Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
beqaror, qat’iy emas, og‘uvchan, tebranuvchi. fluctuation nf o‘zgarish, o‘zgaruvchanlik, beqarorlik; la fluctuation du change fin kursning o‘zgarishi (valuta); la fluctuation des prix bahoning o‘zgarishi. fluet, ette adj nozik, zaif, nimjon, qiltiriq. fluide I. adj 1. oquvchan, oqar, suyuq, oqib ketadigan; 2. vaznsiz, qushday yengil, tutqich bermas; 3. ravon, silliq; II. nm 1. suyuq jismlar, gazli jismlar; 2. fluid (spiritlar tasavvuricha go‘yo odam yoki hayvonlar tanasidan chiqadigan yohud biror narsada nurlanadigan allaqanday psixik toklar). fluidifier vt gaz holati; suyultirmoq. fluidité nf suyuq holat; gaz holati. fluor
nm chim ftor. fluorescence nf chim fluoressensiya. fluorescent, ente adj phys shu’lalanuvchi, fluoressent; un écran fluorescent shu’lalanuvchi ekran. flûte I. nf 1. fleyta, nay; une petite flûte fleyta pikkolo; 2. fleyta chaluvchi; 3. uzunchoq, cho‘zinchoq non; 4. fujer, qadah; 5. pl fam oyoq; jouer des flûtes chopmoq, yugurib ketm oq; II. intj flûte! jin ursin! flûté, ée adj ohangdor, yoqimli, xushohang; voix flûtée yoqimli, ohangdor ovoz. flûtiau
nm hushtak (o‘yinchoq). flûtiste n fleyta chaluvchi, naychi. fluvial, ale, aux adj daryoga oid, daryo, daryoda bo‘ladigan; la navigation fluviale daryo kemachiligi. flux nm 1. dengizda suv sathining ko‘ tarilishi; 2. oqim, oqish, oqib ketish, oqib tushish; yog‘ilib, oqib kelish; un flux lumineux nur oqimi; un flux de paroles fam ezmalik, ko‘p gapirish; 3. techn flus (rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qo‘shiladigan modda). fluxion nf méd quyilish (qon yoki tanadagi boshqa suyuqliklar), yallig‘lanish; vx fluxion de poitrine o‘pka yallig‘ lanishi; fluxion à la joue pilla, milkning yiringlashi. foc nm kliver (kemaning oldingi qismidagi uchburchak yelkan); fok (kemalarda oldingi machtaning pastki yelkani). focal, ale, aux adj phys fokusga oid; la distance focale fokus masofasi.
FOCALISER
FONDÉ
232 focaliser vt 1. fokusni topmoq, bir nuqtaga qaratm oq; 2. bir yerga to‘plamoq, bir narsaga qaratmoq, jalb etmoq (diqqat-e’tiborni, fikrnia, xayolni). fœtus
nm 1. biol embrion, pusht, hom ila; 2. bot tuguncha, urug‘don. fœtal, ale, aux adj biol embrionga, pushtga, murtakka oid, embrion, murtak, embrionlik, murtaklik. foi nf 1. ishonch, e’ tiqod; 2. sodiqlik, vafodorlik, to‘g‘rilik, rostlik, ishonchlilik, qat’iylik; 3. ishonch, ishonish; la bonne foi to‘g‘rilik, haqgo‘ylik, halollik, vijdonlilik; de bonne foi samimiy, sofko‘ngilli, yaxshi niyatlar bilan; les hommes de bonne foi vijdonli, halol odamlar; la mauvaise foi vijdonsiz, insofsiz, niyati buzuqlik; digne de foi ishonchga loyiq; 4. qat’ iy ishonish; une profession de foi qat’iy ishongan, astoydil ishongan; 5. va’da, so‘z, gap, lafz; ma foi, par ma foi rostini, ochig‘ini, to‘g‘risini aytganda, menimcha; vijdonan qasam, ont ichaman. foie
nm jigar; du foie gras g‘oz jigari (taom); l’huile de foie de morue baliq moyi. foin 1
nm 1. pichan, xashak; faire les foins pichan, xashak o‘rmoq; faire du foin fam janjal, to‘polon ko‘tarmoq; 2. o‘rish uchun mo‘ljallangan o‘t. foin 2
intj vieilli foin de tupurdim, jin ursin. foire
1
nf 1. yarmarka, bozor; une foire aux livres kitoblar yarmarkasi; la foire du Trône yarmarka, sayil (Parijda); un champ de foire yarmarka, bozor maydoni; faire la foire aysh-ishrat qilmoq; 2. fam shovqin-suron, qiy- chuv, g‘ala-g‘ovur. foire
2 nf vulg vieilli ich ketish, ichburug‘. foirer vi 1. vulg vieilli ichi ketmoq, tirraqilamoq; 2. fig tutolmaslik, ushlamaslik (vint, gayka haqida); 3. fam muvaffaqiyatsizlikka uchramoq, barbod bo‘lmoq, ishkal bo‘lmoq, amalga oshmay qolmoq. foireux, euse I. adj 1. vulg ichi ketgan, ichburug‘ bo‘lgan, ichiketar, tirraqi; 2. fam vieilli qo‘rqoq, yuraksiz, quyon yurak; 3. fam muvaffaqiyatsiz, omadsiz, o‘nggidan, baroridan kelmagan, o‘ngmagan; II. n 1. vulg ichburug‘dan, ich ketishdan qiynalgan kishi; 2. fam qo‘rqoq, yuraksiz kishi. fois
nf marta, yo‘la, mahal; une fois par jour kunda bir marta; cette fois- ci bu safar; maintes fois, de nombre de fois ko‘p marta; la prochaine fois kelgusu safar; une fois ou l’autre shu yoki boshqa mahal; à une autre fois kelgusi safar; pour une fois bir safar; une fois parti, je ne reviendrai plus bir ketdimmi, boshqa qaytib kelmayman; des fois fam ba’zan, ba’zida, goh- goh, gohida; y regarder à deux fois puxta, yaxshilab o‘ylab ko‘rmoq, chuqur mulohaza qilmoq; deux fois deux (font) quatre ikki karra ikki to‘rt; loc adv à la fois darhol, tezda, bir vaqtda, ayni zamonda; une bonne fois hech bo‘lmasa bir marta; une fois pour toutes batamom; loc conj une fois que bir yo‘la, karra, zahoti, zamon. foison I. loc adv à foison juda ko‘p, mo‘l, serob, to‘kinchilikda; II. nf baraka, mo‘ llik, seroblik, ko‘plik; une foison d’exemples juda ko‘p misollar. foisonner vi 1. (en, de) to‘lib-toshib yotmoq, boy, serob, mo‘l-ko‘l bo‘lmoq, juda ko‘p bo‘lmoq; 2. ko‘paytirmoq, urchitmoq, bolalamoq; 3. hajmi ortmoq, haddan tashqari; 4. shishmoq, do‘ppaymoq, qoppaymoq. foisonnant, ante adj 1. juda ko‘p, mo‘l-ko‘l; 2. haddan tashqari kattalashib ketayotgan, shishayotgan. foisonnement nm 1. ko‘plik, mo‘llik, seroblik, ortiqchalik, serobgarchilik; 2. haddan tashqari kengayish, kattarish. follement adv 1. o‘ylamasdan, mulohaza qilib ko‘rmay, aqlsizlarcha, tentaklarcha; 2. juda ham, haddan tashqari, g‘oyat(da), o‘lguday. follet, ette adj 1. beaql, esi yo‘q, tentak, jinni, ko‘ngliga kelganini qilaveradigan, bema’ni, ahmoqona ish tutadigan; un fou follet goh u yerda, goh bu yerda ko‘rinadigan shu’la (lip-lip yonib ko‘rinadigan shu’la); II. nm jin, ajina; III. nf bot salat sho‘rasi, olabuta. folliculaire nm bema’ni yozuvchi (bemaza asarlarni yozib tashlaydigan adib); yomon qilib yozadigan, dasxati xunuk odam. follicule nm anat qopchiq, xalta, xaltacha, follikul. fomentateur, trice n g‘alamis, ig‘vogar, fitnachi, vas-vasaga soluvchi, sababchi. fomenter vt yomon ishga undamoq, gij-gijlamoq, qo‘zg‘amoq, qo‘zg‘atmoq, avj oldirmoq, keskinlashtirmoq, kuchay tirmoq, oshirmoq. foncé, ée adj to‘q (rang, bo‘yoq haqida); vert foncé to‘q yashil, to‘q ko‘k. foncer I. vi 1. (sur) tashlanmoq, hujum qilmoq; 2. fam ish-harakatini juda tez bajarmoq, ijro qilmoq, yelmoq, yeldek uchmoq, yeldek uchib, tez bormoq, jadal yurmoq, ilgarilamoq; II. vt 1. tubiga qo‘ymoq, joylashtirmoq (bochkada); 2. chuqurlashtirmoq; o‘ymoq (shaxta haqida). foncier, ière adj 1. yerga, yer egaligiga oid, yer; un propriétaire foncier yerdor, yer egasi (burjua dvoryan hokimiyatida); l’impôt foncier yer solig‘i; un crédit foncier yer krediti (qog‘ozi); 2. o‘ziga xos, tabiiy, tug‘ma, odatdagi; asosiy, tub, bosh, eng muhim, juda katta, ikki baravar ortiq, alohida, zo‘r; 3. nm yer solig‘i. foncièrement adv mustahkam, chuqur, puxta, ko‘ngil tubida, ko‘ngilda, ich-ichidan, chin ko‘ngildan; il est foncièrement honnête u benuqson, sof, oq ko‘ngil, vijdonli. fonction nf 1. xizmat, lavozim, vazifa; être dans l’exercice de ses fonctions o‘z xizmatlik vazifalarini (burch, majburuyat) ijro qilmoq; faire fonction de sifatida xizmat qilmoq; kimnidir majburiyatini ijro qilmoq; s’acquitter de ses fonctions o‘z vazifasini uddalamoq; 2. harakatga kelish, ishlash, faoliyat, xizmat; être fonction de bog‘liq bo‘lmoq, qaram, tobe bo‘lmoq; en fonction de loc prép muvofiq, mos ravishda; 3. être en fonction ishlab turmoq; mettre en fonction harakatga keltirmoq; 4. math funksiya; une fonction dérivée hosila, yasama funksiya; 5. chim xossalar majmui, jami xossa (xususiyatlar). fonctionnaire I. nm 1. mansabdor, amaldor; 2. partiya, kasaba soyuz xodimi; II. adj 1. to‘ralarcha, buyrokratlarcha; esprit fonctionnaire to‘ralarcha ruh, kayfiyat. fonctionnariser vt 1. byurokratlashtirmoq, byurokratga aylanmoq; 2. davlat xizmatchisiga tenglashtirmoq. fonctionnel, elle adj 1. funksional, qunksiyaga oid; 2. qulay, soz, yaxshi, o‘ng‘ay, oson qo‘l keladigan, ixcham. fonctionner vi ishlab turmoq, ishlamoq, harakatda bo‘lmoq (mexanizmlar haqida). fonctionnement nm harakat, faoliyat, xizmat, harakat qilish, yurish, ish; à fonctionnement rapide tezyurar. fond
nm 1. chuqurlik, tub, tag; des travaux de fond yerosti ishlari; aller au fond des choses narsalar mohiyatini tushunib yetmoq; fig buzmoq, xonavayron qilmoq, barbod, xarob qilmoq; sans fond tagsiz, tubsiz, tagi yo‘q, cheksiz, bepayon; (tout) au fond chin ko‘ngildan, ich-ichidan, ko‘nglida, dilida, yuragida; de fond en comble loc adv boshdan-oyoq; butunlay, tamoman, tag-tomiri bilan, tubigacha; le fin fond yurakdagi, yurak tubidagi; 2. tag, tub, ost; chuqur qism; à double fond ikki barobar chuqur; le fond de cale mar kemaning mexanizmlar o‘rnatiladigan va yuk ortiladigan ostki qismi; user ses fonds de culotte o‘tiroverib shimni teshaverib yirtmoq; 3. mohiyat, tub, asosiy ma’no, mazmun, mag‘iz; un article de fond bosh maqola (gazeta, jurnalda); loc adv faire fond sur qqn, sur qqch kimgadir, nimagadir ishonmoq, suyanmoq; 4. orqa qism, orqa o‘rin, joy (ekipajda); le fond de la scène sahna orti; à fond de train jon boricha, bor kuchi bilan chopmoq, yugurmoq; 5. fon; un fond sonore tovush, ovoz jo‘rligi; un fond lumineux yoritilgan maydon; un fond noir tushunarsiz, qorong‘i maydon; 6. o‘rmonning ichkarisi, odam oyog‘i yetmagan yeri, xilvat joyi; 7. fond, mablag‘, pul; 8. sport chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik; une course de fond uzoq masofaga yugurish. fondamental, ale, aux adj asosiy, muhim; la note fondamentale musiqa akkordning asosiy notaso. fondamentalement adv jiddiy ravishda, jiddiy, asosli ravishda, tubdan. fondant, ante I. adj 1. sersuv, shirali (mevalar haqida), og‘izda erib ketuvchi; 2. eruvchi, yumshovchi, eruvchan, eriyotgan; II. nm 1. meva shirasi va shakardan qilinadigan yumshoq konfet; 2. techn flus (rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qo‘shiladigan modda). fondateur, trice n asos soluvchi, asoschi. fondation nf 1. fundament, asos, poydevor; jeter les fondations asos solmoq, negizini, poydevorini qurmoq; 2. poydevor qurish; 3. tuzish, ta’sis qilish; 4. muassasa, idora, tashkilot, institut, fond, jamg‘arma (kimnidir xotirasi uchun, qandaydir chora, tadbir uchun ta’sis qilingan). fondé, ée de pouvoir(s) n biror kishi yoki tashkilot nomidan ish ko‘radigan vakil. FONDEMENT
FORMALISATION
233 fondement nm 1. fundament, asos, poydevor; un fondement économique iqtisodiy negiz; un fondement théorique nazariy asos; 2. sabab, bahona, vaj, dalil, bois; 3. fam orqa chiqarish teshigi. fonder
I. vt 1. poydevor qo‘ymoq; 2. tuzmoq, tashkil etmoq; fonder en droit qonunga asoslanmoq; 3. asoslanmoq, dalillamoq; être fondé asosli, asosga ega bo‘lmoq; II. se fonder vpr (sur qqch) asoslanmoq, asosida tuzilmoq. fonderie nf 1. quyish, quyuv zavodi; metall eritadigan xona (ustaxona); 2. techn quyish, metall quyish. fondeur
nm quyuvchi, degrez; un fondeur d’acier po‘lat erituvchi, pishiruvchi. fondre 1
vt 1. eritmoq; fondre de la cire mumni eritmoq; 2. quymoq (metall); 3. aralashtirmoq, qorishtirmoq. fondre 2
vi (sur) 1. erimoq, eritmoq, erib oqib tushmoq, erimoq (metall haqida); la chandelle fond sham erib oqib tushyapti; fondre en sueur ter oqmoq; 2. fig erimoq, erib ketmoq; 3. fam ozmoq, oriqlamoq; fondre à vue d’œil ko‘z oldida ozib-to‘zib bormoq; 4. qulamoq, buzilmoq, vayron bo‘lmoq; 5. tashlanmoq, otilmoq; fondre sur l’ennemi dushmanga tashlanmoq, hamla qilmoq; tous les maux fondent sur lui barcha baxtsizliklar unga yopirildi, qamrab oldi; 6. shiddat bilan boshlanmoq yoki ro‘y bermoq; fondre en pleurs, fondre en larmes ko‘z yoshlari quyilib kelmoq. fondrière nf 1. chuqur, o‘nqir-cho‘nqir joy; 2. botqoq joy. fonds nm 1. yer, yer-mulk; 2. kapital, mablag‘, pul; des fonds de roulement oborot kapital; le fonds social qaysidir jamiyatga qarashli kapital, mablag‘; 3. pullar, qimmatbaho narsalar, boyliklar; les fonds publics davlat pullari; un porteur de fonds qimmatbaho qog‘ozlar egasi; rentrer dans ses fonds qarzlarini qayta olmoq, qaytarmoq, to‘lamoq; sarf-xarajatini qoplamoq, oqlamoq; à fonds perdu(s) umrbod olinadigan daromad (qaytarib bermaslik, olmaslik sharti bilan); 4. zaxira (g‘amlab qo‘yilgan narsa), fond, mablag‘; le Fonds monétaire international Xalqaro valuta fondi; les fonds alloués ajratilgan mablag‘; 5. korxona, muassasa, savdo ishi; un fonds de commerce savdo uyi, korxonasi. fondu, ue adj 1. eruvchan; la neige fondue erigan qor; 2. quyilgan, quyma.
fondue nf pishloqni oq vino bilan eritib, non botirib yeyiladigan milliy taom. fontaine nf 1. buloq, manba; 2. fontan, favvora, javza, hovuz; pleurer comme une fontaine ko‘z yoshi quyilmoq; 3. umivalnik, bet-qo‘l yuvgich. fontanelle nf liqildoq, tepabosh (chaqaloq boshi tepasidagi qotmagan joy).
fonte 1
nf 1. erish, eritish, quyish, metall quyish; 2. erish, erib ketish, bo‘linib, parchalanib, ajralib ketish; 3. cho‘yan; 4. shriftlar to‘plami. fonte 2
football nm futbol. footballeur nm futbolist, futbolchi. footing nm piyoda, yayov yurish, sayr (havo almashtirish, tanani chiniqtirish maqsadida). for
nm for intérieur vijdon, insof; dans son for intérieur yurak tubida, ko‘ngilda, ich-ichida. forage nm burg‘ilamoq; le forage des puits de pétrole neft qudug‘i kovlamoq. forain, aine I. adj yarmarkaga oid, yarmarka; II. n pl ko‘chma yarmarka savdogorlari. forban nm 1. qaroqchi (dengiz); 2. qaroqchi, bosqinchi, o‘g‘ri, kallakesar. forçage nm 1. haydash, bir tomonga qarab yo‘naltirish (ovlanadigan hayvonlarni); 2. issiqxonada yetishtirish (meva-sabzavotlarni). forçat
nm 1. katorgachi (katorgaga yuborilgan yoki katorgada bo‘lgan kishi); 2. fig qul, banda, asir; travailler comme un forçat qulday, eshakday ishlamoq. force
1
nf 1. baquvvatlik, tetiklik, chidamlilik (jismonan, jinsiy); être de force à faire biron ishni qila olishga qodir bo‘lish; de toute ses forces bor kuch bilan, kuch boricha; dans la force de l’âge ayni yashnagan, gullagan, kuchga to‘lgan payt; loc adv à toute force bor kuch bilan, har qanaqasiga, turli xil yo‘l bilan, nima, harna qilib bo‘lsa ham; force de, par force, de vive force zo‘rlab, zo‘rlik bilan, majburan; à force de loc prép yordami, vositasi bilan, orqali; à force de travailler il est parvenu à ses fins u shunaqangi ko‘p ishladiki, natijada o‘zi xohlagan narsaga erishdi; 2. muhim fursat, holat, omil, kuch; les forces productives ishlab chiqarish kuchlari; les forces en présence, les forces en jeu harakatlanuvchi kuchlar; la force des choses narsalar kuchi; la force majeure favqulotda vaziyat, holat, yengib bo‘ lmas kuch; 3. phys kuch, quvvat; une force d’attraction tortishish kuchi; la force centrifuge markazdan qochirma, qochiradigan kuch; la force motrice harakat qiluvchi kuch; 4. kuch, qudrat, quvvat; céder à la force kuch, qudratga yon bermoq, tan bermoq; 5. ravnaq topish, yuksalish, rivojlanish, kamol topish, obro, e’ tibor, hurmat; un style plein de force jonli, ta’sirli, ma’noli til; 6. mardlik, botirlik, jasurlik, jasorat; 7. quyuqlik, o‘ tkirlik (ichimliklar, kislotalar haqida); 8. pishiqlik, mahkamlik, mustahkamlik, chidamlilik; 9. son, miqdor, hisob; pl une force de frappe zarbdor kuchlar; les forces armées qurolli kuchlar; les forces aériennes harbiy-havo kuchlari. force
2
adv ko‘p, ancha, bir talay, anchagina; force gens juda ko‘p odamlar. forcé, ée adj 1. majburiy; des travaux forcés katordadagi og‘ir, mashaqqatli mehnatlar; 2. majburiy, noilojlik, g‘ayritabiiy, sun’iy, yasama; zo‘rma-zo‘raki; un atterrissage forcé av majburiy qo‘nish; un rire forcé zo‘rma-zo‘raki jilmayish, yasama kulgi; 3. jadallashtirilgan, kuchaytirilgan, tezlashtirilgan; une marche forcée tezlashtirilgan marsh, jadal yurish; 4. minilaverib charchagan, daqqi bo‘ lib qolgan (ot); 5. ziyon yetgan. forcément adv g‘ayriixtiyoriy (ravishda), noiloj, ilojsiz, majburan, zo‘raki (ravishda), o‘z-o‘zidan ravshan, ko‘rinib turibdi, tushunarli. forcené, ée adv juda qattiq shiddatli, quturgan. forceps
nm akusherlik qisqichi. forcer
I. vt 1. majbur qilmoq, zo‘rlamoq; forcer le consentement majburan, zo‘rlab rozi qilmoq; forcer les confidences de qqn majbur qilmoq; forcer la main à majbur qilmoq, zo‘rlamoq; forcer à faire qqch biron narsani qilishga majburlamoq; 2. kuchga kirmoq, olmoq (ushlab), mahkam ushlamoq, bardosh bermoq, yengib chiqmoq, buzib, sindirib ochmoq; forcer la porte de qqn bostirib, buzib kirmoq; 3. buzmoq (qulfni); kalitni burab, qayriltirib yubormoq; 4. taranglamoq, tarang qilmoq, kuchaytirmoq (ovozni); forcer la note haddan oshmoq, chegaradan chiqmoq; 5. otni holdan toydirmoq, ovlamoq, tutmoq (hayvonlarni); 6. pishishni, yetilishini tezlashtirmoq; 7. zo‘rlamoq; 8. kuchaytirmoq, tezlashtirmoq, jadallashtirmoq; forcer le pas qadamini tezlatmoq; II. vi taranglamoq, tarang qilmoq; III. se forcer (à) vpr o‘z-o‘zini majbur qilmoq; se forcer à boire o‘zini suv ichishga majbur qilmoq. forcir
vi fam kuchaymoq, to‘lishmoq, semirmoq. forer
vt parmalab, burg‘ilab teshmoq, burg‘ilamoq (kovlamoq). forestier, ière I. n o‘rmonchi, o‘rmon qorovuli; II. adj o‘rmonga xos, o‘rmon; o‘rmonli. foret nm parma, dastparma, burg‘i. forêt nf o‘rmon, chakalakzor, changalzor. forfait 1
nm jinoyat. forfait
2
mn berib turish, topshirish, oldindan shartlashishgan to‘lov (muayyan shartlar bi lan); une vente à forfait oldindan savdo qilish. forfait
3
mn déclarer forfait sport musobaqada qatnashishdan voz kechmoq; fig rad etm oq, voz kechmoq, bahridan o‘tmoq, yuz o‘girmoq. forfaiture fn xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘ lgan jinoyat, mans abni suiiste’mol qilish. forfanterie nf maqtanchoqlik, manmanlik, kerilish. forge nf 1. metallurgiya zavodi; 2. temirchilik ustaxonasi, temirchilik. forger vt 1. bolg‘alamoq, bolg‘alab yasamoq, bosmoq; forger un caractère xarakterni tarbiyalamoq, singdirmoq; 2. o‘ylab topmoq, to‘qimoq; forger des légendes afsonalar to‘qimoq; II. se forger vpr o‘ylab chiqarmoq, tasavvur qilmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, faraz qilmoq; se forger des chimères ushalmaydigan orzular bilan o‘zini yo‘ldan urmoq. forgeron nm temirchi. forgeur, euse n 1. temirchi; 2. o‘ylab chiqaruvchi, yaratuvchi. formaliser (se) vpr arzimagan narsalarga xafa bo‘lavermoq, ranjimoq. formalisation formalizatsiya. FORMALISME
FOSSE
234 formalisme mn formalizm, rasmiyatchilik, formalizm (logika, san’at, adabiyot kabi fanlarda shaklni mazmundan, nazariyani amaliyotdan ajratishga intiluvchi idealistik yo‘nalish). formaliste adj rasmiyatchilarcha, formalistlarcha, rasmiyatchilik, formalistik. formalité nf rasmiyat, rasmiyatchilik; une simple formalité quruq rasmiyatchilik. format nm format, hajm. formateur, trice I. adj yasovchi, yaratuvchi, ijodkor, bunyodkor; II. n ijodkor, yaratuvchi. formation nf 1. yaratish, ijod etish, yaratuvchanlik, paydo bo‘lish, tug‘ilish, vujudga kelish, ro‘y berish; 2. ta’lim-tarbiya, ta’lim, tarbiya, tayyorgarlik, tayyorgarlik darajasi, ma’lumot, ilm, ta’lim, vujudga kelish, tuzilish, tashkil topish; un historien de formation ma’lumotli tarixshunos, tarixchi; la formation de spécialistes kadrlar tayyorlash; 3. shakllanish (ijtimoiy); tarz; Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling