Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
la formation sociale économique ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya; 4. géol formatsiya (ma’lum davrdagi yer qatlamlari va ularning tuzilishi); 5. gruppa, guruh, partiya; la formation politique siyosiy partiya; 6. mil tuzilish, saflanish, qator bo‘lish; en formation safda; 7. mil jangovor birlashish, qism; 8. sport komandalarning taktik tizilishi. forme nf 1. forma, tuzilish; 2. shakl, tashqi ko‘rinish; juger sur la forme tashqi ko‘rinishiga qarab baho bermoq; dans la forme et dans le fond shaklan va mazmunan; 3. xil, tur, shakl, qolip, nusxa, rasmiy tartib; pl rasmiyatchilik; dans les formes judiciaires, légales sud va qonuniy tartibda; de (pure) forme rasman, rasmiy jihatdan, rasmiyatchilikdan, rasmiyat nuqtai nazaridan; un vice de forme yur sud tartibini, prosedurasini buzish; en forme loc adv tegishli, kerak bo‘lgan tarzda, tariqasida, yo‘snida, tarzida; être en forme sport fam yaxshi formada bo‘lmoq; être mis en forme rasmiylashgan bo‘lmoq; en bonne forme joyida, o‘rnida; en bonne et due forme to‘g‘ri va turli shaklda; pour la forme ko‘ngil uchun, rasmiyat uchun, xo‘ja ko‘rsinga qilmoq; loc prép en forme de, sous forme de réparations reparasiyalar niqobi ostida; y mettre des formes tartib intizomni xohlamoq, rioya qilmoq; sans autre forme de procès betakalluf bo‘lish, tortinmaslik; 4. metall quyadigan qolip, andaza, qolip, maxsus andaza; 5. poligr bosishga xizmat qiladigan qolip, andaza; 6. bichim, fason (shlapaning); 7. tepalik (bosh qismining tepa qismi); qolip, ton (etikdo‘zlikda). formel, elle adj 1. formal, tashqi; une logique formelle formal mantiq; 2. aniq, ma’lum, muayyan, aniq belgilangan, qat’iy, uzil-kesil; un ordre formel qat’iy buyruq; un refus formel qat’ iy rad etish; une réponse formelle aniq javob.
formellement adv 1. albatta, so‘zsiz, shak-shubhasiz; 2. rasmiyat uchun, xo‘ja ko‘rsinga. former
I. vt 1. yaratmoq, paydo, hosil qilmoq, yuzaga, vujudga keltirmoq, tuzmoq, qurmoq, tashkil qilmoq; 2. ishlab chiqarmoq, yetishtirmoq; tayyorlamoq, tuzmoq, yozmoq; former un triangle uchburchak tuzmoq; former des lettres, former des caractères harfni diqqat bilan yozmoq; 3. o‘ylamoq, niyat, ahd, qasd qilmoq; 4. tarbiyalamoq, ta’lim bermoq, o‘qitm oq, o‘rgatmoq, rivojlantirmoq, shakllantirmoq; bien formé pour son âge yoshiga nisbatan yaxshi ko‘rinish; 5. mil tizmoq, saf qilmoq; 6. chim tindirmoq, tagiga cho‘ktirmoq; II. se former vpr 1. yaralmoq, paydo bo‘lmoq, tuzilmoq, tashkil topmoq; 2. rivojlanmoq, shakllanmoq, yetilmoq, shakillanib yetm oq (xarakter to‘g‘risida); 3. mil tizilmoq, saflanmoq. formidable adj 1. ulkan, juda, g‘oyat katta, azim, haybatli, mahobatli, dahshatli, bahaybat, qo‘rqinchli, dag‘-dag‘ali; 2. og‘z juda soz, juda yaxshi, ajoyib, qoyilmaqom. formidablement adv 1. dahshatli, qo‘rqinchli, o‘ ta katta, o‘ ta kuchli, bahaybat; 2. fam juda yaxshi, soz, qoyil. formique adj acide formique chumoli kislota; aldéhyde formique formaldegid. formulaire nm 1. rasmiylashgan forma va shakllar to‘plami; 2. formulyar, xizmat daftarchasi, varaq, daftar, formulyar (kutubxonada kitobning ishlatilganligi haqidagi ma’lumot varaqasi), blank; un formulaire de télégramme teligramma blanki; un formulaire imprimé tayyor formulyar, blank, varaqa. formulation nf aniq ifoda etish, ta’riflash, ta’riflab berish. formule nf formula (biror fikr yoki qoidaning qisqa va aniq ta’rifi, ifodasi); shartli ifoda; une formule brute chim empirik formula; une formule sanguine méd qon tarkibi formulasi; formules de politesse axloq-odob iboralari, nazokatli iboralar. formuler vt aniq ifoda qilmoq, ta’riflamoq, ifoda etmoq, bayon qilmoq; formule un médicament dori yozib bermoq. fornication nf relig fahsh, zino; plais jinsiy aloqa. fors prép -dan tashqari, -dan boshqa; tout est perdu, fors l’honneur vijdondan boshqa hamma narsa yo‘qotildi. fort, forte I. adj 1. kuchli, baquvvat; de forte constitution zuvalasi pishiq; fort comme un bœuf ho‘kizdek kuchli, baquvvat; cela est plus fort que moi bu mening qo‘limdan kelmaydi; fort de nimagadir qattiq ishonish; 2. mahkam, pishiq, puxta, chidamli, mustahkam, bardosh beradigan, qattiq, mustahkam; 3. muhim, jiddiy, yirik, katta, ulkan; une forte somme katta, ko‘p pul; de forts contingents yirik kontingent; 4. chidamli, pishiq, puxta, matonatli, sabotli, bukilmas, mustahkam; une ville forte mustahkam shahar; 5. (en qqch) biror narsaga mohirlik, ustalik, ustasi faranglik; il est fort en mathématiques u matematikadan kuchli; 6. og‘ir, vazmin, salmoqdor; 7. kuchli, katta; une forte pluie jala, sharros yomg‘ir; une voix forte qattiq ovoz, baland ovoz; c’est trop fort! elle est forte, celle-là! fam bu sira to‘g‘ri kelmaydi, bu darvozaga sig‘maydi! à plus forte raison ayniqsa, buning ustiga; II. adv 1. mahkamlab, mahkam, pishiq qilib, mahkam, qattiq; de plus en plus fort juda mahkamlab; 2. baland, qattiq; 3. juda, juda ham, g‘oyat, nihoyatda, ortiq (g‘oyat, nihoyat) darajada, bag‘oyat; fort bien juda yaxshi, a’lo darajada; a’lo, mayli; yaxshi, durust; fort mal juda yomon, yomon. III. nm 1. kuchli tomon; c’est là mon fort meni bunga kuchim yetadi; 2. asosiy, eng muhim, bosh; au fort de eng qizg‘in (yoki eng qizigan) paytda; au fort du combat jang qizigan paytda; 3. istehkom, mudofaa inshooti; 4. qalin, zich, quyuq (o‘rmon); 5. kuchli odam, bahodir, polvon; 6. in, uya, makon (hayvonlar). forte
adv m inv muz forte, qattiq, kuchli. fortement adv mahkam, pishiq qilib. forteresse nf 1. qal’a, qo‘rg‘on, shahriston; 2. qamoqxona, zindon. fortifiant, ante I. adj mustahkamlovchi, mahkamlovchi; II. nm mustahkamlovchi vosita. fortification nf mil istehkom, mudofaa inshootlari; des travaux de fortification inshoot qurilishi ishlari. fortifier I. vt mudofaa inshootlari qurib mustahkamlamoq, istehkomlar qurmoq; mil kuchaytirmoq, zo‘raytirmoq, oshirmoq, mahkamlamoq, mustahkamlamoq; II. se fortifier vpr mudofaa inshootlari qurib o‘rnatm oq, mudofaaga yaxshi shaylanmoq. fortin nm fort, kichik qal’a, qo‘rg‘on, qadim iy qal’a. fortiori (à) loc adv ayniqsa, buning ustiga. fortissimo adv învar muz fortissimo, juda kuchli, nihoyatda qattiq (fortedan ham qattiq). fortuit, uite adj tasodifiy, kutilmaganda yuz bergan, kutilmagan, nogohoniy. fortuitement adv tasodifan, kutilmaganda. fortune nf 1. baxt, omad, muvaffaqiyat; de bonne fortune muvaffaqiyat, muvaffaqiyatli, baxtli tasodif; la fortune lui sourit unga baxt kulib boqdi; à la fortune du pot xudo nasib etganiga, boriga baraka; 2. taqdir, qismat, yozmish, peshona; un revers de fortune taqdir bevafoligi; de fortune to‘satdan, bexosdan, tasodifan, tasodifan topilgan; un officier de fortune oddiy askarlarga xizmat qiluvchi ofiser; 3. boylik, mulk; faire fortune boyimoq. fortuné, ée adj 1. baxtli, omadli; 2. boy, badavlat. forum mn 1. qadimgi Rimda shaharning ijtimoiy hayot markazi bo‘lmish maydon; 2. ommaviy yig‘in, anjuman, forum, syezd. fosse
nf 1. o‘ra, chuqur, ko‘mirxona (kemada); la fosse océanique okeanning chuqur joyi; 2. go‘r, qabr; une fosse commune o‘rtoqlar, qardoshlar mozori; creuser sa fosse fig o‘ziga choh qazimoq; avoir un pied dans la fosse bir oyog‘i go‘rda bo‘lmoq; 3. anat biror narsaning ichi, biror narsaning ichidagi bo‘ lmoq, kovak, chuqur, chuqurga; les fosses nasales
FOSSÉ
FOURBU
235 burun bo‘shlig‘i; 4. la fosse d’orchestre teatr teatrda orkestr joylashadigan chuqur joy. fossé
nm 1. o‘ra, chuqur, xandaq, zovur, kotlovan, poydevor, yotqizish uchun qazilgan chuqur; transheya, yo‘l chetidagi ariq, kanal, ariq, zovur; 2. fig ixtilof, kelishmovchilik, farq, jarlik; le fossé se creuse entre oralaridagi jarlik, kelishmovchilik kengayyapti. fossette nf chuqurchalar, kulgichlar (yuzdagi, iyakdagi). fossile I. adj 1. géol qazib olinadigan, qazilma; un combustible fossile qazib olinadigan yonuvchi material (ko‘mir, neft); 2. allaqachon eskirgan, qadimiy, orqada qolgan, yaxshi rivojlanmagan; II. nm qazilma, qazilma hayvonlar, qazilma o‘simliklar; qazilma boyliklar. fossiliser I. vt géol toshga aylanmoq; II. se fossiliser vpr toshdek qotib qolmoq, toshga aylanmoq. fossilisation nf géol toshga aylanish, toshdek qotib qolish jarayoni. fossoyeur nm go‘rkov, go‘r qazuvchi kishi. fou, fol, folle I. adj 1. jinni, tentak, esi past, es-hushini yo‘qotgan, telba, devona, majnun, ahmoq, kaltafahm, to‘mtoq, befahm, befarosat, beaql; devenir fou aqldan ozmoq; rendre fou telba, jinni bo‘ lib qolmoq; fou à lier fe’li tez, battol, to‘polonchi, bebosh jinni; il est fou d’elle uning ishqida devona, majnun bo‘ldi; vous êtes fou aqlingiz joyidam i? esingiz o‘zingizdami? jinni bo‘libsiz; une tête folle yerga ursa ko‘kka sakraydigan odam, ovbosh; un fou rire to‘xtatib bo‘lmaydigan kulgi, o‘zini to‘xtata olmay kulish; prov qui fol naquit jamais ne guérit bukrini go‘r to‘g‘rilaydi; 2. ahmoqona, bema’ni, o‘ylamay qilingan, muhokama, mulohaza qilib ko‘rmay, telbalarcha, tentaklarcha; une idée folle ahmoqona fikr; 3. haddan ortiq, juda, o‘tak kuchli, ko‘p, qattiq; succès fou juda katta muvaffaqiyat; 4. harakati noaniq, noto‘g‘ri ishlayotgan; chalkash, ayqash-uyqash; balance folle buzuq, noto‘g‘ri ishlaydigan tarozi; barbe folle o‘sib ketgan, o‘siq soqol; herbes folles yovvoyi, begona o‘tlar; fam une patte folle cho‘loq oyoq; II. n 1. jinni, telba, savdoyi, es-hushini yo‘qotgan, telba odam, majnun; maison de fous jinnixona; fam histoire de fous jinnilar to‘g‘risida latifa; ahmoqona hikoya; 2. tentak, esi past, esi yo‘q, ahmoq, kaltafahm, to‘mtoq, befahm, befarosat; faire le fou ahmoqlik, maynavozchilik, jinnilik qilmoq; 3. qiziqchi, masxaraboz, maynavoz (shox saroyida); 4. nm fil (shahmatda); le fou de la reine farzin fil. fouailler vt vx litt qamchi bilan urmoq, savalamoq, qamchilamoq. foudre
1
nf 1. chaqmoq, yashin; un coup de foudre momaqaldiroq; fig bir boqishda muhabbat; être frappé par la foudre yashindan jarohatlanmoq; comme la foudre yashin tezligida; 2. pl g‘azab, nafrat, qahr, jahl, jaholat. foudre 2
nm katta bochka. foudroyer vt 1. yashin urmoq, yashin urib o‘ldirmoq; 2. shikastlamoq, yaralamoq; o‘ldirmoq, tamom qilmoq. foudroyant, ante adj fig yashin tezligida, yashindek tez, shiddatli, juda qattiq, kuchli, quloqni teshadigan, dahshatli, vahimali, haybatli; une nouvelle foudroyante qaqshatgich zarba; une apoplexie foudroyante apopleksiya, sakta (miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining bekilishi natijasida hushdan ketish yoki falaj bo‘lish); un poison foudroyant o‘ldiradigan zahar. fouet nm 1. uzun qamchi, darra; donner le fouet qamchilamoq, qamchi bilan savalamoq; un coup de fouet o‘tkir, kuchli, qattiq, zirqiratadigan og‘riq, qaqshab og‘rish; de plein fouet bor kuchi bilan, jonining boricha; se heurter de plein fouet bor tezlikda urilib ketmoq; 2. qamchi bilan jazolash; 3. ko‘pirtirgich (oshxonaga oid). fouetter vt 1. savalamoq, qamchilamoq, urmoq; il n’y a pas de quoi fouetter un chat fam sariq chaqaga arzimaydigan ish; 2. qadamini tezlashtirmoq, haydab yubormoq, olib bormoq, qamchilab haydamoq, tez yurgizish uchun urinmoq, shoshiltirmoq, tezlatmoq; 3. ko‘pirtirmoq (pazandalikka oid). fouettard, arde adj le père fouettard xipchinli, qamchili bobo (bolalarni qo‘rqituvchi ertak qahramoni). fougasse nf non turi. fougère
nf qirqquloq, paparotnik. fougue
nf 1. qizg‘inlik, jo‘shqinlik, g‘ayrat, katta zavq-shavq, xursandlik; la fougue de la jeunesse yoshlik g‘ayrati; 2. qattiq jazava, hayajon, g‘azab, jahl; 3. fam shamolning birdan kuchayishi. fougueux, euse adj qizg‘in, jo‘shqin, g‘ayratli, yuragida o‘ ti bor. fougueusement adv serzavqlik, qizg‘inlik, jo‘shqinlik, otashinlik. fouille
nf 1. géol qidirish, izlanish, qidiruv tadqiqot; arxeol qazish ishlari, qazish o‘tkazilgan joylar; 2. qazish, kovlash; 3. kotlovan (poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqur); handaq; shurf, quduq (yer qatlamlarini o‘rganish yoki portlatish ishlari uchun qazilgan quduqsimon chuqurlik); 4. shaxsiy tintuv; soumettre à une fouille tintuv qilmoq. fouiller I. vt 1. qazimoq, kovlamoq, o‘ymoq, uzmoq; uzib tashlamoq, qazuv ishlari o‘ tkazmoq; 2. qidirmoq, axtarmoq, titkilamoq, kovlamoq, tintimoq, tintuv qilmoq; fouiller qqn kimnidir axtarmoq; 3. astoydil, tirishib ishlov bermoq; fouiller un plan rejani astoydil, sinchiklab o‘rganib chiqmoq, ishlab chiqmoq II. vi yaxshilab qaramoq, tekshirmoq, titkilab qaramoq, kovlashtirmoq; fouiller dans sa mémoire havsala bilan, qunt qilib, harakat qilib eslamoq, xotirlamoq; III. se fouiller vpr cho‘ntaklarini qidirib qaramoq, cho‘ntaklarini timirsiklamoq, titkilamoq. fouillis nm tartibsizlik, betartiblik, ayqash-uyqashlik, to‘s-to‘polon; fouillis de papiers qog‘ozlar uyumi. fouine
nf zool tosh suvsar. fouiner
vi fam 1. péj hamma joyga tumshuq suqmoq, suqulmoq, aralashmoq, birovning narsalarini titkilamoq; 2. axtarmoq, qidirmoq, titkilamoq. fouineur, euse adj, n har joyga, har ishga, har narsaga burnini tiqaveradigan, suqilaveradigan, titkilayveradigan, qiziquvchan. fouir vt qazimoq, kovlamoq, o‘ymoq (asosan hayvonlar). foulage nm 1. bosilgan, jundan bosib qilingan bosma, movut, bosma movut; 2. siqib sharbatini olmoq, suvini olmoq (uzumni); 3. typogr preslash, iskanjalash, taxtakachlash, bosib naqsh solish. foulant, ante adj 1. dam, bosim beradigan, haydaydigan; une pompe foulante dam beradigan nasos; 2. fam charchatadigan, zeriktiradigan, tinka- madorini quritadigan. foulard nm 1. harir, fulyar (gazlama); 2. bo‘yin ro‘mol, bo‘yinbog‘, sharf; 3. galstuk (pioner). foule
nf olomon, betartib yig‘in, to‘da, olomon, to‘da, yig‘in, anchagina, birtalay; fendre la foule olomonni har yoqqa itarib, surib yo‘l ochmoq, joy ochmoq; en foule loc adv olomon, ko‘pchilik bo‘lib, to‘da-to‘da bo‘lib. foulée
nf 1. hayvon izi; 2. qadam, odim. fouler
I. vt 1. ezmoq, ezib, bosib, yanchib yumshatmoq, payhon qilmoq; fouler l’herbe o‘ tlarni ezmoq, toptamoq, payhon qilmoq; 2. yurmoq, qadam qo‘ymoq, bosmoq, toptamoq; fouler le sol natal ona yurtida yurmoq; 3. ezmoq, sihmoq, ezib, siqib suvini, sharbatini olmoq; fouler le raisin uzum sharbatini olmoq; 4. chiqarmoq, o‘rnidan qo‘zg‘atmoq; 5. bosmoq (namat, piyma); 6. fig ranjitmoq, qiynamoq, azob bermoq; fouler aux pieds oyoqlarini toptamoq, topillatmoq; II. se fouler vpr 1. o‘zining biror joyini chiqarib qo‘ymoq, o‘rnidan qo‘zg‘atib qo‘ymoq, payini ezmoq; se fouler le pied oyog‘i chiqib ketmoq; 2. fam harakat qilmoq, urinmoq, tirishmoq. foulure
nf 1. to‘qimaning shikastlanishi, et uzilishi, ezilish; 2. fam toyish, chiqish (suyak chiqishi). four nm 1. pech, pechka; tandir; un four de boulangerie non yopadigan pechka; un four électrique elektr pechi; un four à briques g‘isht pishirish pechi; four crématoire kemasiya pechi; c’est n’est pas pour vous que le four chauffe prov birovning narsasiga ko‘z olaytirma; 2. novvoyxona; des petits fours pecheniy, pishiriqlar, pishirilgan, yopilgan narsalar; 3. fam muvaffaqiyatsizlik, barbod bo‘lish. fourbe
I. adj hiylakor, ayyor, mug‘ombir, shayton, makkorlik bilan qilingan, makkorona, muttahamona, firibgar; II. n aldamchi, makkor, ayyor, muttaham, mug‘ombir. fourberie nf muttahamlik, firibgarlik, makr-hiyla, hiyla-nayrang, makr, hiyla.
fourbi nm fam 1. mil qurol-yarog‘, aslaha-anjom; 2. eski-tuski, lash-lush, latta-putta; kiyim-kechak, mayda-chuyda; 3. shubhali ishlar. fourbir
vt yaxshilab tozalamoq, top-toza qilmoq, yaltiratmoq. fourbissage nm oynaday qilib tozalash, top-toza qilish. fourbu, ue adj 1. holdan toygan, holsizlangan, darmonsizlangan (otlar haqida); 2. tinkasi qurigan, obdon charchagan. FOURCHE
FRAGRANCE
236 fourche
nf 1. ayri, panshaxa; 2. tarmoq, bo‘lak, qism (tan, poya, daraxtning tanasi); yo‘lning ayrilish joyi, ayrilish; faire la fourche tarmoqlanmoq, tarmoqlarga ajramoq; 3. techn vilka (uchi ayri asbob); miltiqning tirgagi, oyog‘i; 4. uzun tog‘ yo‘li. fourcher I. vi tarmoqlanmoq, tarmoqlarga ajralmoq; la langue lui a fourché u yanglish gapirib yubordi, bir so‘zning o‘rniga boshqasini ishlatib yubordi; II. vt panshaxa bilan olmoq, ishlamoq. fourchette nf 1. vilka, sanchqi; une belle fourchette fam ochko‘z, ochofat, ovqat shinavandasi, mazaxo‘r; 2. vilka (uchi ayri asbob); 3. o‘mrov suyagi (qushlarda); 4. mil fam shtik, miltiq nayzasi. fourchu, ue adj ayriga o‘xshash, ayri; un chemin fourchu yo‘lning ayrilish joyi. fourgon
1
nm 1. furgon (soyabon arava, yuk tashuvchi avtomobil, arava kabilarda yopiq kuzov); les fourgons karvon (aravalar karvoni); un fourgon funèbre dafn avtobusi; 2. yuk tashuvchi vagon; un fourgon à bestiaux mol (hayvon, chorva) tashuvchi vagon. fourgon
2 nm temir kosov, otashkurak. fourgonner 1. temir kosov bilan qorishtirmoq, kovlashtirmoq; 2. fam kovlamoq, titmoq, titkilamoq, ag‘dar-to‘ntar qilmoq. fourgonnette nf uncha katta bo‘lmagan, kichik furgon, arava, mashina. fourme
nf furm (pishloq turi). fourmi
nf chumoli; une fourmi blanche termit, qumchumoli, vahma chumoli; j’ai des fourmis dans les jambes fam oyoqlarim uyushib qoldi. fourmilier nm zool chumolixo‘r (hayvon). fourmilière nf chumoli uyasi, ini. fourmi-lion ou
fourmilion
nm chumoli sheri (chumolixo‘r hasharot). fourmillant, ante adj g‘imirlagan, g‘ujg‘on o‘ynayotgan, to‘lib-toshgan, qaynagan. fourmillement nm qaynash, bijirlash, g‘uj-g‘uj bo‘lish. fourmiller vi g‘ij-g‘ij qaynamoq, bijirlab, g‘ imirlab yotmoq; fourmiller de fautes xatoga g‘ij-g‘ij to‘la bo‘lmoq. fournaise nf 1. katta pechka; katta, kuchli olov; 2. juda issiq joy; 3. fig jang eng qizigan joy, shiddatli qirg‘in. fourneau nm 1. oshxona pechkasi, plita; un fourneau à gaz gaz plitasi; 2. pech. fournée nf 1. bir tandir non; 2. fam biror vazifaga, amalga bir paytda tayinlangan odamlar guruhi; bir paytda bir xil ish-harakat qilayotgan odamlar guruhi.
fourni, ie adj 1. ta’minlangan, to‘la, qalin, mo‘l-ko‘l; une table bien fournie to‘la-to‘kis dasturxon; 2. qalin, zich, tig‘iz, quyuq, to‘q, serob; une barbe fournie quyuq soqol. fournil nm novvoyxona, tandirxona. fourniment nm mil aslaha-anjomlar. fournir vt 1. (qqch, qqn de qqch) yetkazib bermoq, ta’minlamoq; 2. bermoq, namoyish qilib ko‘rsatmoq (isbot va boshqa narsalar); fournir des renseignements ma’lumotlarni yetkazmoq; se fournir o‘zini yaxshi tomonini ko‘rsatmoq; 3. bajarmoq. fournisseur nm yetkazib beruvchi, ta’minotchi. fourniture nf yetkazib berish, ta’minlash, oziq-ovqat ta’minoti, ta’minot. fourrage nm xashak, pichan, yem-xashak, ozuqa. fourrager 1
quramachilik qilmoq. II. vi alg‘ov-dalg‘ov qilmoq, chalkashtirib tashlamoq. fourrager 2 , ère
adj yem-xashakka oid; betterave fourragère xashaki lavlagi. fourragère nf 1. yem-xashak ekiladigan maydon; 2. pichan tashiydigan arava. fourré
1
nm chakalakzor, to‘qay. fourré, ée adj 1. mo‘ynali; astari mo‘ynali, mo‘ynali teridan tikilgan, ichi junli; un manteau fourré mo‘ynali palto; po‘stin; 2. mo‘ynasi qalin, quyuq. fourreau nm 1. g‘ilof, qin; 2. ayollarning tor ko‘ylagi. fourrer
I. vt 1. kovlamoq, solmoq, tiqmoq; fourrer la main dans sa poche qo‘lini cho‘ntagiga tiqmoq; 2. mo‘yna, teri qadamoq; 3. astar tikmoq; 4. yamamoq, yamab tuzatmoq; II. se fourrer vpr kirmoq (qalbiga); chigallashmoq. fourreur nm mo‘ynado‘z. fourrier nm 1. mil kontenarmus (harbiy qismlarda oziq-ovqat, kiyim- kechak va qurol-aslaha olish, saqlash va berish bilan shug‘ullanadigan, Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling