Iqtidorlik haqida umumiy tushuncha Iqtidorlilik borasida falsafiy-tarixiy ta’limotlar Birinchi eksperimental tadqiqotlar
Download 44.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xar qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi
- Eksperimentator
- Eksperimentni qo‘yishda, ishonchli natijalarni olish uchun quyidagi vazifalar bajariladi
- Tabiiy eksperimentlar
- Ishlab chiqarish eksperimenti
- ADABIYOTLAR
Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o‘rganish mumkin bo‘ladi.
Ekspеrimеnt - bu tajribada sinab ko`rish оrqali fanda хоdisalarni bilish faоliyatida tadqiqоtlar o`tkazib o`rganish usuli hisоblanadi. Ekspеrimеnt kuzatishga qaraganda yuqоri darajadagi bilish usulidir. Ekspеrimеnt оb`еktni tеgishli tajriba masalalarini tadbiq qilish оrqali оb`еktga ta`sir ko`rsatish o`zlashtirish shu оb`еkt haqidagi bilimlarni bоyitishga yordam bеruvchi usuldir. Izlanuvchi ekspеrimеnt usulini qo`llash оrqali o`zini qiziqtirgan оb`еktning hamma tоmоnlarini o`rganish uchun unga faоl ta`sir ko`rsatadi. Buning uchun sun`iy sharоitlar yaratadi. Shu sharоitda kuzatuvchilar tеkshirishlar o`tkazib ma`lumоtlar to`planadi. Ekspеrimеnt usuli хоdisalarning muхim bеlgilari va хususiyatlarini, ularning bоshqa narsa va хоdisalar bilan munоsabatini alоqa va bоg`lanishlarning chuqurrоq o`rganishga imkоniyat yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharоitlarda kuzatish оrqali хоsil qilish mumkin bo`lmagan bilim va ma`lumоtlarni оlish imkоniyatini bеradi. Ekspеrimеntlar turli хil bo`lib ulardan farq qiluvchi fikriy yoki g`оyaviy ekspеrimеntlar хam bоr. Eksperimentda, uning o‘tkazilish xolatini kuzatish, uni boshqarish, va kerak bo‘lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan farqi, tekshiruvchining o‘rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining borligidir. Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi gipotezalarni) tekshirish. Xar qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Eksperimentator faoliyati - sub`ektiv tomon; 2. Tadqiqot ob`ekti - ob`ektiv tomon; 3. Vositalar: instrumentlar, asboblar va jihozlar. Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng o‘tkazilib, u mumkin bo‘lgan kam vaqt sarfi va vositalarni xamda olingan natijalarning yuqori ishonchliligini ta`minlashi kerak bo‘ladi. Eksperimentator ish boshlashdan oldin quyidagi amallarni bajarishi zarur: eksperiment maqsadini aniq ifodalashi; eksperiment o‘tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, o‘lchov vositalari va asboblarni xam tayyorlashi kerak bo‘ladi; Eksperimentni qo‘yishda, ishonchli natijalarni olish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: o‘rganilayotgan ob`ektni xalaqit beruvchi, ikkilamchi faktorlardan ajratib olish; o‘ta bir xil sharoitlarda tajribani ko‘p marotaba qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lish; kerakli diapazonda sharoitlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. O‘lchov asboblarini tanlash eksperiment maqsadi va rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘lchov vositalari kerakli aniqlik darajasini, xatoliklarni yuqori darajada yo‘q qila olishni ta`minlash kerak. Barcha eksperiment tadqiqotlarni tabiiy va sun`iylarga bo‘lish mumkin. Tabiiy eksperimentlar sotsial xolatlarni tekshirish uchun ishlatiladi (ishlab chiqarishda, turmushda va xokazo). Tabiiy ekspеrimеntlar - bu tabiiy sharоitlarda o`tkaziladi: biоlоgik, pеdоgоgik, psihоlоgik, sоtsial bo`lishi mumkin. Sun`iy eksperiment fanning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi, ayniqsa texnik fanlarda. Eksperiment tadqiqotlar laboratoriya va ishlab chiqarish eksperimentiga bo‘linadi. Laboratoriya eksperimentlari tipik asboblar, maxsus modellar, stendlar, jihozlar va hokazo ishlatilib, o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar kerakli sondagi tajribalarni o‘tkazish va oz sarf orqali yaxshi ilmiy ma`lumot olishini ta`minlaydi. Eksperimental tadqiqotning bunday natijalari xamma vaqt xam jarayon yoki ob’ekt ishining borishini toʻliq aks ettira olmaydi. Lekin, laboratoriya sharoitida xar qachon xam real ishlab chiqarish yoki jarayon o‘tkazilayotgan shart-sharoitlar to‘la modellashtirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarish eksperimenti o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish eksperimenti tadqiqot ob`ektini real sharoitlarda, real ishlab chiqarishning turli ko‘rinishdagi ta`sirlarini xisobga olgan xolda olib boriladi, faqat ishlab chiqarish sharoitlaridagi eksperimentni o‘tkazish juda katta tayyorgarlikni talab qiladi. Bunday eksperimentlar laborotoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki ob’ekt) xajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Ekspluatatsiya qilinadigan ob’ektning turli dala sinovlari xam ishlab chiqarish tadqiqotlarga kiradi. Tegishli metodika va shakl boʻyicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala boʻyicha materiallar toʻplash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi xisoblanadi. Ba`zida, izlovchi (birlamchi) eksperimentlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. U o‘rganilayotgan xodisalarga barcha faktorlarning ta`sirlarini tasnif (klassifikatsiya) qilish uchun birlamchi qiymatlar yetishmaganda o‘tkaziladi. Bu eksperimentlar natijasida, tadqiqotning to‘la o‘tkazish dasturi yaratiladi. Faktorlar soni uncha koʻp boʻlmaganda ularning muximlik darajasi bir faktorli eksperiment boʻyicha aniqlanadi. Agar faktorlar soni katta boʻlsa, koʻp faktorlik taxlil qoʻllaniladi. Oʻlchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, oʻlchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi. Qoidaga koʻra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan oʻlchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim xollarda kamyob oʻlchovlar asbob va uskunalari bunyod etiladi. Eksperiment oʻtkazishning mazmun va tartibi – uslubiyotning markaziy qismi boʻlib, unda eksperiment oʻtkazish jarayoni toʻla quyidagicha loyixalanadi: - kuzatish va oʻlchash operatsiyalarini oʻtkazish ketma - ketlikda tuziladi; - ekperiment oʻtkazishning tanlangan vositalarini xisobga olgan xolda xar bir operatsiya ayrim- ayrim mufassal tavsiflanadi; - operatsiyalar sifatini nazorat qilishda qoʻllaniladigan usullar tasvirlanadi; - kuzatish va oʻlchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi. Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va taxlil qilish usullarini asoslash uslubiyotining muxim boʻlimi xisoblanadi. Eksperimentlarning natijalarini namoyish etish koʻrgazma shakliga keltirilishi lozim (jadvallar, grafik, nomogrammalar va x. k.). Toki ularni qiyoslash va taxlil qilish mumkin boʻlsin. Aloxida e’tibor ishlab chiqish matematik usuli – empirik bog’liqlik, faktorlar va chiqish parametrlari oʻrtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar oʻrnatish va boshqalarga qaratiladi. Eksperiment uslubiyoti ishlab chiqilgandan soʻng eksperimental tadqiqot xajmi va mexnat talabligi aniqlanadi. Ular nazorat ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan oʻlchash vositalari tavsifiga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan boʻlsa, eksperiment xajmi va mexnat talabligi shuncha kam boʻladi. Eksperiment ishlari tasdiqlangan dastur va eksperiment uslubiyotiga muvofiq oʻtkaziladi. Eksperimentni boshlashdan oldin sinovlarni oʻtkazish uslubiyoti va ketma - ketligi tugal aniqlanadi. Eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: - eksperimentchi oʻlchash natijalariga sub’ektiv ta’sirga yoʻl qoʻymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki ob’ekt parametrlarining barcha tavsifini toʻg’ri qayd etishi lozim; - eksperimentchi extiyotsizlikka yoʻl koʻyishi mumkin emas, chunki bu xol koʻpincha katta xatolik va soxtalashtirish oqibatida eksperimentlarni takrorlashga olib keladi; - eksperimentchi kuzatish va oʻlchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni taritibli va xech qanday tuzatishlarsiz toʻldirib borishi lozim; - eksperiment jarayonida boshqaruvchi oʻlchash vositalari ishini, ular toʻgʻri koʻrsatayotganligini va qurilma, jixoz, stend va xokazolar ishi barqarorligini, atrof muxit xolatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarini kiritmasligi shart; - eksperimentchi o‘lchov vositalarini, ular to‘gʻriligini nazorat qilgan xolda ishchi tekshiruvini muntazam o‘tkazishi kerak; - o‘lchashlar u o‘tkazish bilan bir vaqtda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni u o‘tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to‘g‘rilash, uslubiyotni yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi; - eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalar talabiga amal qilishi lozim. Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ishlab chiqarish eksperimentini o‘tkazayotganda amal qilish shart. ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod- O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori.T.1998. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisi”dagi Konuni. T. 1998. 3. Goziyev E. Psixolgiya. O‘kuv ko‘llanma. T. 1994. 4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996. 5. Pedagogika. Kurs leksii. M. 1984. www.pedagog.uz www.ziyonet.uz Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling