Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija
-Mavzu: Korxonaning huquqiy maqomi, ta’sis xujjatlari, tashkiliy
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)
1-Mavzu: Korxonaning huquqiy maqomi, ta’sis xujjatlari, tashkiliy
tuzilishi bilan tanishish. “UNO NOVA” MCHJ ya’ni huquqiy maqomi Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat hisoblanadi. Endi Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat tashkiliy tuzilishi va huquqiy maqomi bo’yicha qanday javobgarliklari mavjud va qanday yaxshi tomonlari bor ko’rib chiqamiz.Korxonaning huquqiy maqoni Yuridik shaxs hisoblanadi. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir. Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin. Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin. Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchilari Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning 10 jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar: ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; qonunchilikda va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish; foydani taqsimlashda ishtirok etish;jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o‘zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyatishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun 11 jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo‘ladi. Ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;hissalarni qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi. Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;jamiyat faoliyatining predmeti;jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi 12 to‘g‘risidagi ma’lumotlar; jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Men Malakaviy amaliyotni o’tagan joy, ya’ni “UNO NOVA” MCHJ hisoblanib , 46450 - Pаrfyumeriya vа pаrdoz tovаrlаri ulgurji sаvdosi boradi. “UNO NOVA” MCHJ ustavi Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 12.01.2021 934728 raqam bilan davlat ro’yxatdan o’tgan. “UNO NOVA” MCHJ Samarqand viloyati, Samarqand sh. K.Bekzod ko'chasi, 1-uyda joylashgan. 2-chizma. “UNO NOVA” MCHJ ning tashkiliy tuzilishi, ta’sis hujjatlari, va huquqiy maqomi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling