onda rus maktabi ochdi va uni «Uchitel» nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916-yilgacha To‘raqo‘rg‘on va qo‘shni qishloqlardan 17 К.Хошимов, С.Нишонова. Педагогика тарихи. Дарслик.-Т., Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти-2005,233б 293 30 nafar o‘quvchi tahsil ko‘rdi. Ibrat bu maktabiga rus o‘qituvchilarni ham jalb qildi, o‘zi ham o‘qituvchilik qildi. Maktab 1916-yilda yopildi. Is’hoqxon Ibrat 1907-yilda Rossiyaning Orenburg shahriga boradi. U yerdagi madaniyat, san’at va texnika yangiliklari bilan yaqindan tanishadi. Is’hoqxon Orenburgdagi Gaufman degan matbaachidan, pulini 10 yil mobaynida to‘lash sharti bilan kreditga (1901-yilda chiqqan) litografik mashina sotib oladi. 1908-yilda o‘zi qurdirgan hammom o‘rnida «Matbaai Ishoqiya» tashkil qildi. Bu litografiya o‘z faoliyatini ilm-ma’rifat tarqatishdan, maktablar uchun darslik-qo‘llanmalar nashr qilishdan boshladi. Xalq o‘rtasida kitob va turli risolalarga talabning ortishi natijasida litografiya 1910-yilda Namangan shahriga ko‘chirildi va tipolitografiyaga aylantirildi. Bu davrda matbaa Turkiston miqyosida katta ahamiyat kasb etdi, “Matbaai Is’hoqiya”da katta hajmdagi asarlar ham nashr qilina boshlandi. Is’hoqxonning husnixatga, xat-savod chiqarishga bag‘ishlangan «San’ati Ibrat», «Qalami Mirrajab Bandiy» risolasi, «Ilmi Ibrat» nomli she’rlar to‘plami, yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan «Jome’ul xutut» kabi ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan risola va kitoblari o‘zi tashkil qilgan matbaada nashr etildi. Ma’rifatparvar Is’hoqxon xalqning bilim saviyasini yanada oshirish niyatida kutubxona tashkil qilishga kirishadi, u yana tashabbusni o‘z qo‘liga olib o‘z uyida anchagina boy kutubxona tashkil qildi va uni «Kutubxonai Ishoqiya» deb ataydi. Ibratning ma’rifatparvarlikka oid faoliyatining tub mohiyati shundaki, uning xoh ilm-ma’rifatga chorlovchi she’rlarida, xoh publitsistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy faoliyatida bo‘lsin, inson taqdiri birinchi o‘ringa olib chiqiladi. Is’hoqxon Ibrat o‘z she’rlarida xalq farzandlarini dunyoviy bilimlardan bahramand qilishga chorladi. Is’hoqxon Ibrat bu davrda ijodiy ish bilan bir qatorda jamoat ishlari ham olib bordi. U qishloqni obodonlashtirish, maorif, madaniyat, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashda faol qatnashdi. Maktablar ochish, malakali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling