Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O, o nm inv fransuz alifbosining o‘n beshinchi harfi. ô intj 1. iltijo, yolvorishni bildiradi; ô ciel! e xudo! 2. kuchli hissiyotni bildiradi; ô non! e yo‘q! oasis
nf inv 1. voha, oazis; une belle oasis go‘zal voha; 2. so‘lim, sokin joy.
obédience nf litt bo‘ysunish; qaramlik, tobelik, mutelik. obéir vt (à) 1. bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, quloq solmoq; obéir à sa conscience vijdoniga quloq solmoq; 2. bo‘ysunmoq, itoat etmoq (narsa); l’outil obéit à la main asbob qo‘lga itoat etadi. obéissance nf bo‘ysunish, itoat etish, bo‘yin egish, quloq solish; jurer obéissance à qqn birovga itoat etishga qasam ichmoq. obéissant,
ante
adj gapga kiradigan, quloq soladigan, itoat qiladigan, itoatkor, mo‘min, qobil; enfant obéissant gapga kiradigan bola. obélisque nm 1. obelisk, to‘rt qirrali va uchli ustun; l’obélisque de Louksor Luksor ustuni; 2. shu usuldagi yodgorlik. obérer
vt qarzga botirmoq, qarzdor qilib qo‘ymoq. obèse
I. adj semiz, yo‘g‘on; il est devenu obèse u semirib ketdi; II. n semiz odam, yo‘g‘on odam. obésité nf semizlik, to‘lalik, bo‘liqlik; yo‘g‘onlik. objecter vt 1. e’tiroz, qarshi fikr bildirmoq, qarshi chiqmoq; objecter de bonnes raisons à, contre un argument dalilga asosli qilib e’tiroz bildirmoq; vous ne pouvez rien m’objecter siz menga hech qanday e’ tiroz bildirolmaysiz; 2. qarshi dalil sifatida keltirmoq, sabab qilmoq, bahona qilmoq, ro‘kach qilmoq; il nous a objecté qu’il n’avait pas le temps u bizga vaqti yo‘qligini ro‘kach qildi. objecteur nm objecteur de conscience diniy e’tiqodi tufayli harbiy xizmatdan bosh tortuvchi. objectif 1 , ive
adj 1. phil obyektiv, moddiy, kishining ongiga bog‘lanmagan holda mavjud bo‘lgan; 2. xolis, beg‘araz, xolisona; faire un rapport objectif des faits bo‘lgan voqealar haqida xolisona axborot bermoq; 3. xolis, odil, beg‘araz; historien objectif xolis tarixchi; soyez plus objectif beg‘arazroq bo‘ling. objectif
2 nm obyektiv (optik asbob shishasi); objectif d’un appareil photographique fotoapparat obyektivi. objectif
3 nf maqsad, niyat, qo‘yilgan maqsad, vazifa; il met tout en œuvre pour atteindre son objectif u o‘z niyatiga yetish uchun hamma narsani ishga solyapti; il a pour objectif la réussite uning maqsadi muvaffaqiyat. objection nf 1. rad qiluvchi dalil, isbot, asos; dalil-isbot; faire, formuler une objection qarshi dalil-isbot keltirmoq, ko‘rsatmoq; 2. e’ tiroz, qarshilik, to‘siq, to‘sqinlik; si vous n’y voyez pas d’objection siz agar bu yerda to‘siq ko‘rmayotgan bo‘lsangiz. objectivement adv xolis, beg‘araz, xolisona, odilona. objectivité nf 1. phil obyektivlik, obyektiv ravishda borliq, kishining ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudlik; 2. obyektivlik, xolislik, beg‘arazlik; l’objectivité d’une œuvre d’art san’at asarining obyektivligi. objet nm 1. narsa, predmet; manier un objet avec précaution narsa bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilmoq; 2. mavzu, tema; l’objet de ses réflexions uning o‘y mavzusi; 3. obyekt, borliq; 4. maqsad, niyat; l’objet de nos vœux bizning istaklarimizning maqsadi; faire, être l’objet de mavzu, sabab qilmoq, bo‘lmoq; 5. gram complément d’objet direct, indirect vositasiz, vositali to‘ldiruvchi. objurgation nf 1. tanbeh, tanbeh berish, malomat; céder aux objurgations de qqn birovning tanbehlariga dosh bermaslik; 2. o‘tinch, iltijo, yolvorish, o‘ tinib so‘rash. oblat,
ate
n biror diniy uyushmaga kirgan, lekin qasamyod qilmagan odam.
obligation 1 nf 1. majburiyat, va’da; contracter une obligation juridique yuridik majburiyat olmoq; 2. burch, vazifa; obligations militaires harbiy burch; 3. zarurat, ehtiyoj, hojat; 4. obligatsiya, qimmatbaho qog‘oz; obligation à lots yutuqli obligatsiya. obligation 2 nf minnatdorlik, qarzdorlik; j’ai (bien) des obligations envers lui men undan juda minnatdorman. obligatoire adj 1. bajarilishi shart bo‘lgan, majburiy, kerak, lozim; instruction gratuite et obligatoire bepul va bajarilishi shart bo‘lgan instruksiya; 2. fam majburiy, muqarrar, albatta yuz beradigan. obligatoirement adv albatta, muqarrar, so‘zsiz, majburiy ravishda. obligé
1 ,
ée adj majburiy, qilinishi shart bo‘lgan; fam c’est obligé! bu majburiy, hech narsa qila olmaysan, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi! obligé
2 ,
ée adj minnatdor, qarzdor, burchli; je vous suis très obligé men sizdan juda qarzdorman; je suis votre obligé men sizdan qarzdorman. obligeamment adv iltifot bilan, olijanoblik bilan, xayrixohlik bilan, nazokat bilan, lutfan. obligeance nf iltifot, olijanoblik, xayrixohlik; nous vous remercions de votre obligeance iltifotingiz uchun biz sizdan minnatdormiz. obligeant,
ante
adj iltifotli, olijanob, xayrixoh. obliger
1 I. vt 1. majbur qilmoq, talab qilmoq; la loi, l’honneur nous oblige à faire cela qonun, or-nomus bizni buni qilishga majbur etadi; 2. majbur qilmoq, zo‘rlamoq; rien ne vous oblige à venir sizni hech narsa kelishga majbur qilmaydi; II. s’obliger vpr (à) majburiyat olmoq, zimmasiga olmoq; je m’oblige à vous rembourser qaytarib berishni o‘z zimmamga olaman. obliger
2 vt iltifot, olijanoblik, xayrixohlik ko‘rsatmoq; vous m’obligeriez si vous faisiez ceci agar bu ishni qilsangiz, siz menga iltifot ko‘rsatgan bo‘lar edingiz. oblique I. adj qiya, qiyalama, yotiq, qiyshiq; ligne oblique qiya chiziq; regard oblique nosamimiy qarash; loc en oblique qiyalab, dioganal bo‘yicha; II. nf qiyshiq chiziq. obliquement adv qiyalab, qiyasiga, qiya qilib, qiyshiq. obliquer vi og‘moq, chetga chiqmoq, qiyshaymoq; la voiture a obliqué vers la gauche avtomobil chapga og‘di. obliquité nf qiyalik, qiyalamalik, qiyshiqlik; l’obliquité des rayons du soleil quyosh nurlarining qiyalamaliklari. oblitération nf marka ustiga muhr bosish, qo‘yish (uni qayta ishlatish mumkin bo‘lmasligi uchun). oblitérer 1 vt markaning ustiga muhr bosmoq, qo‘ymoq (uni qayta ishlatish mumkin bo‘lmasligi uchun). oblitérer 2 vt méd bekitmoq, to‘sib qo‘ymoq. oblong,
ongue adj 1. cho‘ziq, cho‘zinchoq; visage oblong cho‘ziq yuz; 2. litt yassi, yalpoq, yapaloq; format oblong yassi format. obnubiler vt 1. xiralashtirmoq, xiralashtirib qo‘ymoq, chalkashtirmoq, gangitmoq (ongni, hissiyotlarni); 2. qamrab olmoq, qurshab olmoq, egallab olmoq, chulg‘amoq, ta’qib qilmoq; il est obnubilé par cette idée bu fikr uning aql-hushini olib qo‘ygan, uni sehrlab qo‘ygan. obole
nf qo‘ldan kelgancha, baqadrihol yordam, ulush, hissa; apporter son obole à une souscription obunaga qo‘ldan kelgan ulushini qo‘shmoq. obscène adj iffatsiz, uyatsiz, beadab, axloqsiz; gestes obscènes uyatsiz qiliqlar. obscénité nf 1. beadablik, uyatlik, iffatsizlik, axloqsizlik; 2. yaramas xatti- harakat, uyat gap va hokazo; dire des obscénités uyat gaplarni aytmoq. obscur,
adj 1. qorong‘i; 2. qora, qoram tir, to‘q; 3. tushunib bo‘lmaydigan, mujmal, noaniq, zahar, dudmol, qorong‘ i; des phrases embrouillées et obscures chalkash va tushunib bo‘lmaydigan gaplar; 4. qayg‘uli, g‘amgin, ma’yus, xafa, noxush; un obscur sentiment d’envie noxush hasad tuyg‘usi; 5. shubhali, noma’lum, qorong‘i; 6. noma’lum, notanish; un poète obscur notanish shoir; 5. litt oddiy, sodda, kam tarona, sipo; vie obscure kamtarona hayot; besognes obscures oddiy ishlar. obscurantisme
nm
obskurantizm, ilm-ma’rifatga dushmanlik, jaholatparastlik, reaksionerlik. OBSCURCIR
OCCASION
367 obscurcir I. vt 1. qorong‘i qilmoq, qorong‘ilashtirmoq; ce gros arbre obscurcit la pièce bu katta daraxt xonani qorong‘i qilyapti; 2. xiralashtirmoq, hiralashtirib qo‘ymoq; qoplamoq, bosmoq (tutun va hokazo); 3. chalkashtirmoq, mujmallashtirmoq, noaniq, tushunib bo‘lmaydigan qilib qo‘ymoq; II. s’obscurcir vpr qorong‘ ilashmoq; le ciel s’obscurcit osmon qorong‘ilashyapti. obscurcissement nf 1. qorong‘ilashish; obscurcissement du ciel osmonning qorong‘ilashishi; 2. xiralashtirish, xira qilib qo‘yish, qorong‘ilashtirish (aql va hokazo). obscurément adv 1. noaniq, dudmol, mujmal, xira; 2. yashiriqcha, kishi bilmas, chetda, uzlatda, xilvatda, go‘shada; il a choisi de vivre obscurément u uzlatda yashashni tanladi. obscurité nf 1. qorong‘ilik, zimiston; obscurité complète zimiston; il a peur dans l’obscurité u qorong‘ilikda qo‘rqadi; 2. xiralik, mujmallik, noaniqlik, qorong‘ilik; 3. ravshan emaslik, noaniqlik, xiralik, qorong‘ilik; il fallait expliquer les obscurités de ce texte bu matnning noaniq joylarini tushuntirib berish kerak edi; 4. hech kimga ma’lum-mashhur emaslik. obsédant,
ante
adj miyaga o‘rnashib qolgan, m iyadan chiqmaydigan, xayoldan ketmaydigan. obsédé,
n fanatik, o‘taketgan mutaassib; un obsédé sexuel hirsning quli.
obséder vt qamrab olmoq, qurshab olmoq, egallab olmoq, ta’qib qilmoq; le remords l’obsède vijdon azobi uni ta’qib qilib yuribdi; il est obsédé par la peur d’échouer uni im tihondan yiqilish qo‘rquvi egallab olgan. obsèques nf pl dafn marosim i. obséquieusement adv xushomad, tilyog‘lamalik, laganbardorlik bilan; xushomadgo‘yona. obséquieux,
euse
adj xushomadli, tilyog‘lamali; laganbardorlik bilan qilingan; une politesse obséquieuse tilyog‘lamali xushmuomalalik. obséquiosité nf xushomadlilik, tilyog‘lamalik, laganbardorlik. observable adj kuzatsa bo‘ladigan, ko‘rsa bo‘ladigan, o‘rgansa bo‘ladigan. observance nf 1. amal qilish, rioya qilish (diniy qoidalarga); l’observance de la règle qoidaga amal qilish; 2. amal qilinish, rioya qilinish; un monastère d’un sévère observance qoidaga qattiq amal qilinadigan monastir. observateur,
trice I. n 1. kuzatuvchi, shohid; il a été un observateur attentif u sinchkov kuzatuvchi edi; 2. kuzatuvchi (harbiy, diplomatik); envoyer des observateurs à des négociations muzokaralarga kuzatuvchilar jo‘natmoq; II. adj kuzatuvchan, sinchkov; il est très observateur u juda ham sinchkov. observation nf 1. amal qilish, rioya qilish; observation d’un règlement qoidaga amal qilish; 2. kuzatish, o‘rganish, tekshirish; avoir l’esprit d’observation kuzatuvchan bo‘lmoq; 3. kuzatishlar, mulohazalar, fikrlar; une observation très juste juda to‘g‘ri kuzatishlar; 4. e’tiroz; ta’na, tanbeh, yuziga solish; son père lui fait sans cesse des observations otasi unga doim tanbeh beradi; 5. ilmiy kuzatish; observations météorologiques, astronomiques astronomik, metereologik kuzatishlar; induire qqch de ses observations o‘z kuzatishlaridan xulosa chiqarmoq; 6. kuzatish, nazorat; il est à l’hôpital, en observation u kasalxonada, nazoratda; 7. kuzatish, nazorat (shubhali odamni, dushmanni va hokazo). observatoire nm 1. rasadxona, observatoriya; 2. kuzatish joyi; observatoire d’artillerie artileriya kuzatish punkti. observer
I. vt 1. amal qilmoq, rioya qilmoq, bajarmoq; observer le silence tinchlikni saqlamoq; 2. kuzatmoq, diqqat bilan qaramoq, razm solmoq; observer un phénomène hodisani kuzatmoq; 3. kuzatm oq, o‘rganmoq, nazorat qilmoq; il observe tout nos gestes u bizning hama harakatlarimizni nazorat qilib yuribdi; 4. kuzatmoq, ta’qib qilmoq, iziga tushmoq; attention, on nous observe ehtiyot bo‘ling, bizni kuzatishyapti; observer les mouvements de l’ennemi dushmanning xatti-harakatlarini kuzatmoq; 5. kuzatmoq, e’ tibor bermoq, aniqlamoq, fahmlamoq; je n’ai rien observé men hech narsani fahmlamadim; je vous fait observer que men sizning e’tiboringizni qaratar edimki; II. s’observer vpr o‘z o‘zini kuzatmoq, nazorat qilmoq; il s’observe et se décrit dans ses livres u o‘z-o‘zini kuzatadi va kitoblarida o‘zini ta’riflaydi; ils s’observent sans arrêt ular to‘xtovsiz bir-birlarini kuzatishadi. obsession nf 1. qamrab olgan, qurshab olgan, egallab olgan, ta’qib qilayotgan o‘y, xayol, fikr; 2. psych vasvasa. obsessionnel, e lle adj qamrab oluvchi, qurshab oluvchi, egallab oluvchi, ta’qib qiluvchi, vasvasali, vasvasaga soluvchi; des idées obsessionnelles ta’qib qiluvchi o‘ylar; névrose obsessionnelle vasvasaga soluvchi nevroz. obsidienne nf obsidian (shishasimon vulqon tog‘ jinsi). obsolète
adj eskirgan, muomaladan chiqqan; une technologie obsolète eskirgan texnologiya. obstacle nm 1. to‘siq, g‘ov; heurter un obstacle to‘siqqa urilmoq; course d’obstacles to‘siqlardan o‘ tish poygasi; 2. to‘sqinlik, qarshilik, g‘ov, to‘g‘anoq; il a rencontré beaucoup d’obstacles avant de réussir bunga erishishdan oldin u ko‘p to‘siqlarga uchradi; faire obstacle à qarshilik qilmoq, g‘ov solmoq; sans rencontrer d’obstacle to‘siqsiz, g‘ovsiz; to‘siqqa, g‘ovga uchramay; mes parents ont fait obstacle à ce voyage mening ota- onam bu sayohatga qarshilik qilishdi. obstétrique nf akusherlik. obstination nf o‘jarlik, qaysarlik, sarkashlik. obstiné,
ée adj 1. o‘jar, qaysar, sarkash; 2. qunt, g‘ayrat bilan qilinadigan; travail obstiné qunt bilan qilinadigan, tirishqoqlikni talab qiladigan mehnat. obstinément adj o‘jarlik, qaysarlik bilan. obstiner (s’) vpr o‘jarlik, qaysarlik, sarkashlik qilmoq; il s’obstine dans son idée u o‘z fikrida o‘ jarlik bilan turibdi. obstruction nf 1. méd tiqilib, to‘silib qolish; obstruction de l’artère pulmonaire o‘pka arteriyasining tiqilib qolishi; 2. obstruksiya, qasddan buzish (biror yig‘ilishni, majlisni, parlament majlislarini). obstruer
vt to‘smoq, to‘sib qo‘ymoq; bekitmoq, bekitib qo‘ymoq; des branches obstruaient le passage daraxt shoxlari o‘ tish joyini to‘sib qo‘ygan edi; tuyaux obstrués bekilib, tiqilib qolgan quvur. obtempérer vi (à) bo‘ysunmoq, itoat etmoq, bo‘yin egmoq, yon bermoq; il finit par obtempérer nihoyat u bo‘ysundi. obtenir I. vt 1. ega bo‘lmoq, erishmoq, qo‘lga kiritm oq; il a obtenu une augmentation u amalining oshishiga erishdi; obtenir qqch à, pour qqn biror kishi uchun biron narsani olishga erishmoq; 2. erishmoq, muvaffaq bo‘lmoq, qozonmoq; II. s’obtenir vpr cette autorisation ne s’obtient pas facilement bu ruxsatnoma osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi. obtention nf erishish, qo‘lga kiritish, ega bo‘lish; formalités à remplir pour l’obtention d’un visa viza olish uchun hujjat to‘ldirish rasmiyatchiliklari. obturateur,
trice I. adj teshikni, yorilgan joyni, tirqishni, oraliqni berkitadigan, to‘ldiradigan; plaque obturatrice tirqishni berkitadigan taxtacha; II. nm ochib-yopuvchi mexanizm, qurilma, eshik; zatvor (fotoapparatda). obturation nf teshikni, yoriqni, tirqishni, oraliqni berkitish, to‘ldirish, shuvash; obturation dentaire tishga plomba qo‘yish. obturer
vt teshikni, yoriqni, tirqishni, oraliqni berkitmoq, to‘ldirmoq, shuvamoq; obturer une fuite avec du mastic teshikni zamazka bilan bekitmoq. obtus,
use
adj 1. o‘tmas, to‘mtoq; angle obtus o‘tmas burchak; 2. zehni past, anqov, befahm, esi past; esprit obtus esi pastlik, aqli kaltalik. obus nm inv snaryad; zambarak, to‘p o‘qi; éclat d’obus snaryadning portlashi; trou d’obus voronka (portlashdan hosil bo‘lgan chuqur). obusier
nm to‘p, zambarak. obvier
vi litt (à)
oldini olmoq, chorasini ko‘rmoq, bartaraf qilmoq, olib tashlamoq, barham bermoq. oc loc langue d’oc provansal tili. ocarina nm mus okarina (cholg‘u asbobi). occasion nf 1. qulay fursat, imkon, imkoniyat; hol, vaziyat, holat; occasion inespérée omad; prov l’occasion fait le larron o‘zinga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutm a; loc adv à l’occasion kezi kelganda, imkoniyat tug‘ilganda; d’occasion tasodifiy; dans, pour les grandes occasions muhim hollarda, katta, sharafli voqea-hodisalar yuz berganda (inson hayotida); 2. tasodifan, bir tasodif bilan, tasodif bo‘lib; d’occasion tutilgan,
OCCASIONNEL
ODORAT
368 ishlatilgan, eski; 3. sabab, bahona, vaj, bois; loc à l’occasion de munosabati bilan, bo‘ lgani uchun. occasionnel,
elle
adj tasodifiy, kutilmaganda yuz bergan, kutilmagan, nogahoniy; un congé occasionnel kutilmagan iste’fo. occasionnellement adv tasodifan, kutilmaganda, nogahon. occasionner vt sabab bo‘lmoq, majbur qilmoq, tashvishga qo‘ymoq; cela nous occasionnait bien des soucis, bien des dépenses bu bizni ko‘p tashvishlarga qo‘yardi, ko‘p xarajat qilishga majbur qilardi. occident nm 1. g‘arb; 2. (katta harfda) g‘arb, g‘arb davlatlari; 3. polit Occident G‘arb (G‘arbiy Yevropa va AQSh); l’Occident et les pays de l’est G‘arb va Sharq mamlakatlari. occidental,
ale, aux
I. adj g‘arbiy, g‘arbga oid; l’Europe occidentale g‘arbiy Yevropa; la culture occidentale g‘arb madaniyati; II. n g‘arblik. occidentaliser I. vt g‘arblashtirmoq; occidentaliser les coutumes urf- odatni g‘arblashtirmoq; II. s’occidentaliser vpr g‘arblashmoq. occipital,
ale,
aux
I. adj ensaga oid, ensa; os occipital ensa suyagi; II. nm ensa, gardan. occiput nm ensa, gardan. occire vt vx ou plais o‘ldirmoq. occitan,
ane I. adj oksitan, provansalga oid; littérature occitane oksitan adabiyoti; II. n oksitan(lik), provansal(lik). occlusif,
ive ling I. adj portlovchi (undosh); II. nf portlovchi undosh. occlusion nf to‘silish, berkilish, berkilib qolish, o‘tmay qolis h; occlusion intestinale ichakdan ovqatning o‘ tmay qolishi. occulte adj 1. okkultizmga oid, okkultizm ruhidagi; sciences occultes okkultizm ruhidagi fanlar; la magie est une science occulte sehrgarlik okkultizm ruhidagi fan; 2. yashirin, maxfiy, birov bilmaydigan; un conseiller occulte yashirin maslahatchi; comptabilité occulte maxfiy hisob-kitob yuritish. occulter vt litt yashirmoq, bekitmoq (yorug‘ jismning yuzini); 2. yashirmoq, yashirib kelmoq, bekitmoq; occulter un souvenir, un problème biror xotirani, masalani yashirib kelmoq. occultisme nm okkultizm (duoxonlik, azaimxonlik, issiq-sovuq, afsun kabi mistik ta’limotlarning umumiy nomi). occupant,
ante
I. n egallovchi, joylashuvchi, o‘rnashuvchi, ishg‘ol qiluvchi, o‘tiruvchi, joyni band qiluvchi odam, yo‘lovchi (transportda); bosqinchi, istilochi; le premier occupant joyni birinchi bo‘lib egallovchi; les deux occupants ont été tués dans l’accident halokatda ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi; II. adj bosqinchi, istilochi; l’armée, l’autorité occupante bosqinchi qo‘shin, hukumat. occupation 1 nf 1. okkupatsiya, egallab olish, bosib olish, istilo qilish, zabt etish, istilo, zabt; armée d’occupation istilochi armiya; pendant l’occupation Fransiyaning nemislar tomonidan istilo qilingan davrida; 2. egallash (joyni); l’occupation des locaux uylarni egallab olish. occupation 2 nf ish, hunar, kasb, mashg‘ulot; nous avons de multiples occupations bizning turli xil mashg‘ulotlarimiz bor. occupé
1 ,
ée adj egallangan, band; place occupée egallangan, band joy; ce taxi est occupé bu taksi band. occupé
2 ,
ée adj ishi ko‘p, band. occuper 1
qo‘lga kiritmoq; occuper le terrain yerga ega bo‘lib olmoq; occuper un pays vaincu yengilgan davlatni egallab olmoq; 2. egallamoq, band qilmoq; il occupe deux places u ikki o‘rindiqni egallaydi; 3. egallamoq, yashamoq, ishg‘ol etmoq, band etmoq; ils occupent le rez-de-chaussée ular birinchi Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling