Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet10/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

21- kazus
«Elektro Qurilish Uigurji» MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Rata impex» MChJ (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan 196350000 soʼm asosiy qarz, 31416000 soʼm penya undirishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 190050000 soʼm asosiy qarz va 10000000 soʼm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Apellyatsiya shikoyatida daʼvogar bilan shartnoma tuzilmaganliga, shartnoma asosida kabelь mahsulotlari olinmaganligi, korxona kantselyariya mollari ulgurji savdosi bilan shugʼullanib kelganligi, aldov yoʼli bilan daʼvogar imzo qoʼydirganligi, bugungi kunda daʼvogar hisobiga 33900000 soʼm oʼtkazib berilganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, daʼvogar va javobgar oʼrtasida 2018 yil 10 dekabrda 213-sonli 263850000 soʼmlik mahsulot yetkazib berish toʼgʼrisida shartnoma tuzilgan.
Daʼvogar javobgarga shartnomaga koʼra 2018 yil 11 dekabrda 263850000 soʼmlik mahsulot yetkazib bergan.
Shartnomaga binoan javobgar olgan mahsulotlar uchun 67500000 soʼm toʼlovni amalga oshirib, qolgan 196350000 soʼmni toʼlamasdan kelgan.
Shartnomaning 3.1-bandiga koʼra, daʼvogar javobgarga 263850000 soʼmlik kabelь mahsulotlarini yetkazib berishi, 3.2-bandiga koʼra oldindan toʼlov 15 foizni tashkil etishi, qolgan 85 foizi mahsulotlar yetkazib berilganidan keyin 7 bank kuni ichida toʼlab berilishi belgilangan.
Biroq, daʼvogar mahsulotlarni 2018 yil 11 dekabrda toʼliq yetkazib bergan boʼlsada, javobgar qolgan 196350000 soʼmni toʼlamagan. Biroq, daʼvo arizasi iqtisodiy sudga taqdim etilgach, javobgar asosiy qarzning 6300000 soʼmini toʼlab bergan.
Shartnomaning 4.3-bandi hamda Oʼzbekiston Respublikasining «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʼgʼrisida»gi Qonuni 32-moddasining ikkinchi qismiga koʼra, yetkazib berilgan tovarlar haqini oʼz vaqtida toʼlamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga oʼtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʼlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʼlov summasining 50 foizidan ortiq boʼlmagan miqdorda penya toʼlaydi deb belgilangan.

Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling