Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet13/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

26- kazus

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” АJ bilan 8-son Аkusherlik majmuasi oʼrtasida 2018-yil 3-yanvarda tuzilgan 5636-sonli elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish shartnomasi shartlariga koʼra, daʼvogar “taʼminotchi” sifatida zimmasiga ulangan tarmoq orqali shartnomaning 1-ilovasida koʼrsatilgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berish, javobgar esa “isteʼmolchi” sifatida olingan elektr energiyasi haqini oʼz vaqtida toʼlash majburiyatini olgan. Shartnoma shartlariga koʼra, daʼvogar tomonidan elektr energiyasi yetkazib berish boʼyicha majburiyatlar bajarilgan boʼlsada, javobgar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʼlovlar vaqtida toʼlanmaganligi bois, 2019-yil 12-fevral holatiga javobgarning kommunal toʼlovlardan qarzdorligi 2.523.944 soʼmni tashkil qilgan. Qarzdorlikni oldini olish va nizoni sudgacha hal etish boʼyicha javobgar yuridik manziliga 2018 yil 18 oktyabrda yuborilgan 13/440-sonli talabnoma natijasiz va javobsiz qoldirilganligi bois, daʼvogar iqtisodiy sudga murojaat qilib, javobgar hisobidan 2.523.944 soʼm miqdorda asosiy qarzni va toʼlov kechiktirilganligi uchun 3.907,93 soʼm neustoyka undirib berishni soʼragan.


Sud majlisida daʼvogar vakili sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar tomonidan asosiy qarz summasi 2019-yil 13-mart kuni toʼliq toʼlanganligi bois, daʼvo talablarining ushbu qismidan voz kechishini bildirdi va suddan daʼvo talablarining neustoyka qismini, shuningdek sud xarajatlarini qanoatlantirib berishni soʼradi. Javobgar vakili sudga qarz summasi toʼliq toʼlanganligini bildirdi va suddan daʼvo talablarini rad etishni soʼradi.


27- kazus

Аrizachi yakka tartibdagi tadbirkor Sherbaeva Margʼuba Baxtiyorovnaning javobgar “Аhrorbek biznes savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 60 000 000 coʼm asosiy qarz va 15 000 000 soʼm penya jami 75 000 000 coʼm undirib berish toʼgʼrisida 2020-yil 15-may kuni iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan. Ushbu ish boʼyicha yakka tartibdagi tadbirkor Sherbaeva Margʼuba Baxtiyorovna foydasiga javobgardan 60 000 000 soʼm asosiy qarz, 3 000 000 soʼm penya, oldindan toʼlab chiqilgan davlat bojining 1 500 000 soʼm qismi va 17 000 soʼm soʼm pochta xarajatlari jami 64 517 000 soʼm undirish toʼgʼrisida hal qiluv qarori chiqarilgan. Ushbu hal qiluv qarori asosida ijro varaqasi berilgan.


Аrizachi yakka tartibdagi tadbirkor Sherbaeva Margʼuba Baxtiyorovna sudga 2020-yil 28-avgustda ariza bilan murojaat qilib, sud tomonidan yuborilgan ijro varaqasini olmaganligini vaj qilib, uning dublikatini berishni soʼragan. Аrizachi oʼz arizasiga aloqa boʼlimining tegishli maʼlumotnomasini ilova qilgan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling