Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?
Mamlakatimizda tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish
Download 1.2 Mb.
|
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat
Mamlakatimizda tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-son Farmoni bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirgan malakali kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta’minlash; idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga mosligini ta’minlash; ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim dasturlarini (o‘quv rejalari va fan dasturlarini) takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda ta’lim sifatini ta’minlash; oliy, o‘rta maxsus va professional ta’limning ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmunini takomillashtirish, yoshlarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda ularda vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini uyg‘otish; oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; ta’lim muassasalarining zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tizimli rag‘batlantirish hamda uzluksiz kasbiy rivojlanishi bo‘yicha choralarini ko‘rish; Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalar, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish; oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimini hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ularning o‘quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy jarayonlarini avtomatlashtirish; uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovatsion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish; ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish; oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sohada erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish; ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish; idoraviy mansubligi va tashkiliy huquqiy shakllaridan qat’i nazar davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish; bilim va malakalarni baholash bo‘yicha umummilliy siyosatni belgilash; Vazirlik tizimidagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shuningdek, ularning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish; aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda professor-o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling